Joshua 13
Isroil xalqi hali bosib olmagan yerlar
1Yillar oʻtib, Yoshua ancha keksayib qolgan paytda, Egamiz unga shunday dedi: “Sen qariding, yoshing ham oʻtib qoldi, lekin Men sizlarga bergan yurtning koʻp joylari hali bosib olinmagan. 2Isroil xalqi hali quyidagi yerlarni egallamagan: butun Filist va Geshir xalqining yerlari, 3yaʼni Misrning sharqiy chegarasidagi Shixor irmogʻidan ▼▼ Shixor irmogʻi — Sinay yarim orolining shimoli–sharqidagi Arish soyligi yoki Nil daryosining sharqiy irmogʻi nazarda tutilgan (yana 15:4, 47, Ibtido 15:18 va Sahroda 34:5 ga qarang).
shimoldagi Exron chegaralarigacha boʻlgan yerlar. Hozir bu yerlar Kanʼon xalqiga tegishli. U yerlarda Filist xalqining beshta hukmdori yashaydi. Ular quyidagi shaharlarda hukmronlik qiladi: Gʻazo, Ashdod, Ashqalon, Gat va Exron. Janubdagi Avim xalqining ▼▼ Avim xalqi — qadimda Oʻrta yer dengizi boʻyida istiqomat qilgan xalq (Qonunlar 2:23 ga qarang). Filist xalqi Avim xalqining yurtini bosib olgandan keyin, ularning omon qolganlari Filistlardan janubda oʻrnashgan edi.
yerlari ham hali bosib olinmagan. 4Shimolda esa Isroil xalqi hali Kanʼon xalqining barcha yerlarini bosib olmagan. Bu yerlar Sidon xalqiga tegishli boʻlgan Merax shahrini oʻz ichiga olib, shimol tomonga, Amor xalqi yerlarining chegarasidagi Ofoq ▼▼ Ofoq — 12:18 da aytib oʻtilgan Ofoqdan boshqa shahar. Mazkur oyatdagi Ofoq hozirgi Bayrutdan qariyb 40 kilometr shimolda joylashgan boʻlishi mumkin.
degan joygacha choʻziladi. 5Isroil xalqi yana Gabolliklarning ▼▼ Gabol — Oʻrta yer dengizi boʻyidagi Finikiyaga qarashli shahar boʻlib, Sidon shahridan shimolda joylashgan edi.
yerlarini, Lubnon togʻli yerlarining sharq tomonini — Xermon togʻining etagidagi Baal–Gaddan Levo–Xomatgacha ▼▼ Levo–Xomat — yoki Xomat dovoni.
boʻlgan joylarni qoʻlga kiritmagan. 6Ular Lubnondan Misrafoʻt–Mayimgacha boʻlgan qirlarning aholisini — barcha Sidonliklarni ham hali magʻlub qilmagan. Men Oʻzim mana shu xalqlarni bu yurtdan, Isroil xalqining oldidan haydayman. Men senga buyurganimday, mana shu yerlarni albatta Isroil xalqiga mulk qilib bergin. 7Xullas, mana shu yerlarni qolgan toʻqqizta qabilaga va Manashe qabilasining yarmiga ▼▼ Manashe qabilasining yarmi — Iordan daryosining gʻarb tomonidagi Kanʼon yurtida oʻrnashgan qabilaning yarmi nazarda tutilgan (22:7 ga qarang). Qabilaning ikkinchi yarmi Iordan daryosining sharq tomonida oʻrnashgan edi (shu bobning 8, 29-31–oyatlariga va 1:12-14 ga qarang).
mulk qilib boʻlib bergin.” Iordan daryosining sharqidagi yerlar
8Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining boshqa yarmi Iordan daryosining sharqida oʻz ulushlarini olib boʻlgan edilar. Ularga bu yerlarni Egamizning quli Muso bergan edi. 9Ularning hududi janubdagi Arnon soyligining chetida joylashgan Aror shahridan tortib, soylikdagi ▼▼ soylik — ikki adir oraligʻidagi pastlik. Baʼzi soyliklar vodiy kabi keng boʻlardi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SOYLIK soʻziga qarang.
shahargacha choʻzilib, Midavodan Dibongacha boʻlgan butun yassi tepalikni oʻz ichiga oladi. 10Bu hudud Xashbon shahrida hukmronlik qilgan Amor xalqining shohi Sixoʻn qoʻli ostida boʻlgan hamma shaharlarni, Ommon xalqining chegarasigacha boʻlgan yerlarni oʻz ichiga olardi. 11– 12Bulardan tashqari, Gashur va Maxo xalqlarining yerlari, shuningdek, shoh Oʻgning butun shohligi, chunonchi, Gilad oʻlkasi, shimoldagi butun Xermon togʻi va sharqdagi Salkogacha boʻlgan butun Bashan oʻsha hududga kirar edi. Shoh Oʻg Rafa xalqining ▼▼ Rafa xalqi — 12:4 ning ikkinchi izohiga qarang.
eng oxirgi avlodi boʻlib, Bashan oʻlkasining Ashtaroʻt va Edrey shaharlarida hukmronlik qilgan edi. Muso oʻsha yerlarni bosib olib, xalqlarini haydab chiqargan edi. 13Lekin Isroil xalqi Gashur va Maxo xalqlarini haydab chiqarmadi, ular bugungacha Isroil xalqi orasida yashaydilar. 14Faqatgina Levi qabilasiga Muso ulush qilib yer bermadi. Egamiz aytganday, qurbongohda Isroil xalqining Xudosi — Egamizga atab kuydiriladigan qurbonliklar Levi qabilasining ulushidir ▼▼ Egamiz aytganday…Levi qabilasining ulushidir — Qonunlar 18:1-2 ga qarang.
. Ruben qabilasining hududi
15Muso Ruben qabilasiga urugʻlari boʻyicha ulush bergan edi. 16Ularning hududi janubdagi Arnon soyligining chetida joylashgan Aror shahridan tortib, soylikdagi shahargacha choʻzilib, Midavo atrofidagi butun yassi tepalikni oʻz ichiga olardi. 17Mana shu hudud Xashbon shahrini va yassi tepalikda joylashgan quyidagi hamma shaharlarni oʻz ichiga olar edi: Dibon, Bomoʻt–Baal va Bayt–Baal–Miyon, 18Yaxaz, Kadamoʻt, Mifat, 19Xiratayim, Sivmo va Iordan vodiysida joylashgan qirning ustidagi Zaret–Xashaxar, 20Bayt–Piyor, Fisgax togʻ tizmasining yon bagʻirlari, Bayt–Yashimoʻt shaharlari. 21Ruben qabilasining yerlari yassi tepalik ustidagi barcha shaharlar, Xashbonda hukmronlik qilgan Amor xalqining shohi Sixoʻnning butun shohligini oʻz ichiga olardi. Muso Sixoʻnni va u bilan ittifoq tuzgan Midiyon hukmdorlarini magʻlub qilgandi. Ularning ismlari Evi, Rahem, Zur, Xur va Raba edi. 22Isroil xalqi yana Bavoʻr oʻgʻli Balomni ▼▼ Balom — Sahroda 22:1-24:25 ga qarang.
ham qilichdan oʻtkazgan edi. U folbinlik bilan shugʻullanar edi. 23Ruben qabilasi hududining gʻarbiy chegarasi Iordan daryosi va uning qirgʻoqlari edi. Mana shu yerlar Ruben qabilasiga mulk qilib berilgan edi. Gad qabilasining hududi
24Muso Gad qabilasiga ham urugʻlari boʻyicha ulush berdi. 25Yazir shahri, Gilad oʻlkasidagi hamma shaharlar, Rabba shahrining ▼▼ Rabba shahri — Ommon yurtining poytaxti.
sharqidagi Aror shahrigacha ▼▼ Aror shahri — shu bobning 16–oyatida aytib oʻtilgan Arordan boshqa shahar.
boʻlgan Ommonlar yerining yarmi ularning hududiga kirar edi. 26Ularning yeri yana janubdagi Xashbon shahridan shimol tomondagi Ramat–Mispi va Batonim shaharlarigacha, shuningdek, shimoldagi Moxanayimdan Debirgacha choʻzilgan edi. 27Gad qabilasining yeri Iordan vodiysida Bayt–Xaram, Bayt–Nimro, Suxot, Zofun shaharlarini hamda Xashbon hukmdori boʻlgan Sixoʻn shohining qolgan shohligini ham oʻz ichiga olar edi. Bu hududning gʻarbiy chegarasi Iordan daryosi boʻlib, shimoldagi Jalila koʻligacha ▼▼ Jalila koʻli — ibroniycha matnda Keneret koʻli, oʻsha vaqtda Jalila koʻli va uning atrofidagi yerlar shu nom bilan ham atalardi.
choʻzilgan edi. 28Mana shu hududdagi shaharlar va atroflaridagi qishloqlar Gad qabilasiga mulk qilib berilgan edi. Iordan sharqidagi Manashe qabilasining yarmiga berilgan yerlar
29Muso Manashe qabilasining yarmiga ham urugʻlari boʻyicha ulush bergan edi. 30Ularning hududi Moxanayim shahridan shimolga choʻzilib, butun Bashan oʻlkasini va Yovir bosib olgan oltmishta shaharni oʻz ichiga olar edi. Bashan shohi Oʻg mana shu joylarda hukmronlik qilgan edi. 31Gilad oʻlkasining yarmi, Bashandagi Oʻg shohligining poytaxt shaharlari Ashtaroʻt va Edrey ham ularning hududiga kirar edi. Bu yerlar Manashe oʻgʻli Moxirdan kelib chiqqan naslning yarmiga berilgan edi. 32Iordanning sharqida, Moʻab tekisligida, Yerixoning roʻparasida Muso boʻlib bergan ulushlar mana shulardir. 33Lekin Levi qabilasiga Muso ulush qilib yer bermagan edi. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz ularga: “Men Oʻzim sizlarning ulushingiz boʻlaman”, deb vaʼda bergan edi ▼▼ “Men Oʻzim sizlarning ulushingiz boʻlaman”, deb vaʼda bergan edi — Xudo Levi qabilasining muhtojliklarini qondirishga vaʼda bergan edi. Xudoning amriga koʻra, Levi qabilasi Isroil xalqining Egamizga keltirgan qurbonligu nazrlaridan ular yeyish huquqiga ega edilar (Qonunlar 18:1-2 ga qarang). Xalqdan yigʻilgan ushr ham bu qabila vakillariga tegishli edi (Qonunlar 14:28-29 ga qarang), shuningdek, ularga ayrim shaharlar va shahar atrofidagi yaylovlar berilgan edi (21:1-3 ga qarang).
.
Copyright information for
UznUzbL