‏ Joshua 3

Isroil xalqi Iordan daryosini kechib oʻtadi

1Ertasiga tongda Yoshua butun Isroil xalqi bilan birga Shitim qarorgohidan chiqib, Iordanga yetib keldi. Daryoni kechib oʻtishdan oldin ular oʻsha yerda qarorgoh qurishdi. 2Uch kundan keyin qabila nazoratchilari qarorgoh boʻylab yurib, 3xalqqa shunday deyishdi: “Levi ruhoniylari Egangiz Xudoning Ahd sandigʻini koʻtarib ketayotganini koʻrganingizda yoʻlga chiqinglar. Uning orqasidan boringlar. 4U sizga yoʻlni koʻrsatib boradi, chunki sizlar bu yoʻlni bilmaysizlar. Lekin Sandiq bilan sizlarning orangizdagi masofa taxminan ikki ming tirsak
ikki ming tirsak — taxminan 900 metrga toʻgʻri keladi.
boʻlishi kerak. Orangizdagi masofa mana shundan kam boʻlmasin.”
5Keyin Yoshua xalqqa: “Oʻzingizni poklang
Oʻzingizni poklang… — diniy xizmatni lozim darajada bajarishga monelik qiladigan nopoklikdan tozalanish marosimi nazarda tutilgan.
, chunki ertaga Egamiz oramizda moʻjizalar koʻrsatadi”, — dedi.
6Ertasiga Yoshua ruhoniylarga shunday dedi: “Ahd sandigʻini olib, xalqning oldida yuringlar.” Ruhoniylar Ahd sandigʻini koʻtarib, xalq oldida borishdi.

7Egamiz Yoshuaga shunday dedi:

— Bugundan boshlab seni butun Isroil xalqi oldida koʻkka koʻtaraman, shunda ular Men Muso bilan boʻlganimdek, sen bilan birga ekanimni bilishadi.
8Ahd sandigʻini koʻtarib boradigan ruhoniylarga aytasan: “Iordan daryosiga yetib borganingizdan keyin, daryoga kirib toʻxtanglar.”

9Keyin Yoshua Isroil xalqiga shunday dedi:

— Yaqinroq kelib, Egangiz Xudoning gaplarini eshiting.
10 11Mana, butun olam Rabbiysining Ahd sandigʻi oldingizda Iordan daryosidan oʻtadi
…Ahd sandigʻi oldingizda Iordan daryosidan oʻtadi — Ahd sandigʻini koʻtarib borgan ruhoniylar birinchi boʻlib daryoga kirishlari kerak edi (shu bobning 13-14–oyatlariga qarang). Matnda Xudo Oʻz xalqini jangga boshlab borishiga urgʻu berilgan. Ahd sandigʻi Xudo huzurining ramzi boʻlib xizmat qilardi.
. Shunday qilib, barhayot Xudo sizlarning orangizda ekanligini, Uning Oʻzi Kanʼon, Xet, Xiv, Pariz, Girgosh, Amor va Yobus xalqlarini sizlarning oldingizdan albatta quvib yuborishini bilasizlar.
12Endi Isroil xalqining har bir qabilasidan bittadan, jami oʻn ikkita erkakni tanlab olinglar. 13Butun olam Rabbiysi — Egamizning Ahd sandigʻini koʻtargan ruhoniylarning oyoqlari Iordan daryosining suvlariga tegishi bilanoq oqim toʻxtab qoladi, suv bir joyda yigʻilib turadi.

14Xalq oʻz chodirlarini yigʻib, Iordandan oʻtish uchun yoʻlga tushganda, Ahd sandigʻini koʻtargan ruhoniylar ularning oldida borar edi. 15Hosil mavsumi
Hosil mavsumi — kech bahor paytiga ishora.
boʻlgani uchun Iordan suvi qirgʻoqlaridan ham toshib oqardi. Ahd sandigʻini koʻtargan ruhoniylar Iordanga yaqinlashdilar. Ularning oyoqlari suvga tegishi bilanoq,
16 17daryoning oqimi toʻxtab qoldi. Suv uzoqda joylashgan Zoraton yonidagi Adam shahri
…Zoraton yonidagi Adam shahri… — Adam Yerixodan qariyb 30 kilometr shimolda, Zoraton shahri esa Adamdan qariyb 20 kilometr shimolda joylashgan.
oldida yigʻilib qoldi, Oʻlik dengizga
Oʻlik dengiz — ibroniycha matnda Araba dengizi, yaʼni Tuz dengizi. Araba umumiy geografik nom boʻlib, bu oyatda Oʻlik dengiz joylashgan choʻl yerlarni bildiradi.
quyiladigan daryo suvi esa oqib ketdi, daryo oʻzani qurib qoldi. Jamiki Isroil xalqi quruq yerdan yurib, Iordandan oʻtib boʻlmaguncha, Egamizning Ahd sandigʻini koʻtargan ruhoniylar daryoning oʻrtasida, quruq yerda turishdi. Xalq daryodan oʻtib, Yerixo shahrining yonidagi yerlarga bordi.
Copyright information for UznUzbL