‏ Joshua 12

Iordan daryosining sharqida Muso magʻlub qilgan shohlar

1Muso boshchiligida Isroil xalqi Iordan daryosining sharqida boʻlgan shohlarni magʻlub qilib, ularning yerlarini egallab olgan edi. Bu shohlar janubdagi Arnon soyligidan shimoldagi Xermon togʻigacha boʻlgan yerlarda hukmronlik qilgan edi. Ularning yerlari Iordan vodiysining
Iordan vodiysi — ibroniycha matnda Araba (shu bobning 3, 8–oyatlarida ham bor). Araba umumiy geografik nom boʻlib, bu oyatda Iordan vodiysiga nisbatan ishlatilgan.
sharqidagi barcha yerlarni oʻz ichiga olar edi.

2Isroil xalqi magʻlub qilgan shohlardan biri Amor xalqining shohi Sixoʻn
Isroil xalqi magʻlub qilgan shohlardan biri…Sixoʻn edi — Sahroda 21:21-31, Qonunlar 2:26-37 ga qarang.
edi. U Xashbon shahrida yashagan edi. Uning shohligi Arnon soyligining chetida joylashgan Aror shahrini va oʻsha soylikning oʻrtasidan to Yavoq daryosigacha choʻzilgan joylarni, yaʼni Giladning yarmini oʻz ichiga olar edi. Yavoq daryosi Ommon xalqi yerining chegarasi edi.
3Sixoʻn Iordan vodiysining sharq tomonida ham hukmronlik qilgan edi. Bu hudud shimol tomonda Jalila koʻlining
Jalila koʻli — ibroniycha matnda Keneret koʻli, oʻsha vaqtda Jalila koʻli va uning atrofidagi yerlar shu nom bilan ham atalardi.
gʻarbiy qirgʻoqlarigacha, janub tomonda Oʻlik dengizgacha
Oʻlik dengiz — ibroniycha matnda Araba dengizi, yaʼni Tuz dengizi. Araba umumiy geografik nom boʻlib, bu oyatda Oʻlik dengiz joylashgan choʻl yerlarni bildiradi.
, Bayt–Yashimoʻtdan Fisgax togʻ tizmasining yon bagʻirlarigacha boʻlgan joylarni oʻz ichiga olar edi.

4Magʻlub boʻlgan Bashan shohi Oʻg
Magʻlub boʻlgan Bashan shohi Oʻg… — Sahroda 21:33-35, Qonunlar 3:1-11 ga qarang.
oʻz shaharlari Ashtaroʻt va Edreyda yashardi. U Rafa xalqining
Rafa xalqi — Isroil xalqidan avval Kanʼonda yashagan, gavdasi ulkan, kuchli jangchilari bilan mashhur boʻlgan xalq (Qonunlar 2:10-11, 20-21, 3:11 ga qarang).
omon qolganlaridan biri edi.
5Uning shohligi shimoldagi Xermon togʻigacha, sharqdagi Salko shahrigacha choʻzilib, gʻarbdagi Gashur va Maxo shohliklarining chegaralarigacha yetib borgan Bashan oʻlkasini ham oʻz ichiga olgan edi. Bu shohlik yana Giladning shimoliy yarmini ham oʻz ichiga olib, Xashbon shohi Sixoʻn hududi chegarasigacha yetib borardi. 6Egamizning quli Muso va Isroil xalqi mana shu ikki shohni magʻlub qilib, ularning yerlarini egallab olishgan edi. Muso shu yerlarni Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmiga mulk qilib bergan edi.

Iordan daryosining gʻarbida Yoshua magʻlub qilgan shohlar

7Iordanning gʻarbida — shimoldagi Lubnon vodiysida joylashgan Baal–Gaddan tortib, janubdagi Seir
Seir — 11:17 izohiga qarang.
yonida joylashgan Xalak togʻigacha boʻlgan joylarda yashagan shohlarni Isroil xalqi Yoshua boshchiligida magʻlub qildi. Oʻsha shohlarning yerlarini Yoshua Isroil qabilalariga mulk qilib boʻlib berdi.
8Qirlarni, gʻarbdagi qir etaklarini, Iordan vodiysini, uning gʻarbidagi qir yon bagʻirlarini, Yahudo adirlaridagi va Nagav choʻlidagi
Nagav choʻli — 10:40 izohiga qarang.
yerlarni boʻlib berdi. Bu yerlarda Xet, Amor, Kanʼon, Pariz, Xiv va Yobus xalqlari yashashardi. Isroil xalqi magʻlub qilgan shohlar quyidagilardir:

9Yerixo shohi,
Baytilning yonidagi Ay shohi,
10Quddus shohi,
Xevron shohi,
11Yarmut shohi,
Laxish shohi,
12Eglon shohi,
Gezer shohi,
13Davir shohi,
Geder shohi,
14Xoʻrmax shohi,
Arod shohi,
15Libna shohi,
Adullam shohi,
16Makkedo shohi,
Baytil shohi,
17Tappux shohi,
Xafer shohi,
18Ofoq shohi,
Sharon shohi,
19Madon shohi,
Xazor shohi,
20Shimron–Maron shohi,
Axshof shohi,
21Tanax shohi,
Magidoʻ shohi,
22Kedesh shohi,
Karmildagi Yoxnayom shohi,
23Nafoʻt–Doʻrdagi
Nafoʻt–Doʻr — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Nafat–Doʻr.
Doʻr shohi,
Gilgaldagi
Gilgal — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha tarjimada Jalila.
Goʻyim shohi,
24Tirza shohi.

Isroil xalqi hammasi boʻlib oʻttiz bitta shohni magʻlub qildi.
Copyright information for UznUzbL