Joshua 14
Iordan daryosining gʻarbidagi yerlar taqsimlanadi
1Iordan daryosining gʻarbidagi Kanʼon yurti yerlaridan Isroil xalqining qolgan qabilalari mulk oldilar. Ruhoniy Elazar ▼▼ Elazar — Horunning oʻgʻli, oliy ruhoniylik xizmatini davom ettirgan edi (Sahroda 20:22-29 ga qarang).
, Nun oʻgʻli Yoshua va Isroil qabilalarining boshliqlari bu yerlarni qabilalarga boʻlib berishdi. 2Iordan daryosining gʻarbida mana shu toʻqqiz qabila va bitta qabila yarmining ulushlari, Musoga Egamiz buyurganday, qurʼa tashlab belgilandi ▼▼ …qurʼa tashlab belgilandi — qurʼa tashlashda yogʻoch boʻlaklari yoki toshlar ishlatilgan boʻlib, shu orqali Xudoning xohish–irodasi aniqlangan. Baʼzan odamlar qurʼa tashlab, Xudodan biror ishni qanday yoki qachon qilish kerakligini soʻrashgan.
. 3– 4Iordanning sharqida esa Muso ikki qabilaga va bitta qabilaning yarmiga ulush berib boʻlgandi. Yusufning ikkala oʻgʻli — Manashe va Efrayimdan ikki qabila kelib chiqqan edi. Ammo Isroil qabilalari orasida Levi qabilasi hech qanday ulush olmadi ▼▼ Yusufning ikkala oʻgʻli…Levi qabilasi hech qanday ulush olmadi — Isroil xalqining 12 qabilasi Yoqubning 12 oʻgʻlidan kelib chiqqan. Bularning orasida Levi qabilasi ulush qilib yer olmagandi (13:14 ga qarang). Biroq Yusufning ikkala oʻgʻli — Efrayim va Manashe ikki ulush yer olganlari uchun, Isroil xalqiga hammasi boʻlib 12 ulush yer, yaʼni 2,5 ulush yer Iordan daryosining sharqidan va 9,5 ulush yer Iordanning gʻarbidan boʻlib berilgandi.
. Ularga faqat oʻzlari yashashi uchun shaharlar va qoʻy–mollarini boqish uchun shaharlar atrofidagi yaylovlar berildi. 5Shunday qilib, Egamiz Musoga buyurganday, Isroil xalqi yerlarni boʻlib oldilar. Xevron Xolibga beriladi
6Bir kuni Yahudo qabilasidan bir necha kishi Yoshuaning oldiga keldi. Isroil xalqining hammasi hali ham Gilgaldagi qarorgohda edi. Xanaz urugʻidan boʻlgan Yafunax oʻgʻli Xolib ▼▼ Xolib — Muso Kanʼon yurtiga yuborgan oʻn ikki aygʻoqchidan biri (Sahroda 13–bobga qarang).
oʻsha kishilar orasida edi. U Yoshuaga shunday dedi: — Kadesh–Barna shahrida boʻlganimizda, Xudoning odami Muso siz va men haqimizda nima deganini bilasiz. Muso Egamiz nomidan gapirgan edi. 7Egamizning quli Muso meni Kadesh–Barnadan mana shu yerlarni tekshirib kelish uchun yuborganda qirq yoshda edim. Men qaytib kelib, unga bor haqiqatni aytgan edim. 8Men bilan borib kelganlar xalqimizni vahimaga solgan boʻlsa ham, men Egam Xudoga sodiq qoldim. 9Oʻsha kuni Muso qasam ichib menga shunday degan edi ▼▼ …Muso qasam ichib menga shunday degan edi… — Qonunlar 1:34-36 ga qarang.
: “Kanʼon yurtida qadaming yetgan yerlar senga va avlodingga abadiy mulk qilib beriladi, chunki sen Egam Xudoga sodiq qolding.” 10Mana koʻrib turganingizdek, Egamiz Musoga shunday deb gapirganiga qirq besh yil boʻldi. Oʻsha paytda Isroil xalqi sahroda yurgan edi. Egam Oʻzi aytganday oʻshandan beri jonimni saqlab kelyapti. Mana hozir sakson besh yoshdaman. 11Muso meni yuborgan kunda qanday baquvvat boʻlgan boʻlsam, hozir ham shundayman. Haligacha jangga ham, qolgan barcha ishlarga ham quvvatim yetadi. 12Endi Egamiz oʻsha kuni vaʼda qilgan qirlarni ▼▼ Egamiz oʻsha kuni vaʼda qilgan qirlar — Sahroda 14:24, 30 ga qarang.
menga bering. Oʻsha kuni aygʻoqchilarning: “Onoq avlodi ▼▼ Onoq avlodi — 11:21 izohiga qarang.
u yerda oʻzlarining katta, mustahkam shaharlarida yasharkan” degan gaplarini oʻzingiz eshitdingiz. Ammo Egamiz men bilan birga boʻlsa, Egamizning Oʻzi aytganday, men ularni bu yurtdan haydab chiqaraman. 13Shundan keyin Yoshua Xolibni duo qilib, Xevron shahrini ▼▼ Xevron shahri — 10:3 izohiga qarang.
unga mulk qilib berdi. 14Shunday qilib, Xolib Isroil xalqining Xudosiga — Egamizga sodiq qolgani uchun Xevron shahri uning va avlodining mulki boʻlib qoldi. 15Xevronning eski nomi Xirat–Arba ▼▼ Xirat–Arba — ibroniychadagi maʼnosi Arba shahri.
edi. Arba Onoq avlodi orasida eng mashhur kishi boʻlgan edi. Endi yurtda tinchlik barqaror boʻldi.
Copyright information for
UznUzbL