Joshua 17
Iordan gʻarbidagi Manashe qabilasining yarmiga berilgan yerlar
1Keyin Manashe qabilasiga ulush berildi. Manashe Yusufning toʻngʻichi edi. Moxir Manashening toʻngʻichi boʻlib, Giladning otasi edi. Moxir botir jangchi boʻlgani uchun, Muso unga Iordanning sharqidagi Gilad va Bashan oʻlkalarini bergan edi. 2Iordanning gʻarbida Manashe qabilasining qolganiga ulush berildi. Manashe oʻgʻillari Abuazar, Xalek, Osriyol, Shakam, Xafer va Shamido urugʻlarining hammasiga yerlar berildi. 3Manashening nabirasi Giladning Xafer degan oʻgʻli bor edi. Xaferning esa Zalofxod degan oʻgʻli bor edi. Zalofxodning oʻgʻillari yoʻq, faqatgina qizlari bor edi. Qizlarining ismlari Maxlo, Nuvah, Xoʻglax, Milxo va Tirza edi. 4Shu ayollar ruhoniy Elazar ▼▼ Elazar — 14:1 izohiga qarang.
, Yoshua va oqsoqollarning oldiga kelib, shunday deyishdi: “Egamizning Oʻzi bizga ham, amakilarimiz qatori, ulush berishni Musoga amr qilgan.” ▼▼ “Egamizning Oʻzi…Musoga amr qilgan” — Sahroda 27:1-11, 36:1-12 ga qarang.
Yoshua Egamizga itoat etib, qizlarga ham amakilari qatori ulush berdi. 5Natijada Iordanning sharqidagi Gilad va Bashan oʻlkalaridan tashqari, Manashe qabilasi Iordanning gʻarbida yana oʻn boʻlak yer oldi. 6Chunki Manashe avlodining ayollari ham erkaklar qatori ulush olishdi. Gilad yerini esa Yoshua Manashe qabilasining qolganlariga taqsimlab berdi. 7Iordan daryosining gʻarbidagi Manashe qabilasi yerlarining shimoliy chegarasi Osher qabilasi hududining chegarasi bilan tutashgan edi. Janubiy chegarasi esa Mixmatit shahrigacha borib, Tappux bulogʻi ▼▼ Tappux bulogʻi — ibroniycha matnda En–Tappux, maʼnosi Tappux bulogʻi.
atrofida yashaydiganlarning yerlarigacha choʻzilgan edi. Mixmatit shahri Shakam shahrining sharqida edi. 8Tappux shahri Manashe va Efrayim qabilalarining chegarasida joylashgan edi. Tappuxning atrofidagi yerlar Manashe qabilasiga tegishli boʻlsa ham, shaharning oʻzi Efrayim qabilasiga tegishli edi. 9Manashe hududining janubiy chegarasi Tappux shahridan, Kanax soyligi boʻylab, Oʻrta yer dengizigacha choʻziladi. Kanax soyligining qirgʻogʻidagi bir nechta shahar Manashe qabilasining hududida boʻlishiga qaramay Efrayim qabilasiga tegishli edi. 10Oʻsha soylikning janubidagi yerlar Efrayim qabilasiniki, shimolidagi yerlar esa Manashe qabilasiniki edi. Oʻrta yer dengizining qirgʻogʻi Manashe hududining gʻarbiy chegarasi edi. Bu hudud shimol tomonda Osher qabilasining hududigacha, sharq tomonda esa Issaxor qabilasining hududigacha choʻzilgan edi. 11Issaxor va Osher qabilalarining hududlarida joylashgan quyidagi shaharlar va atrofidagi qishloqlar Manashe qabilasiga berilgan edi: Bayt–Shan, Yiblayom, Doʻr, yaʼni Nafoʻt–Doʻr, En–Doʻr, Tanax va Magidoʻ. 12Lekin Manashe qabilasi bu shaharlarni qoʻlga kirita olmadi. Kanʼon xalqlari oʻsha joylarda yashashda davom etaverdi. 13Birmuncha vaqt oʻtgandan keyin Isroil xalqi yanada kuchaydi va Kanʼon xalqlarini qarol boʻlib xizmat qilishga majbur qildi. Ammo ularni yurtdan butunlay quvib chiqarmadi. Efrayim va Manashe qabilalari kattaroq ulushni soʻrab borishadi
14Bir kun Yusuf avlodlari ▼▼ Yusuf avlodlari — bu oʻrinda Efrayim qabilasi va Manashe qabilasining yarmi nazarda tutilgan. Ular Iordan daryosining gʻarb tomonida oʻrnashgan edilar. Shu bobning 17–oyatiga va 16:1-4 ga qarang.
kelib, Yoshuadan soʻrashdi: — Egamiz bizni barakali qilib, juda ham koʻpaytirdi. Nima uchun bizga faqatgina bir ulush yer berdingiz? 15Yoshua ularga shunday deb javob berdi: — Agar Efrayim qirlari sizlarga kichiklik qilayotgan boʻlsa, boringlar, Pariz va Rafa ▼▼ Rafa — 12:4 ning ikkinchi izohiga qarang.
xalqlarining oʻrmonlaridagi daraxtlarni kesib, oʻzingizga joy tozalab olinglar. 16Ular shunday dedilar: — Biz aytganingizday qilsak ham, baribir, u joy bizga torlik qiladi. Yizril vodiysiga borib ham, u yerda yashay olmaymiz. Nega desangiz, Bayt–Shan shahri va uning atrofidagi qishloqlarda hamda Yizril vodiysining boshqa joylarida yashaydigan Kanʼon xalqi bizdan ancha kuchli, ularning temirdan yasalgan jang aravalari ▼▼ …temirdan yasalgan jang aravalari… — bu aravalarning baʼzi qismlari temirdan yasalgan edi, xolos.
bor. 17Yoshua Yusufning avlodlari boʻlgan Efrayim va Manashe qabilalariga shunday dedi: — Sizlar juda koʻpchiliksizlar, kuchingiz ham koʻp. Nafaqat bir ulush yer, 18balki qirlar ham sizlarniki boʻladi. U yerlar oʻrmon boʻlsa ham, daraxtlarini kesib, tozalanglar. U joylar boshidan oxirigacha sizlarniki boʻladi. Kanʼon xalqlarining temir jang aravalariyu katta kuchi boʻlishiga qaramay, sizlar ularni u yerdan haydab chiqarasizlar.
Copyright information for
UznUzbL