‏ Joshua 6

1Egamiz Yoshuaga shunday dedi: “Mana, Yerixo shahrini shohiyu sipohlari bilan birga sening qoʻlingga berdim. 2Shahar atrofini barcha jangchilar bilan bir marta aylan. Olti kun shunday qilasan. 3Yettita ruhoniy Ahd sandigʻining oldida yursin. Ularning qoʻlida qoʻchqor shoxidan qilingan bittadan burgʻu boʻlsin. Yettinchi kuni shahar atrofini yetti marta aylaninglar, ruhoniylar burgʻuni chalib yurishsin. 4Oʻsha kuni burgʻularning uzoq chalinganini eshitishi bilanoq, hamma bor ovozi bilan baqirsin. Shunda shaharning devorlari qulaydi, hamma shaharga hujum qilib, toʻgʻri kirib boraveradi.” 5Yoshua ruhoniylarni chaqirib, ularga shunday dedi: “Ahd sandigʻini koʻtaringlar, yettitangiz esa bittadan burgʻu olib, Egamizning Ahd sandigʻi oldida yuring.” 6Odamlarga esa: “Borib, shaharni aylaninglar, qurollangan jangchilarning hammasi Egamizning Sandigʻi oldida borsin”, — dedi.

7Yoshua xalqqa buyurganday, Egamiz oldida yettita ruhoniy burgʻularni chalib borishar, Egamizning Ahd sandigʻi esa ularning orqasidan borardi. 8Qurollangan kishilar burgʻu chalayotgan ruhoniylar oldidan borishdi, Sandiqning orqasidan esa qorovullar boʻlinmasi bordi. Burgʻular toʻxtamay chalinib turar edi. 9Yoshua xalqqa shunday degan edi: “Men aytmagunimcha, sizlar baqirmang, ovozingizni chiqarmang. Men sizlarga, baqiringlar, deb aytgan kundagina baqirasizlar.” 10Egamizning Sandigʻi shaharni bir marta aylanib keldi. Ular qarorgohga qaytib kelib, tunni oʻsha yerda oʻtkazishdi.

11Yoshua ertasiga saharda turdi, ruhoniylar yana Egamizning Sandigʻini koʻtarishdi. 12Yettita burgʻuni koʻtargan yetti ruhoniy Egamiz Sandigʻining oldida borishdi. Ular burgʻularni toʻxtamay chalishardi. Qurollangan kishilar esa ularning oldida borishardi. Egamizning Sandigʻi orqasida esa qorovullar boʻlinmasi borardi, burgʻular toʻxtamay chalinayotgan edi. 13Ikkinchi kuni ham ular shahar atrofini bir marta aylanib, qarorgohga qaytib kelishdi. Ular olti kun shunday qildilar.

14Yettinchi kuni erta tongda turib, oldingiday shaharning atrofini aylandilar, faqat oʻsha kuni yetti marta aylanishdi. 15Yettinchi marta aylanayotganda, ruhoniylar burgʻuni chalar ekan, Yoshua odamlarga shunday dedi: “Baqiringlar, chunki Egamiz shaharni bizga bergan. 16Shahar aholisiyu shahar ichidagi hamma narsa Egamizga bagʻishlanib, yoʻq qilinsin
…bagʻishlanib, yoʻq qilinsin — shu ibora bilan tarjima qilingan ibroniycha soʻzning maʼnosi quyidagicha: butun shahar, u yerdagi odamlaru hayvonlar va buyumlar Xudoga bagʻishlanib, tamoman yoʻq qilingan. Baʼzi hollarda buyumlar Xudoga nazr qilingan.
. Faqat fohisha Rahoba va uning xonadon ahli tirik qoladi, chunki u biz yuborgan aygʻoqchilarni yashirgan edi.
17Sizlar esa Egamizga bagʻishlangan narsalarning hech biriga yaqinlashmang, tagʻin oʻsha narsalarni olib, oʻzingizni halok qilmang. Isroil xalqining qarorgohiga kulfat keltirmang, qarorgoh vayron boʻlmasin. 18Chunki barcha oltin, kumush, hamma bronza va temirdan yasalgan idishlar Egamizga bagʻishlangandir. Ular Egamizning xazinasiga keltirilsin.” 19Ruhoniylar burgʻularni chaldilar. Xalq burgʻu tovushini eshitishi bilanoq baland ovoz bilan baqirgan edi, butun shahar devorlari qulab tushdi. Isroil jangchilari turgan joylaridan toʻgʻri shaharga kirib, unga hujum qilishdi. Isroil jangchilari shaharni qoʻlga kiritishdi. 20Ular shahardagi hammani, erkagu ayollarni, yoshu qarilarni, mol–qoʻy, eshaklarni — butun jonzotni qirib tashladilar.

21Yoshua oʻsha yerni tekshirib kelgan ikki kishiga aytdi: “Fohishaning uyiga boringlar. Ichgan ontingizga amal qilib, u bilan uyidagilarining hammasini olib chiqing.” 22Aygʻoqchilik qilgan kishilar borib, Rahobani, uning ota–onasini, aka–ukalarini, hamma qarindoshlarini shahardan olib chiqib, ularni Isroil qarorgohining yoniga, xavfsiz joyga keltirdilar
…ularni Isroil qarorgohining yoniga…keltirdilar — Rahoba va uning oilasi Kanʼonlik boʻlganlari uchun harom hisoblangan edilar. Shu bois ular Isroil qarorgohiga olib kirilmagan edi. Agar aygʻoqchilar ularni Isroil qarorgohiga olib kirganlarida edi, qarorgoh bulgʻangan boʻlar edi. Oqibatda, Egamiz Isroil lashkariga jangda yordam bermagan boʻlardi (Qonunlar 23:9-14 ga qarang). Keyinchalik Rahoba va uning xonadoni Isroil xalqiga qoʻshilib (shu bobning 24–oyatiga qarang), Rahoba Salmoʻnga erga tegadi (Matto 1:5 ga qarang). Shoh Dovud Rahoba naslidan kelib chiqadi (Rut 4:18-22 ga qarang).
.
23Isroil jangchilari shaharni uning ichidagi bor narsasi bilan yondirib tashladilar. Faqat oltin, kumush, bronza va temirdan yasalgan idishlarni Egamizning uyi
Egamizning uyi — oʻsha davrda Isroil xalqi Egamizga sajda qilgan joy, yaʼni Muqaddas chodirga ishora.
xazinasiga keltirdilar.
24Fohisha Rahoba va uning hamma qarindoshlarini Yoshua saqlab qoldi, chunki Yoshua Yerixoni tekshirib kelish uchun yuborgan aygʻoqchilarni u yashirgan edi. Uning xonadoni oʻshandan beri Isroilda yashaydi
Uning xonadoni oʻshandan beri Isroilda yashaydi — shu kitob yozilgan davrda Rahobaning xonadoni Isroil xalqi orasida yashardi.
.

25Keyin Yoshua qasam ichib, quyidagilarni aytdi:

“Yerixo shahrini qayta qurmoqchi boʻlgan odam
Egamiz oldida laʼnati boʻlsin!
…Egamiz oldida laʼnati boʻlsin! — bu soʻzlar shoh Axab davrida amalga oshgan (3 Shohlar 16:34 ga qarang).

U oʻz toʻngʻich oʻgʻlining joni evaziga shahar poydevorin yotqizar,
Kenja oʻgʻlining joni evaziga darvozalar oʻrnatar!”

26Egamiz Yoshua bilan birga edi. Yoshuaning shuhrati butun yurtga yoyildi.
Copyright information for UznUzbL