‏ Joshua 7

Oxunning gunohi

1Ammo Isroil xalqi bagʻishlangan narsalar
bagʻishlangan narsalar — 6:17-20 oyatlarga va 6:16 izohiga qarang.
haqida Egamiz bergan amrni buzdi. Oxun ismli bir kishi bagʻishlangan narsalarning bir nechtasini olgan ekan. Oxun Yahudo qabilasidan boʻlib, Zerax urugʻidan boʻlgan Zimrining
Zimri — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Zabdi (shu bobning 17, 18–oyatlarida ham bor). Uning Zimri degan shakli 1 Solnomalar 2:6 dan olingan.
nevarasi, Karmining oʻgʻli edi. Egamiz Isroil xalqidan qattiq gʻazablandi
Egamiz Isroil xalqidan qattiq gʻazablandi — faqat Oxun itoatsizlik qilgan boʻlsa–da, Egamizning amri buzilgani uchun butun Isroil xalqi aybdor hisoblangan edi.
.

2Shu orada Yoshua bir necha kishini tanlab, ularga: “Borib, Ay shahrini
Ay shahri — Yerixo shahridan qariyb 24 kilometr gʻarbda, Baytil shahridan qariyb 3 kilometr janubi–sharqda joylashgan.
tekshirib kelinglar”, — dedi. Ay shahri Baytilning sharqida, Bayt–Obun yaqinida joylashgan edi. Ular borib, tekshirdilar.
3Qaytib kelib, Yoshuaga: “Hammamiz borishimiz shart emas, ikki–uch mingta odam chiqib hujum qilsa, bas. Ay aholisining soni kam, shuning uchun butun xalq u yerga borib ovora boʻlmasin”, dedilar. 4Shunday qilib, uch mingtacha odam shaharga hujum qildi, lekin ular Ay aholisining oldiga tushib qochdilar. 5Ayliklar shahardan chiqib, Isroil jangchilarini tosh qaziladigan joygacha
tosh qaziladigan joy — yoki Shebarim.
quvib bordilar. Qir yon bagʻrida oʻttiz oltitacha Isroil odamlarini oʻldirdilar. Bu hodisadan keyin butun Isroil xalqining yuragi orqaga tortib ketdi.

6Shunda Yoshua bilan Isroil oqsoqollari qaygʻudan kiyimlarini yirtib, boshlariga tuproq sochdilar. Egamizning Sandigʻi oldida yerga muk tushishdi–da, kechgacha shu holda qolishdi. 7Yoshua shunday dedi: “Ey Egamiz Rabbiy! Nima uchun bu xalqni Iordan daryosidan olib oʻtding? Nahotki bizlarni Amor xalqining qoʻliga berib, yoʻq qilish uchun shunday qilgan boʻlsang?! Biz Iordanning narigi tomonida qolaversak boʻlmasmidi?! 8Ey Rabbiy, yana nima ham derdim, mana, Isroil xalqi dushmanlarining oldiga tushib qochdi. 9Endi Kanʼon xalqlari va mana shu yerlar aholisining hammasi bu haqda eshitib bizni qurshab oladilar. Nomimizni yer yuzidan oʻchirib yuboradilar. Agar shunday boʻlsa, ulugʻvorligingni qanday qilib koʻrsatasan?”

10Egamiz Yoshuaga dedi: “Oʻrningdan tur! Nima uchun muk tushib yotibsan? 11Isroil xalqi gunoh qildi, ular bilan qilgan ahdimni buzdi. Ular Menga bagʻishlangan narsalardan oʻgʻirlab olishdi. Buning ustiga, aldab, oʻgʻirlangan narsalarni oʻzlarining narsalari orasiga yashirib qoʻydilar. 12Shuning uchun Isroil xalqi dushmanlariga bas kela olmayapti. Chunki ularning oʻzi ham yoʻq qilinadigan, Menga bagʻishlangan narsaday boʻlib qolgan. Endi ular dushmanlariga magʻlub boʻlib qochadilar. Menga bagʻishlangan narsalarni orangizdan yoʻq qilmasangiz, Men sizlar bilan birga boʻlmayman.

13Endi Isroil xalqini pokla. Ularga shunday degin: oʻzingizni ertangi kun uchun tayyorlab, poklang. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: «Ey Isroil, orangizda Menga bagʻishlangan narsalar bor. Orangizdagi shu narsalarni olib tashlamaguningizcha, dushmanlaringizga bas kela olmaysiz.»

14Shuning uchun ertalab barcha qabilalar birma–bir Egamizning huzuriga kelishadi. Egamiz bir qabilani tanlaydi
Egamiz…tanlaydi — Egamiz Oʻz irodasini odamlarning qurʼa tashlashi orqali ayon qilgan boʻlishi mumkin. Qurʼa tashlashda yogʻoch boʻlaklari yoki toshlar ishlatilgan boʻlib, shu orqali biror ishni qanday yoki qachon qilish kerakligi aniqlangan. Bu yerda qurʼa kim aybdor ekanini koʻrsatgan (shu bobning 16-18–oyatlariga qarang).
. Ana shu qabilaning urugʻlari ham birma–bir keladi. Egamiz ular orasidan bir urugʻni tanlaydi. Oʻsha urugʻning oilalari birma–bir kelishadi. Egamiz bir oilani tanlaydi. Oʻsha oilaning aʼzolari birma–bir keladi.
15Laʼnatlangan narsalarni olgan odamni Egamizning Oʻzi koʻrsatadi. Oʻsha odam bor narsasi bilan olovda yondiriladi, chunki u Egamiz bilan qilingan ahdni buzib, Isroilda aql bovar qilmaydigan ish qildi.”

16Shunday qilib, ertasi kuni tongda, Yoshuaning buyrugʻiga koʻra, Isroil qabilalari birma–bir Egamizning huzuriga kelishdi. Egamiz Yahudo qabilasini tanladi. 17Endi Yahudo qabilasining urugʻlari birma–bir keldi, shunda Zerax urugʻi tanlandi. Zerax urugʻining oilalari birma–bir kelganda, Zimri oilasi tanlandi. 18Zimri oila aʼzolari birma–bir kelishdi, Karmi oʻgʻli Oxun tanlandi. U Yahudo qabilasidan boʻlib, Zerax urugʻidan boʻlgan Zimrining nevarasi edi. 19Yoshua Oxunga shunday dedi: “Oʻgʻlim, haqiqatni aytaman, deb Isroil xalqining Xudosi — Egamizning nomi bilan qasam ich, gunohingni tan olgin. Nima qilganingni yashirmay menga aytib ber.” 20Oxun Yoshuaga shunday javob berdi: “Ha, toʻgʻri. Isroil xalqining Xudosi — Egamizga qarshi gunoh qilgan menman. 21Oʻsha kuni oʻlja orasida Shinardan
Shinar — Mesopotamiyadagi, yaʼni Dajla va Furot daryolari orasida joylashgan yerlardagi bir hududning qadimgi nomi. Keyinchalik bu hududda Bobil shohligi barpo boʻlgan.
keltirilgan chiroyli toʻnni, 500 misqol
500 misqol — ibroniycha matnda 200 shaqal, taxminan 2,2 kiloga toʻgʻri keladi.
kumush va ogʻirligi 125 misqol
125 misqol — ibroniycha matnda 50 shaqal, taxminan 550 grammga toʻgʻri keladi.
keladigan bir boʻlak tillani koʻrib qoldim. Koʻnglim tusab, ularni oldim. Ularni chodirimning ichida yerga koʻmib qoʻyganman, kumush eng tagida.”

22Yoshua bir nechta odamni yubordi. Ular chodirga yugurib borib qarashsa, u narsalar rostdan ham oʻsha yerda yashirilgan ekan. Ularning eng tagida kumush bor edi. 23Ular narsalarni chodirdan olib, Yoshua va butun Isroil xalqiga olib kelishdi. Ular narsalarni Egamiz oldiga yoyib qoʻyishdi. 24Keyin Yoshua va butun Isroil xalqi Zerax oʻgʻli Oxunni oʻgʻirlangan kumush, toʻn, tilla boʻlagi hamda oʻgʻil–qizlari, mol–qoʻylari, eshaklari, chodiriyu bor narsasi bilan birga Oxor soyligiga olib borishdi. 25Yoshua: “Boshimizga rosa ham kulfat keltirding–ku. Mana endi bugun Egamiz sening boshingga ham kulfat keltiradi”, — dedi. Butun Isroil xalqi Oxunni va uning oilasini toshboʻron qilib oʻldirdi–da, ularning jasadlarini olovda kuydirdi. 26Keyin ularning ustiga katta bir tosh uyumini toʻpladi, toshlar bugungacha oʻsha yerdadir. Shuning uchun ushbu yer oʻsha paytdan beri Oxor
Oxor — ibroniychadagi maʼnosi kulfat.
soyligi deb ataladi. Shundan keyin Egamiz gʻazabidan tushdi.
Copyright information for UznUzbL