Judges 16
Shimshoʻn Gʻazoda
1Bir kuni Shimshoʻn Filistlarning shahri Gʻazoga bordi. U yerda bir fohisha ayolni koʻrib uning oldiga kirdi. 2Gʻazoliklar Shimshoʻn kelganini bilgach, oʻsha joyni oʻrab olishdi. Ularning baʼzilari shahar darvozasida ▼▼ …shahar darvozasida… — bu ibora ham shahar darvozasiga, ham darvozaning yonida shahar devorlari orasiga qurilgan xonalarga nisbatan ishlatilgan. Bu xonalardan qoʻriqchilar va boshqa nazoratchilar xizmat paytida foydalanganlar.
yashirinib, kechasi bilan uni poylab turishdi. Ular tun boʻyi pisib, “Qani, tong yorishguncha kutib turaylik–chi, keyin uni oʻldiramiz”, deb oʻylayotgan edilar. 3Shimshoʻn esa fohishanikida faqatgina yarim kechagacha boʻldi. U tun yarmida turib, shahar darvozasini yondorlari bilan sugʻurib oldi–da, barcha tambalari bilan yelkasiga ortib, Xevron ▼▼ Xevron — Gʻazodan qariyb 65 kilometr sharqda joylashgan shahar.
roʻparasidagi tepalikning ustiga olib chiqdi. Shimshoʻn va Dalila
4Koʻp oʻtmay Shimshoʻn Soʻrax vodiysida yashaydigan Dalila ismli bir juvonni yaxshi koʻrib qoldi. 5Filist beklari ▼▼ Filist beklari — 3:3 ning birinchi izohiga qarang.
juvonning oldiga kelib, shunday dedilar: “Shimshoʻn bunday buyuk kuchni qayerdan olarkan? Uni bogʻlab boʻysundirish yoʻlini biz uchun bilib bersang, har birimiz senga 1100 boʻlakdan kumush ▼▼ 1100 boʻlakdan kumush — taxminan 13 kiloga toʻgʻri keladi.
beramiz.” 6Bir kuni Dalila Shimshoʻnga yalinib: — Iltimos, buyuk kuchingiz sirini menga aytib bering, — dedi. — Qanday qilib sizni bogʻlab, boʻysundirib boʻladi? 7Shimshoʻn unga shunday javob berdi: — Agar meni yettita yangi, qurib ulgurmagan kamon ipi ▼▼ yangi, qurib ulgurmagan kamon ipi — kamon ipi koʻpincha hayvon ichagidan eshilib qilingan. Bu iplar ichaklar hali hoʻlligida qilingan, ular qurigandan keyin juda ham pishiq boʻlib qolgan.
bilan bogʻlab tashlashsa, men el qatori kuchsiz boʻlib qolaman. 8Shunda Filist beklari juvonga yettita yangi, hali qurib ulgurmagan kamon ipini keltirdilar. Dalila iplar bilan Shimshoʻnni bogʻlab qoʻydi. 9Shu payt ichkari xonada bir nechta odam poylab turar edi. Juvon Shimshoʻnga qarab: — Shimshoʻn! Filistlar kelyapti! — deb baqirdi. Ammo olov ipak tolalarini qanday yoʻq qilsa, Shimshoʻn ham kamon iplarini xuddi shunday uzib tashladi. Shimshoʻnning siri sirligicha qoldi. 10— Siz meni aldab ahmoq qildingiz, — dedi unga Dalila. — Iltimos, sizni qanday qilib bogʻlash kerakligini menga ayta qoling. 11— Agar meni yangi, ishlatilmagan arqonlar bilan bogʻlashsa, men el qatori kuchsiz boʻlib qolaman, — dedi Shimshoʻn. 12Shunda Dalila yangi arqonlarni oldi–da, uni bogʻlab: — Shimshoʻn! Filistlar kelyapti! — deb baqirdi, odamlar esa ichkari xonada poylab turishar edi. Ammo Shimshoʻn qoʻllaridagi arqonlarni ipni uzganday uzib tashladi. 13— Shu paytgacha meni aldab, ahmoq qilib keldingiz! — dedi Dalila. — Menga ayting–chi, sizni qanday qilib bogʻlab tashlasa boʻladi? — Agar sochimning yettita tutamini dastgohdagi matoga qoʻshib toʻqib, moki yordamida yaxshilab mahkamlab qoʻysang, men el qatori kuchsiz boʻlib qolaman, — dedi Shimshoʻn. 14Shimshoʻn uxlab yotganda, Dalila uning yetti tutam sochini dastgohdagi matoga qoʻshib toʻqidi–da ▼▼ …moki yordamida yaxshilab mahkamlab qoʻysang…14…uning yetti tutam sochini dastgohdagi matoga qoʻshib toʻqidi–da… — qadimiy yunoncha tarjimadan. Bu soʻzlar kotibning xatosi tufayli ibroniycha matnda tushib qolgan.
, moki yordamida yaxshilab mahkamlab qoʻydi. Keyin esa: — Shimshoʻn! Filistlar kelyapti! — deb baqirdi. Shimshoʻn uxlab yotgan joyida sakrab turdi–da, mokini uloqtirib, matoni dastgohi bilan sochidan yulqib tashladi. 15Dalila unga dedi: — Dilingiz mendan yiroq ekan, qanday qilib menga: “Seni sevaman”, deysiz?! Siz meni uch marta aldadingiz, kuchingiz sirini menga aytmadingiz. 16Dalila har kuni yalinaverib, Shimshoʻnning quloq–miyasini yedi. Bundan bezor boʻlgan 17Shimshoʻn butun sirini aytib berdi: — Biron marta ham ustara boshimga tegmagan. Chunki onamning qornidayoq Xudoga nazr qilinganman ▼▼ …onamning qornidayoq Xudoga nazr qilinganman — 13:2-5 oyatlarga va 13:5 izohiga qarang.
. Agar sochimni oldirsam, kuchim yoʻq boʻladi va men el qatori kuchsiz boʻlib qolaman. 18Dalila Shimshoʻn unga butun sirini oshkor qilganini fahmlagach, Filist beklariga xabar joʻnatib dedi: “Bu safar yana bir bor kelib ketinglar, chunki u menga butun sirini oshkor qildi.” Shunda Filistlar Dalilaga vaʼda qilgan pullarini olib, uning oldiga bordilar. 19Dalila Shimshoʻnni tizzasida uxlatib qoʻydi–da, bir odamni chaqirib uning yetti tutam sochini qirqtirib tashladi. Shimshoʻn zaiflashib, kuchdan qoldi. 20Dalila esa: — Shimshoʻn! Filistlar kelyapti! — deb baqirdi. Shimshoʻn uyqudan turib, har safargidek oʻzimni xalos qilaman, deb oʻyladi. Ammo Egamiz uni tark etgan edi, Shimshoʻn esa bundan bexabar edi. 21Filistlar uni qoʻlga olib, koʻzlarini oʻyib tashlashdi. Soʻng Gʻazoga olib ketib, zanjirband qilishdi. Shimshoʻn zindondagi tegirmon toshini yurgizib, gʻalla yanchar edi. 22Shimshoʻnning sochlari yana oʻsa boshladi. Shimshoʻnning oʻlimi
23Bayramga yigʻilgan Filist beklari: “Xudoyimiz Doʻgʻon dushmanimiz Shimshoʻnning ustidan bizga gʻalaba berdi!” deya shodu xurramlik bilan xudosiga koʻp qurbonliklar keltirdilar. 24Xalq Shimshoʻnni koʻrgach: “Yurtimizni xarob qilgan, talay sipohlarimizni oʻldirgan dushmanni xudoyimiz qoʻlimizga berdi”, deya xudosiga hamdu sanolar ayta boshladi. 25Mast, vaqti chogʻ boʻlgan odamlar: “Shimshoʻnni keltiringlar, biz uchun bir oʻynab bersin!” deb baqira boshladilar. Shimshoʻnni zindondan keltirishdi, odamlar uni tomosha qilsin deb, ustunlar oʻrtasiga turgʻizib qoʻyishdi. 26Shimshoʻn uni yetaklab kelgan yigitga dedi: “Binoni koʻtarib turgan ustunlarni paypaslab koʻray. Ularga suyanib olmoqchiman.” 27Uy erkagu ayol bilan toʻlgan, hamma Filist beklari oʻsha yerda edi. Tomning ustidagi ochiq ayvonda uch mingga yaqin odam Shimshoʻnni tomosha qilayotgan edi. 28Shimshoʻn Egamizga iltijo qilib, dedi: “Yo Egam Rabbiy, meni esla. Ey Xudo, yana bir bor menga kuch ber, men Filistlardan ikki koʻzim uchun yoppasiga oʻch olay.” 29Shimshoʻn uyni koʻtarib turgan oʻrtadagi ikki ustun orasida turgan edi. U oʻng qoʻlini biriga, chap qoʻlini ikkinchisiga qoʻydi–da, tirandi. 30Keyin qichqirib: “Oʻlsam, Filistlar bilan oʻlay!” — dedi–yu, kuchi boricha ustunlarni itardi. Uy qulab, u yerdagi beklar bilan odamlarni bosib qoldi. Shunday qilib, oʻsha joyda oʻlgan odamlarning soni Shimshoʻn hayot davrida oʻldirgan odamlarning sonidan ziyoda edi. 31Shimshoʻnning aka–ukalari bilan butun oilasi Gʻazoga kelib, uning jasadini uyga olib ketishdi. Keyin otasi Monuvaxning Zorox bilan Eshtoyoʻl shaharlari ▼▼ Zorox bilan Eshtoyoʻl shaharlari — 13:25 ning birinchi izohiga qarang.
orasidagi xilxonasiga dafn qilishdi. Shimshoʻn yigirma yil davomida Isroil xalqiga hakam ▼▼ hakam — 2:16 izohiga qarang.
boʻlgan edi.
Copyright information for
UznUzbL