‏ Lamentations 1

Quddusning boshiga kelgan kulfat

1
Bu kitobning 1-4–boblari ibroniychada muvashshah usulida yozilgan sheʼrdir. Ibroniy alifbesida 22 ta harf boʻlgani uchun, mazkur kitobning 1, 2 va 4–boblari 22 ta oyatdan iborat boʻlib, har bir oyatdagi birinchi soʻz ibroniy alifbesining harflari tartibi boʻyicha boshlanadi. Kitobning 3–bobida 66 ta oyat bor, har 3 ta oyat bir bandni tashkil qilib, bob jami 22 banddan iborat. Har bir band ibroniy alifbesining harflari tartibi boʻyicha boshlanadi. Birinchi banddagi oyatlar ibroniy alifbesining birinchi harfi bilan boshlanadi, ikkinchi banddagi oyatlar ibroniy alifbesining ikkinchi harfi bilan boshlanadi va hokazo. Kitobning 5–bobi muvashshah usulida yozilmagan boʻlsa–da, bob 22 oyatdan iborat.
Voy shoʻrim!
Odamlarga toʻlib–toshgan bir vaqtlar,
Naqadar yolgʻizdir endi bu shahar!
Xalqlar orasida shuhrat qozongan,
Endi bir beva ayolga u oʻxshab qolgan.
U viloyatlar orasida malikaday edi,
Endi u bir choʻriga oʻxshab qoldi.

2Kechalari u achchiq–achchiq yigʻlaydi,
Koʻzlaridan yoshlar oqadi.
Uni yupatadigan biron kimsa
Yoʻqdir oʻynashlarining orasida.
Doʻstlari unga xiyonat qilishdi,
Unga dushman boʻlib qolishdi.

3Yahudo
Yahudo — Yahudo qabilasi Isroilning janubiy qismidagi eng katta qabila edi. Shoh Sulaymon vafotidan keyin shimoldagi oʻnta qabila janubdagi Yahudo va Benyamin qabilalaridan ajralib chiqdi (3 Shohlar 11:26-12:24 ga qarang). Yahudo va Benyamin qabilalari janubiy shohlik deb ataladigan boʻldi. Janubiy shohlikning poytaxti Quddus boʻlib qolaverdi, ularning oʻz hukmdorlari bor edi. Eski Ahdning baʼzi parchalarida Yahudo soʻzi janubdagi ikkala qabilaga nisbatan ishlatilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi YAHUDO soʻziga qarang.
xalqi surgun boʻlib, azoblar tortdi,
Tutqunlikning mashaqqatini u totib koʻrdi.
Begona xalqlar orasida oʻrnashganda,
Oʻziga orom topa olmadi.
U tang ahvolga tushib qolganda,
Taʼqib etuvchilar uni qoʻlga oldi.

4Quddusga
Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu bobning 6, 17–oyatlarida ham bor). Eski Ahddagi sheʼriy parchalarda va paygʻambarlar bitiklarida Sion soʻzi koʻpincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SION soʻziga qarang.
boradigan yoʻllar tutyapti motam,
Axir, belgilangan bayramlarga kelmas biror ham odam.
Shaharning hamma darvozalari huvullab qoldi,
Ruhoniylari xoʻrsinib oʻtiribdi.
Qudduslik qizlar
Qudduslik qizlar — Maʼbaddagi bayram sayillarida ishtirok etadigan qizlar nazarda tutilgan boʻlishi mumkin (Zabur 67:25-27 ga qarang).
qaygʻuga botgan,
Quddusning oʻzi ham iztirobda qolgan.

5Quddusga dushmanlari bosh boʻldi,
Uning gʻanimlari ravnaq topdi.
Quddus behad koʻp gunoh qildi,
Shu sababdan Egamiz uni azobga soldi.
Quddusning farzandlari surgun qilindi,
Gʻanimlari ularni olib ketdi.

6Qiz
Qiz — shahar yoki yurt ahliga nisbatan qoʻllangan sheʼriy usul.
Quddus oʻz savlatini yoʻqotdi.
Yoʻlboshchilari oʻtloq topa olmagan kiyikka oʻxshaydi.
Ovchidan qochishga ularning madori qolmadi.

7Kulfatu sargardonlik kunlarida
Quddus oldingi xazinalarini esladi.
Uning aholisi dushmanlarga
dushmanlar — Bobil bosqinchilari nazarda tutilgan.
taslim boʻlganda,
Quddusga yordam beradigan hech kim yoʻq edi.
Gʻanimlari uning qulashini tomosha qilib,
Quddusni masxara qilardi.

8Ha, Quddus jirkanch gunohga qoʻl urdi,
Atrofdagilarga u kulgi boʻldi.
Oldin uni eʼzozlaganlarning hammasi
Endi undan hazar qiladi.
Quddusning sharmandaligini ular koʻrdilar.
Mana endi Quddus xoʻrsinib oʻtiribdi,
Hammadan yuzini yashirib oʻtiribdi.

9Uning nopokligi kiyimini dogʻ qildi,
Kelajagi haqida u qaygʻurmadi.
U dahshatli tarzda quladi,
Uning yupatuvchisi yoʻq edi.
U shunday deb yolvordi:
“Kulfatimga bir nazar solgin, ey Egam,
Zero, dushmanlarim gʻolib keldi ustimdan!”

10Gʻanimlar Quddus xazinalariga chang soldi.
Quddusning koʻzi oldida
Begona xalqlar muqaddas makonga kirdi.
Ammo Egamiz oʻsha gʻayriyahudiylarga
Hatto Isroil jamoasi yigʻinida boʻlishni man etgandi!
…Egamiz…man etgandi — Qonunlar 23:3 ga qarang.

11Mana endi shahardagi hamma odamlar xoʻrsinib,
Bir burda nonni izlab yuribdi.
Ular boyliklarini sotib, ovqat olishyapti,
Shu yoʻsin oʻz jonlarini saqlashyapti.
Quddus shunday deb yolvormoqda:
“Ey Egam, menga bir boqqin,
Xor boʻlganimni koʻrib qoʻygin!”

12Quddus oʻtgan–ketganlarga xitob qiladi:
“Nahotki sizlarga baribir boʻlsa?!
Nahotki sizlarga baribir boʻlsa?! — yoki Bunday koʻrgilik sizlarning boshingizga tushmasin!

Menga bir qaranglar! — deb yolvoradi. —
Egamiz gʻazab kunida menga azob bergan,
Bunday azobni hech kim koʻrmagan.

13U osmondan olov yubordi,
Oʻsha olov ichimni yondirdi.
Egamiz oyogʻimga tuzoq qoʻydi,
Meni ortga qaytishga majbur qildi.
Adoyi tamom qildi meni Xudoyim,
Azobu alamda qoldi mening jonim.

14Gunohlarim boʻyinturuqqa aylangan,
Oʻsha boʻyinturuqni Egamizning Oʻzi yasagan.
U gunohlarimni
gunohlarim — yoki yasagan bu boʻyinturuq.
boʻynimga osdi.
Meni tamom holdan toydirdi.
Rabbiy berdi meni dushmanlarim qoʻliga,
Men qarshilik qila olmayman ularga.

15Rabbiy kuchli jangchilarimni rad etdi,
Yigitlarimni yakson qilish uchun lashkar yubordi.
Bokira qiz Yahudoni
Bokira qiz Yahudo — Quddus va uning ahliga nisbatan qoʻllangan sheʼriy usul.
Rabbiy uzum ezganday ezdi
…Rabbiy uzum ezganday ezdi — qadimgi paytlarda odamlar uzumni qoyatoshga oʻyilgan chuqurga yoki tuproqdan qazilgan, tubiga va atrofiga zich qilib tosh terilgan chuqurga solib, sharbatini siqib olish uchun oyoqlari bilan ezardilar. Sharbat oʻsha chuqurdan yana boshqa bir chuqurga oqib tushardi. Uzum ezish Muqaddas Kitobda koʻpincha Xudoning odamlar ustidan chiqaradigan hukmiga nisbatan koʻchma maʼnoda ishlatilgan.
.

16Shuning uchun men faryod qilaman,
Koʻz yoshimni sel–sel oqizaman.
Axir, yupatuvchim mendan uzoqda,
Jonimga oro kiruvchi olisda.
Evoh, dushmanlarim mendan gʻolib keldi,
Farzandlarim xonavayron boʻldi.”

17Quddus qoʻllarini choʻzib yordam soʻraydi,
Biroq hech kim uni yupatmaydi.
Egamiz qoʻshni xalqlarga amr berdi,
Shunda hammasi Yoqub nasliga dushman boʻlib qoldi.
Dushmanlarining nazarida
Quddus axlatday jirkanch boʻlib qoldi.

18Quddus aytmoqda:
“Ha, mening Egam haq,
Axir, oʻzim Uning amriga qarshi bosh koʻtardim.
Ey xalqlar, menga quloq soling,
Mening kulfatimni koʻrib qoʻying.
Mening yigit–qizlarim surgun boʻldi.

19Men oʻynashlarimni chaqirdim,
Ular esa meni aldashdi.
Jonini saqlash uchun non izlagan
Ruhoniyu oqsoqollarim koʻchalarda jon berdi.

20Ey Egam, koʻrib qoʻygin qaygʻumni,
Koʻrgin toʻkilib turgan yuragimni.
Evoh, yurak–bagʻrim ezilib ketdi,
Axir, men Senga qarshi bosh koʻtardim.
Ana, tashqarida qilich odamlarni chopyapti,
Ichkarida oʻlim hukmronlik qilyapti.

21Odamlar ohu nolalarimni eshitdi,
Biroq mening yupatuvchim yoʻq edi.
Gʻanimlarim eshitdi kulfatlarim haqida,
Xursand boʻlishdi qilgan ishingdan shunda.
Sen eʼlon qilgan oʻsha kuning kelsin,
Dushmanlarim ham mening holimga tushsin.

22Nazaringdan qochmasin ularning qilgan qabihliklari,
Gunohim uchun meni jazolaganday jazolagin ularni.
Koʻpdir mening ohu nolalarim,
Hech ham qolmadi mening madorim.”
Copyright information for UznUzbL