‏ Lamentations 2

Egamiz Quddusni jazolaydi

1Voy shoʻrim!
Rabbiy gʻazablanib,
Qiz
Qiz — 1:6 izohiga qarang.
Quddusni
Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu bobning 4, 6, 8, 18–oyatlarida ham bor). 1:4 ning birinchi izohiga qarang.
zulmat bilan qopladi,
U Isroilning salobatini
Osmondan yerga uloqtirdi.
Qattiq qahri kelganda,
Oʻz poyandozi boʻlgan Maʼbadini esga olmadi.

2Rabbiy ayovsiz vayron qildi
Yoqub naslining maskanlarini.
Gʻazabi kelib yakson qildi
Qiz Yahudoning
Qiz Yahudo — 1:15 ning birinchi izohiga qarang.
qalʼalarini.
Oyoq osti qilib, xoʻrladi
Shohlikni va uning hukmdorlarini.

3U qattiq gʻazabga minib,
Isroilning bor qudratini yoʻq qildi
…Isroilning bor qudratini yoʻq qildi — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …Isroilning har bir shoxini kesib tashladi. Eski Ahdda buqaning shoxi koʻpincha koʻchma maʼnoda ishlatilib, kuchli hukmdorga yoki harbiy qudratga ishora qilgan.
.
Gʻanimlar hujum qilganda,
Oʻz xalqini himoya qilmadi.
Avjiga chiqqan olov yondirganday,
Yoqubning yurtini yondirib yubordi.

4U gʻanimday bizga qarata yoyini tortdi,
Oʻq uzishga Uning qoʻli tayyor turardi.
U kelishgan yigitlarimizni dushmanday oʻldirdi.
Qiz Quddusning chodirlariga olovday qahrini sochdi.

5Rabbiy dushmanga oʻxshab qoldi,
Isroil yurtini vayron qildi.
Xarob qildi barcha saroylarini,
Yakson etdi Isroil qalʼalarini.
Qiz Yahudoga keltirdi gʻam–gʻussa,
Uning qaygʻusini orttirdi ming hissa.

6Bogʻdagi chaylani yiqitganday,
Maʼbadini U buzib tashladi
Bogʻdagi chaylani yiqitganday, Maʼbadini U buzib tashladi — yoki U uzumzor devorini yiqitganday, Maʼbad devorlarini buzib tashladi.
.
Quddusdagi bayram va Shabbat kunlarini
Egamiz bekor qildi.
Shohlar va ruhoniylarni
Gʻazab ustida rad etdi.

7Rabbiy Oʻz qurbongohidan voz kechdi,
Oʻz maskanini tashlab ketdi.
Quddus saroylarini yovning qoʻliga berdi.
Egamiz uyidagi yovning hayqirigʻi
Bayramdagi shodon ovozlarga oʻxshaydi.

8Ha, Egamiz qiz Quddusning devorlarini
Vayron etishga qaror qildi.
Devorlarga birma–bir qarab chiqdi,
Shashtidan qaytmadi, hammasini yakson qildi.
Endi qalʼayu devorlar qaygʻuryapti,
Hammasi xarob boʻlib yotibdi.

9Quddus darvozalari tuproqqa belanib yotibdi,
Darvoza tambalari parchalanib yotibdi.
Shohu amaldorlari surgun boʻlishdi,
Qonunlar xalqqa oʻrgatilmas endi.
Egamizdan vahiylar
Paygʻambarlarga kelmas endi.

10Qiz Quddusning oqsoqollari
Sukut saqlab yerda oʻtiribdi.
Boshlaridan ular tuproq sochgan,
Oʻzlari qanorga oʻrangan
Boshlaridan ular tuproq sochgan, Oʻzlari qanorga oʻrangan — qanor dagʻal qoramtir mato boʻlib, echki yoki tuya junidan toʻqilgan. Qanorga oʻranib olish va boshga tuproq sochish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi. Koʻpincha bu harakat Xudodan kechirim soʻrab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan.
.
Boshlarini solib quyi
Oʻtiribdi Quddus qizlari.

11Yigʻlayverib koʻzlarim tolgan,
Ichimda yuragim toʻkilib ketgan.
Jigar–bagʻrim ezilib ketdi,
Axir, mening xalqim qirilib ketdi!
Och qolgan goʻdagu chaqaloqlar
Shahar koʻchalarida hushsiz yotibdi!

12“Qornim ochdi! Chanqadim!” deb
Onalariga ular faryod qilar.
Yarador jangchiday shahar koʻchalarida hushsiz yotishar.
Onalarining bagʻrida jon taslim etishar.

13Sen haqingda nima aytay?!
Seni kimga solishtiray, ey qiz Quddus?
Nima deb yupatay?!
Seni kimlarga oʻxshatay, ey bokira qiz Sion?
Dengizday cheksizdir sening kulfating,
Endi shifo bera olmas senga hech kim!

14Sening paygʻambarlaring
Yolgʻon va behuda vahiylar aytishdi.
Gunohlaringni fosh qilishmadi,
Surgunning oldini olishmadi.
Yolgʻon bashoratlar aytib,
Seni yoʻldan ozdirishdi.

15Oʻtgan–ketganlar sendan or qilib,
Qoʻl siltab ketadilar.
Yoqasini ushlab, boshlarini chayqaydilar,
Ey qiz Quddus, seni mazax qilib shunday deydilar:
“Goʻzallikda komil shaharmi shu?!
Butun dunyoning sevinchimish u!”

16Barcha yovlaring ustingdan kuladi,
Holingni koʻrib yoqasini ushlaydi.
Tishlarini gʻijirlatib aytishadi:
“Biz uni yamladik!
Voh, qanday intizorlik bilan
Bu kunni kutgan edik!
Nihoyat, oʻsha kunga yetdik!”

17Evoh, Egamiz Oʻz rejalarini amalga oshirdi,
Oʻz aytganlarini bitta qoldirmay bajardi.
U azaldan ogohlantirib kelganday
Sizlarni ayovsiz qirib tashladi.
Gʻanimlarning qudratini
qudrat — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi shox, yaʼni buqaning shoxi. Shu bobning 3–oyati izohiga qarang.
yuksaltirdi,
Ahvolingizdan dushmanlarni xursand qildi.

18Shahar ahlining qalbi Rabbiyga faryod qilmoqda,
Ey qiz Quddusning devorlari!
Koʻz yoshingiz kechayu kunduz daryo boʻlib oqsin.
Nolayu faryodingiz aslo tinmasin,
Koʻz yoshingiz toʻxtamasin!

19Tur, ey qiz Quddus!
Kechasi bilan Xudoga iltijo qilib chiqqin!
Yuragingni Rabbiyga suvday toʻkib solgin!
Qoʻllaringni uzat osmonga,
Farzandlaring uchun yolvorgin Unga!
Axir, ular ochlikdan hushsiz yotibdi
Har bir koʻchaning boshida.

20Shunday ibodat qilgin:
“Ey Egam, koʻrmaysanmi buni:
Ne koʻylarga solib qoʻyding Sen xalqingni?!
Onalar erkalatib oʻstirgan farzandlarini yeyishyapti–ku!
Ruhoniyu paygʻambarlar maskaningda qirilib ketyapti–ku!

21Yoshu qarilarning jasadlari koʻchada changga belanib yotibdi.
Qilich dastidan yigitu qizlarim juvonmarg boʻldi.
Sen gʻazabing kelgan kuni ularni halok qilding,
Ayovsiz ularni qirib tashlading.

22Menga qarshi yigʻding Sen tevarakdagi yovlarni,
Goʻyo ziyofatga chaqirganday taklif qilding ularni.
Oʻsha kuni Sening gʻazabingdan hech kim qutulolmadi,
Biror odam oʻz jonini saqlab qololmadi.
Evoh, erkalab oʻstirgan bolalarimni
bolalarim — Quddus ahli nazarda tutilgan.

Dushmanlarim oʻldirdi.”
Copyright information for UznUzbL