‏ Lamentations 3

Umid uchqunlari

1Azoblarda qolgan insonman,
Xudoning gʻazabi tufayli tayoq yedim.
2Boshlab bordi Egam meni zulmatga,
Nur tushmaydigan qorongʻi joyga.
3Yolgʻiz menga qarshi U qoʻl koʻtardi,
Kun boʻyi meni qayta–qayta jazoladi.

4Qaritib yubordi etu terimni,
Sindirib tashladi suyaklarimni.
5Gʻam–alamga meni tutqun qildi,
Jabru jafo zindoniga meni tashladi.
6Majbur qildi meni zimistonda yashashga,
Oʻxshab qoldim men ancha oldin oʻlgan odamga!

7Qochib ketmasin deya, Xudo atrofimni qurshadi,
Ogʻir zanjirlar bilan meni kishanband etdi.
8Yordam soʻrab yolvorsam ham men Unga,
Quloq solmas U mening figʻonimga.
9Yoʻnilgan toshlar bilan U yoʻlimni toʻsdi,
Yurgan yoʻlimni chalkashtirib yubordi.

10Poyladi U meni ayiqday,
Tashlanmoqchi boʻldi menga sherday.
11Soʻng meni sudradi bir chetga,
Gʻajidi, solib ketdi tang ahvolga.
12Xudo Oʻz yoyini tortdi,
Oʻqlariga meni nishon qildi.

13Sadogʻidagi oʻqlari bilan yuragimni teshdi.
14Mana endi oʻz xalqim ustimdan kulmoqda,
Uzzukun ular meni mazax qilib, qoʻshiq kuylamoqda.
15Xudo menga achchiq oʻtdan yedirdi,
Zaharli suvdan menga ichirdi.

16Meni oyoq osti qilib, tuproqqa beladi,
Shagʻal yedirib, tishlarimni sindirdi.
17Tinchlik bilmas endi mening jonim,
Baxt nimaligini tamom unutdim,
18Shunda oʻzimga dedim: “Adoyi tamom boʻldim!
Barbod boʻldi Egamga boʻlgan umidim!”

19Kulfatu sargardonlik haqidagi oʻylarim
Zaharli suvga, achchiq oʻtga oʻxshaydi.
20Bunday oʻylarga tolgan mening jonim
Tushkunlikka tushdi.
21Biroq men bir narsani yodda tutarman,
Shuning uchun doim umid qilarman:

22Egamning sodiq sevgisi boʻlmaydi ado
Egamning sodiq sevgisi boʻlmaydi ado… — koʻplab ibroniy qoʻlyozmalaridan, qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan. Ibroniycha matnda Egamning sodiq sevgisi tufayli biz nobud boʻlmadik….
,
Uning rahmu shafqati tugamas aslo.
23Har tong ular yangilanadi,
Buyukdir Egamning sadoqati!
24Qalbimda aytaman: “Egamdir mening bor–yoʻgʻim,
Shunday ekan, yolgʻiz Undadir mening umidim.”

25Egamiz Oʻziga umid bogʻlaganlarga yaxshilik qiladi,
Unga intilgan har bir jonga ezguligini koʻrsatadi.
26Egamizning najotini toqat ila kutish yaxshidir.
27Yoshlikdan tarbiyaga boʻysunish yaxshidir.

28Rabbiy tarbiyalaganda,
Yolgʻiz oʻtirib, sukut saqlaylik.
29Bunday vaqtlarda yer oʻpib taʼzim qilaylik,
Axir, yana umid bordir.
30Tarsaki yeganimizda qarshilik qilmaylik,
Eshitgan koʻp haqoratlarni ichimizga yutaylik.

31Zero, Rabbiy bizni abadiy tashlab qoʻymaydi!
32Uning Oʻzi bizga qaygʻu keltirgan boʻlsa–da,
Oʻzi bizga rahm–shafqat qiladi.
Axir, Uning sodiq sevgisi buyukdir!
33Ha, U insonga gʻam keltirib, ozor berishni xush koʻrmaydi.

34Yurtdagi hamma asirlarning oyoq osti boʻlganini,
35Odamlar haq–huquqdan mahrum boʻlganini
Xudoyi Taolo koʻrib turibdi.
36Bir yoqlama hukm chiqarilganini
Rabbiy bilib turibdi.

37Rabbiyning ijozatisiz,
Hech kimning buyrugʻi bajo boʻlmas.
38Yaxshilik ham, yomonlik ham
Xudoyi Taoloning amrisiz sodir boʻlmas.
39Hanuz hayot ekanmiz,
Gunohimiz uchun jazo tortganda nolimaylik!

40Tutgan yoʻllarimizni yaxshilab tekshiraylik,
Egamizga qaytaylik.
41Qoʻllarimizni osmonga choʻzib,
Chin dildan samodagi Xudoga yolvorib aytaylik:
42“Ey Egamiz! Biz itoatsizlik qildik,
Senga qarshi bosh koʻtardik,
Sen bizni kechirmading.

43Sen gʻazabga minib, taʼqib qilding bizni,
Shafqatsiz qirding hammamizni.
44Iltijolarimiz Senga yetib bormasligi uchun
Bulutlar bilan oldingni toʻsding.
45Sen bizni axlatday tashlab yubording,
Xalqlar orasida supurindiday qilding.

46Mana, barcha yovlarimiz ustimizdan kulyapti.
47Biz vahimaga tushdik, tuzoqqa ilindik,
Falokatu halokatga giriftor boʻldik.”

48Sel–sel boʻlib oqar mening koʻz yoshlarim,
Axir, qirilib ketdi mening xalqim!
49 50Egamiz samodan bizga qaramaguncha,
Men toʻxtamay obi diyda qilaman,
Tinmay koʻz yosh toʻkaman.
51Quddusdagi hamma qizlarning qismati
Yurak–bagʻrimni ezib yubordi!

52Sababsiz dushmanlik qilayotir menga odamlar,
Qushni ovlaganday meni ovladi ular.
53Meni tiriklayin chuqurlikka tashlashdi,
Chuqurlik ogʻzini tosh bilan berkitishdi.
54Suvlar koʻtarilib oshdi boshimdan,
“Ado boʻldim” dedim ichimda.

55Ey Egam, chuqurlik tubidan
Senga iltijo qildim.
56“Dodimni tingla, berkitma qulogʻingni!” dedim.
Sen eshitding bu iltijoimni.
57Yolvorganimda Sen menga yaqinlashding,
“Qoʻrqma!” deb oʻshanda menga aytding.

58Yo Rabbiy, Sen daʼvoimni himoya qilding,
Mening jonimni xalos etding.
59Koʻrding menga qilingan nohaqlikni,
Ey Egam, Oʻzing yoqlagin meni.
60Yovlarimning til biriktirganini Sen koʻrding,
Menga qarshi qilgan yovuz niyatlarini bilding.

61Ey Egam, ular meni mazax qilganini Oʻzing eshitding,
Menga qarshi til biriktirganini bilding.
62Gʻanimlarim meni gʻiybat qilar,
Kun boʻyi menga piching otar!
63Qara, ular oʻtirsa ham, tursa ham,
Meni mazax qilib, qoʻshiq kuylashar.

64Ularning qilmishlariga yarasha,
Jazosini bergin, ey Egam!
65Yuraklariga gʻulgʻula solgin,
Ularni laʼnatga duchor qilgin,
66Gʻazab bilan ularning ketidan quvla,
Yer yuzidan tamomila yoʻq qilib tashla!
Copyright information for UznUzbL