Lamentations 4
Quddusning qamaldagi qismati
1Voy shoʻrim!Oltin xira tortdi,
Sof tilla jilosini yoʻqotdi.
Har bir koʻcha boshida
Maʼbad toshlari sochilib yotibdi.
2Quddusning ▼
▼ Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu bobning 11, 22–oyatlarida ham bor). 1:4 ning birinchi izohiga qarang.
aziz farzandlariOltindan ham qadrli edi,
Evoh, endi esa ular
Kulol yasagan sopol idishday
Qadrsiz boʻlib qoldilar.
3Hatto chiyaboʻrilar
Oʻz bolalarini emizishar.
Mening xalqim esa tuyaqushga oʻxshab qoldi ▼
▼ …tuyaqushga oʻxshab qoldi… — moda tuyaqush palapomlariga mehr bermaydigan yomon ona hisoblanadi (Ayub 39:14-16 ga qarang).
,Ular oʻz farzandlariga shafqat qilmaydi.
4Chaqaloqlar juda chanqagan
Tillari tanglayiga yopishib qolgan,
Non soʻrab, yosh bolalar tilanchilik qilyapti,
Biroq hech kim ularga bir burda ham non bermaydi.
5Tansiq taomlar yegan odamlar
Endi koʻchalarda ochlikdan oʻlyaptilar.
Qimmatbaho libos kiyib oʻsganlar
Endi kul uyumlari orasida yotibdilar.
6Sadoʻm shahriga ▼
▼ Sadoʻm shahri — aholisining oʻta buzuqligi oqibatida Egamiz vayron qilgan shahar (Ibtido 18:16-19:28 ga qarang).
qarshi inson qoʻli koʻtarilmadi,Ammo bu shahar bir zumda vayron boʻldi.
Xalqimning tortgan jazosi
Sadoʻmning jazosidan ham ogʻirroq boʻldi.
7Sutdan ham oq, qordan ham oppoq edi
Yoʻlboshchilarimizning koʻngillari,
Marjonday tovlanardi sogʻlom tanalari,
Yoqutday koʻrkam edi koʻrinishlari.
8Endi tanib boʻlmas ularni koʻchalarda,
Ularning yuzlari kuyadan ham qoraroq tusda.
Bujmaygan terilari suyaklarga yopishgan,
Tarashadan ham battar qurib–qaqshab ketgan.
9Qilich tigʻidan nobud boʻlganlar
Baxtliroqdir ochlik qurbonlaridan.
Zero, qahatchilikka ▼
▼ …ochlik…qahatchilik… — miloddan oldingi 589 yilda Bobil lashkari Quddusni qamal qildi. Ikki yarim yil davomida shaharga hech qanday yegulik kirmadi (4 Shohlar 25:1-3 ga va oʻsha oyatlarning izohlariga qarang).
duchor boʻlganlarJonlarini asta–sekin taslim qilarlar.
10Mehribon onalar tuqqan bolalarini
Oʻz qoʻllari bilan pishirdilar.
Xalqim halokatga uchraganda,
Bolalari ularga yemish boʻldi.
11Egamizning qahr–gʻazabi qaynadi,
U achchiq qahrini sochdi,
Quddus shahrida olov yondirdi,
Olov shaharni poydevorigacha kuydirdi.
12Dushman Quddus darvozalarini yorib oʻtishiga
Yer yuzidagi hukmdorlar ishonmaganlar.
Jahondagi odamlar buni hatto xayoliga ham keltirmaganlar.
13Shahardagi paygʻambarlarning gunohi,
Ruhoniylarning jinoyatlari bunga sabab boʻldi.
Axir, ular shaharda solih odamning qonini toʻkdilar.
14Ha, ular oʻz kiyimini qonga bulgʻadilar,
Ularning kiyimidan odamlar hazar qiladilar.
Koʻr odamday bu yoʻlboshchilar
Koʻchalarda daydib yuribdilar.
15“Yoʻqol, harom!” deb baqiradi hamma ularga,
“Yoʻqollaring! Yoʻqol! Tega koʻrmang sizlar bizlarga!”
Qochib, gʻaribu musofir boʻlib yurganda ular,
“Bu yerdan chiqib ketinglar”, deb xalqlar ularni haydar.
16Egamizning Oʻzi tarqatib yubordi ularni,
Bu yoʻlboshchilarga endi U nazar solmaydi.
Ruhoniylarga hech kim hurmat koʻrsatmaydi,
Oqsoqollarga hech kim marhamat qilmaydi.
17Behuda kutaverib madad,
Toldi bizning koʻzimiz,
Madad bera olmaydigan bir xalqqa ▼
▼ bir xalq — Yahudo xalqining ittifoqdoshi boʻlgan Misr xalqi nazarda tutilgan.
Umid bogʻlagan ekanmiz.
18Har bir qadamimizni poyladi yovimiz,
Oʻz koʻchalarimizda yurolmadik biz.
Bor–yoʻgʻi sanoqli kunimiz qoldi.
Bizning umrimiz poyoniga yetdi.
19Bizni taʼqib qiluvchilar
Burgutdan ham tezroq uchishardi,
Ular togʻlarda bizni ovlashardi,
Choʻllarda bizni poylashardi.
20Egamiz tanlagan shoh ▼
▼ Egamiz tanlagan shoh — miloddan oldingi 597-586 yillarda hukmronlik qilgan Yahudo shohi Zidqiyo nazarda tutilgan (4 Shohlar 25:1-7 ga qarang).
ularning tuzogʻiga ilindi,Evoh, hayotimiz manbai u edi.
Biz shohimiz soyasida
Xalqlar orasida yashaymiz, deb oʻylagandik.
21Ey Uz yurtida ▼
▼ Uz yurti — Oʻlik dengizning janubida joylashgan boʻlib, oʻsha davrda Edom xalqining qoʻli ostida edi.
yashovchi qiz ▼▼ qiz — 1:6 izohiga qarang.
Edom ▼▼ Edom — bu yurt Oʻlik dengizning janubida joylashgan edi. Edom xalqi azaldan Isroil xalqining dushmani boʻlib kelgan edi. Bobilliklar Quddusni vayron qilganlarida, Edom xalqi Bobilliklarga yordam bergan edi (Zabur 136:7, Hizqiyol 35:5 va Obodiyo 10-14–oyatlarga qarang). Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi EDOM soʻziga qarang.
,Xursand boʻl, shodlan!
Biroq sen ham jazo kosasidan ▼
▼ jazo kosasi — Xudo gʻazabining ramzi boʻlgan sharob kosasiga ishora. Mana shu sharobdan mast boʻlish Xudoning hukmiga duchor boʻlishni bildiradi (Ishayo 51:17-23, Yeremiyo 25:15-29 ga qarang).
ichasan,Mast boʻlib kiyimingni yechasan.
22Ey qiz Quddus, jinoyatlaring uchun
Sen jazoingni tortib boʻlding.
Endi Egamiz seni surgunda ushlab turmaydi.
Ey qiz Edom, sening gunohlaringni esa
Egamiz fosh qiladi,
Jinoyatlaring uchun U seni jazolaydi.
Copyright information for
UznUzbL