‏ Numbers 36

Turmushga chiqqan ayollarning merosi

1Bir kuni Gilad urugʻining urugʻboshilari Muso bilan Isroil yoʻlboshchilari oldiga kelishdi. Gilad Moxirning oʻgʻli, Manashening nevarasi, Yusufning evarasi edi.

2— Ey Muso hazratlari, — deya murojaat qilishdi ular. — Egamiz sizga, Isroil xalqiga qurʼa boʻyicha
…qurʼa boʻyicha… — 26:55 izohiga qarang.
yerni mulk qilib ber, deb amr qilganda, inimiz Zalofxodning mulkini qizlariga berishingizni aytgan edi
Egamiz sizga…inimiz Zalofxodning mulkini qizlariga berishingizni aytgan edi — 27:1-11 ga qarang.
.
3Bordi–yu, Zalofxodning qizlari Isroilning boshqa qabilasidagi yigitlarga turmushga chiqsalar, ularning mulki turmushga chiqqan urugʻning mulkiga qoʻshiladi. Shunda qabilamiz ulush qilib olgan yerning bir qismidan ayrilib qoladi. 4Qutlugʻ yil
Qutlugʻ yil — Isroil xalqi tabarruk deb bilgan yil. Shu yil davomida hamma sotib olingan mulk oʻzining asl egalariga qaytarib berilishi kerak edi (Levilar 25:8-55, 27:17-24 ga qarang). Ammo Qutlugʻ yilga oid boʻlgan bu qonun–qoidalarni Zalofxodning qizlari vaziyatida qoʻllab boʻlmas edi, chunki qizlar oʻz yerini sotgani sababli emas, balki turmushga chiqqanlari sababli ularning yeri oʻz qabilasidan ayirib olingan boʻlardi.
kelganda esa Zalofxod qizlarining mulki oʻzlari turmushga chiqqan urugʻning mulkiga qoʻshilib, qabilamizning mulkidan ayirib olinadi va biz qabilamizga tegishli boʻlgan bir qism yerdan mahrum boʻlib qolamiz.

5Muso, Egamizning amriga binoan, Isroil xalqiga aytdi:

— Yusuf avlodining gapi toʻgʻri.
6Egamiz Zalofxodning qizlari haqida shunday amr berdi: Zalofxodning qizlari oʻzlari xohlagan odamlarga turmushga chiqishsin. Lekin ular turmushga chiqadigan yigitlar Zalofxodning qabilasidan boʻlishlari shart. 7Isroil xalqining mulki bir qabiladan boshqasiga oʻtib ketmasin. Har bir Isroil odami otalaridan meros qilib olgan yerni saqlasin. 8Isroilning hamma qabilasida mulkka merosxoʻrlik qiladigan har qanday qiz, oʻzining qabilasidan birortasiga turmushga chiqsin, toki Isroilning hamma odamlari mulk qilib olgan yerlariga oʻzlari egalik qilsin. 9Ana shunda mulk bir qabiladan boshqa qabilaga oʻtib ketmaydi. Isroil xalqining har bir qabilasi oʻz mulkini saqlab qolsin.

10Egamiz Musoga nima amr etgan boʻlsa, Zalofxodning qizlari shuni qildilar. 11Zalofxodning Maxlo, Tirza, Xoʻglax, Milxo va Nuvah ismli qizlari oʻz amakilarining oʻgʻillariga turmushga chiqdilar. 12Ular turmushga chiqqan yigitlar Yusuf oʻgʻli Manashe urugʻlaridan edilar. Shunday qilib, u qizlarning merosi otalari qabilasida qoldi.

13Muso orqali Isroil xalqiga Egamiz bergan amr va qonunlar ana shulardan iboratdir. Bu qonunlar Moʻab tekisligida, Yerixo shahrining roʻparasidagi Iordan daryosi boʻyida berilgan edi.
Copyright information for UznUzbL