‏ Proverbs 17

1Dasturxoni toʻla janjalli uydan,
bir tishlam qattiq noni bor tinch xonadon yaxshiroq.
2Sharmandali ish qiladigan oʻgʻil ustidan farosatli qul hukmronlik qiladi,
u xoʻjayinining oʻgʻillari qatori merosga sherik boʻladi.
3Kumush va oltin olovda sinaladi,
odamlarning qalbini esa Egamiz sinaydi.
4Fosiqlar yovuz odamlarning gapiga kiradi,
yolgʻonchilar esa gʻiybatga quloq soladi.
5Kambagʻalni mazax qilgan odam ularni Yaratganni tahqirlaydi,
birovning baxtsizligidan quvongan jazosiz qolmaydi.
6Nabiralar — keksalarning toju taxti,
otalar oʻgʻillarning shon–shuhratidir.
7Yaxshi soʻz nodonga yarashmagandek,
yolgʻon ham ulugʻsifat odamga aslo toʻgʻri kelmaydi.
8Oʻz egasining nazarida pora sehrli qimmatbaho tosh,
goʻyo hamma yerda omad keltiradi.
9Gunohni kechirgan doʻstlikni saqlaydi,
uni kavlashtirgan esa doʻstni uzoqlashtiradi.
10Donoga berilgan bitta tanbeh
nodonning boshida singan yuzta kaltakdan taʼsirliroq.
11Fosiq faqat gʻalayon payida boʻladi,
shuning uchun unga yovuz elchi yuboriladi.
12Tentakning ahmoqligiga yoʻliqqandan koʻra,
bolalaridan ayrilgan ona ayiqqa duch kelgan yaxshiroq.
13Yaxshilikka yomonlik qilganning xonadonidan
yomonlik arimaydi.
14Janjalning boshlanishi — suv urib ketishiga oʻxshaydi,
janjal chiqmasdan uni toʻxtat.
15Fosiqni oqlash, solihni ayblash —
ikkovi ham Egamizga jirkanchdir.
16Bu nima?!
Nodonning qoʻlida boylik bor,
“Donolik sotib olay”, — deydi, lekin unda aql yoʻq.
17Haqiqiy doʻst har doim sevadi,
aka–ukalar ham ogʻir kun uchun tugʻilgan.
18Qoʻl tashlab birovga kafillik qiladigan aqlsizdir
Qoʻl tashlab…aqlsizdir — 6:1 ning ikkinchi izohiga qarang.
.
19Gunohni yaxshi koʻrgan urush–janjalni sevar,
oʻziga bino qoʻygan
oʻziga bino qoʻygan — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi oʻz darvozasini baland qilib quradigan odam.
halokat qidirar.
20Yuragi makkor odam yaxshilikka erishmaydi,
egri til kulfatga duchor boʻladi.
21Nodon farzand koʻrgan qaygʻu chekadi,
ahmoqning otasi shodlik nimaligini bilmaydi.
22Shod yurak — shifobaxsh dori,
gʻam–kulfat esa jonning egovidir.
23Fosiq qoʻynidan pora olib
adolat yoʻlini oʻzgartiradi.
24Fahm–farosatli inson donolikka qaraydi,
nodonning koʻzi esa dunyoning narigi chetida.
25Ahmoq farzand
farzand — ibroniycha matnda oʻgʻil.
— otasiga qaygʻu,
uni tuqqan onaga gʻamdir.
26Solihni jazolash,
amaldorni odilligi uchun koyish yaxshi emas.
27Kam gapirgan — dono,
ogʻir, vazmin odam idroklidir.
28Hatto ahmoq ham indamay oʻtirganda dono boʻlib koʻrinadi,
tilini tiyib turgan farosatli hisoblanadi.
Copyright information for UznUzbL