Proverbs 18
1Boshqalardan ajralgan oʻz istagini qondirishni xohlaydi,u hamma dono nasihatga qarshi chiqadi.
2Nodon aql–idrokni yoqtirmaydi,
faqat oʻzini koʻrsatadi.
3Fosiqlik dastidan sharmandalik keladi,
hurmatsizlik esa uyat keltiradi.
4Dono soʻzlar chuqur suvlarday tuganmasdir,
donolik bulogʻi oshib–toshgan irmoqdir.
5Fosiqning tarafini olish,
hukmda solihni ayblash yaxshi emas.
6Ahmoqning tili janjal chiqaradi,
soʻzlari esa kaltak keltiradi.
7Ahmoqning tili oʻziga halokat,
soʻzlari joniga tuzoqdir.
8Gʻiybatchining soʻzi shirin ovqat kabidir,
odamning butun aʼzoyi badaniga singib ketadi.
9Ishda dangasa boʻlgan odam buzgʻunchiga ogʻaynidir.
10Egamizning nomi mustahkam qalʼadir,
solih u yerga borib eson–omon boʻladi.
11Boyning boyligi qalʼasidir,
uning nazarida shaharning baland devori kabidir.
12Takabburlik halokatga olib boradi,
kamtarlik esa izzatu ikromga sazovor qiladi.
13Oxirigacha tinglamay javob bergan ahmoqdir,
u sharmanda boʻladi.
14Odamning ruhi kasallikka chiday oladi,
lekin tushkun ruhga kim toqat qila oladi?!
15Aqllining qalbi bilim oladi,
dono ilmu maʼrifatga intiladi.
16Sovgʻa egasiga hamma eshiklarni ochadi,
katta odam oldiga olib boradi.
17Birinchi gapirgan odam
boshqasi kelib tekshirmaguncha, haq koʻrinadi.
18Qurʼa ▼
▼ Qurʼa — 16:33 izohiga qarang.
janjalni toʻxtatadi,kuchli raqiblarni ham ajratadi.
19Xafa boʻlgan birodarga yaqinlashish
kuchli shaharni olishdan ham qiyin,
oʻrtadagi janjal qalʼaning qulfiga oʻxshaydi.
20Odamning qorni ogʻzining mahsuli bilan toʻyadi,
tilining samarasi bilan qoniqadi.
21Oʻlim ham, hayot ham tilning hukmidadir,
birisini sevgan mevasini yeydi.
22Xotin topgan baxt topib,
Egamizning marhamatiga sazovor boʻladi.
23Kambagʻal iltijo bilan gapiradi,
boy esa qoʻpol javob beradi.
24Shunday doʻst borki, u halokat keltiradi,
doʻst borki, u tugʻishgandan ham yaqinroqdir.
Copyright information for
UznUzbL