‏ Proverbs 23

Oltinchi nasihat

1Hokim bilan ovqatlanishga oʻtirganda,
oldingga qoʻyilgan narsalarga nazar sol.
2Agar ishtahang katta boʻlsa,
boʻgʻzingga pichoq tiralganday, oʻzingni nazorat qil.
3Uning neʼmatlarini koʻngling tusamasin,
chunki bu aldamchi taomdir.

Yettinchi nasihat

4Boy boʻlay deb koʻp harakat qilma,
fahmu farosat bilan bu fikringdan voz kech.
5Boylik koʻz ochib yumguncha yoʻq boʻladi,
qanot qoqib burgutday osmonga uchib ketadi.

Sakkizinchi nasihat

6Xasisning ovqatidan yema,
uning neʼmatlarini koʻngling tusamasin.
7Chunki u koʻnglida oʻzining foydasini hisoblaydi
Chunki…hisoblaydi… — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Chunki u oʻz koʻnglida qanday hisob–kitob qilsa, oʻzi ham shundaydir…. Oyatning bu qismidagi ibroniycha matnning maʼnosi bahsli.
,
“Yegin, ichgin”, — deydi–yu, koʻngli sen bilan emas.
8Yegan luqmangni qayt qilasan,
shirin soʻzlaring havoga uchib ketadi.

Toʻqqizinchi nasihat

9Ahmoqqa gap gapirma,
u hikmatli soʻzlaringni rad etadi.

Oʻninchi nasihat

10Qadimiy chegaralarni buzma
Qadimiy chegaralarni buzma… — 22:28 izohiga qarang.
,
yetimlarning dalasini tortib olma.
11Chunki ularning Himoyachisi qudratli,
U yetimlarning tarafini oladi.

Oʻn birinchi nasihat

12Yuragingni nasihatga,
quloqlaringni esa idrokka och.

Oʻn ikkinchi nasihat

13Boladan tanbehni ayama,
chunki tayoq bilan ursang oʻlmaydi.
14Tayoq bilan urib jazolasang,
jonini doʻzaxdan
doʻzax — 1:12 izohiga qarang.
saqlaysan.

Oʻn uchinchi nasihat

15Oʻgʻlim
Oʻgʻlim — 1:8 izohiga qarang.
, qalbingda donolik boʻlsa,
yuragim quvonadi.
16Tilingdan toʻgʻri soʻz chiqsa,
koʻnglim ham shodlanadi.

Oʻn toʻrtinchi nasihat

17Gunohkorlarga havas qilma,
doimo Egamizdan qoʻrqib
…Egamizdan qoʻrqib… — 1:7 ning birinchi izohiga qarang.
yur.
18Chunki albatta kelajak bor,
umiding roʻyobga chiqadi.

Oʻn beshinchi nasihat

19Oʻgʻlim, tinglab dono boʻl,
yuragingni toʻgʻri yoʻlga sol.
20Mayxoʻr va ochkoʻzlik bilan goʻsht yeydiganlar orasida boʻlma.
21Chunki mayxoʻr va ochkoʻz qashshoq boʻladi,
uyquchilik juldur kiyim kiydiradi.

Oʻn oltinchi nasihat

22Seni dunyoga keltirgan otangga quloq sol,
onang qariganda uni xor qilma.
23Haqiqatni sotib ol,
donolik, yoʻl–yoʻriq, idrok ham ol, ularni sotma.
24Solih otasining boshini koʻkka yetkazadi,
dono farzand
farzand — ibroniycha matnda oʻgʻil.
uni xursand qiladi.
25Ota–onang sendan xursand boʻlsin,
senga hayot bergan onang shod boʻlsin.

Oʻn yettinchi nasihat

26Oʻgʻlim, menga qalbingni och,
koʻzlaring ishlarimni kuzatsin.
27Chunki buzuq xotin — tubsiz choh,
zinokor xotin tor quduqdir.
28U qaroqchi kabi poylab turadi,
odamlar orasida vafosizlikni orttiradi.

Oʻn sakkizinchi nasihat

29Qaygʻu kimda, kim gʻam–tashvish tortadi?
Kim janjal qiladi, shikoyat qilgan kim?
Kim sababsiz yaralanadi?
Kimning koʻzlari qip–qizil?
30Sharob ichishga berilganlar,
xushboʻy mayni totib koʻrishga koʻp borganlar.
31Sharobning qizilligiga,
qadahda choʻgʻday tovlanishiga,
tekis quyilishiga qarama.
32Oxirida u ilon kabi chaqadi,
qora ilonday zahar sochadi.
33Koʻzlaring gʻalati narsalarni koʻradi,
yuragingda egri fikrlar boʻladi.
34Koʻpirgan dengiz oʻrtasida yotganday,
toʻlqinlarda chayqalgan kemada uxlaganday boʻlasan.
35“Meni urdilar, ogʻrimadi,
kaltakladilar, lekin bilmadim.
Qachon uygʻonaman?
Yana bir ichay”, — deysan.
Copyright information for UznUzbL