‏ Proverbs 25

Hizqiyo tomonidan toʻplangan Sulaymon hikmatlari

(25:1-29:27)

1Quyidagilar ham Sulaymonning hikmatlaridir. Bu hikmatlar Yahudo shohi Hizqiyoning
Yahudo shohi Hizqiyo — shoh Hizqiyo miloddan oldingi 716-687 yillarda Yahudoda, yaʼni janubiy shohlikda hukmronlik qilgan. Isroilni, yaʼni shimoliy shohlikni Ossuriya bosib olgandan keyin Yahudoda hukmronlik qilgan birinchi shoh Hizqiyo edi. U hukmronlik qilgan paytda Yahudoda katta ruhiy uygʻonish boʻlgan edi.
odamlari tomonidan yozib olingan.

2Ishlarni sirli qilish — Xudoning shuhrati
Ishlarni sirli qilish — Xudoning shuhrati… — inson Xudoning ishlarini tasavvuriga sigʻdira olmaydi. Darhaqiqat, inson zoti hamma yaratilgan narsalar ustidan Xudoning hukmronligini va nazoratini anglab yetishga ojizdir. Bu — Xudoning buyukligini va ulugʻvorligini koʻrsatadi. Yaxshi shoh esa barcha ishlarni tekshirib, ularni qoʻl ostidagilarga va xalqiga maʼlum qiladi. Bunday shoh Xudoning xizmatkori sifatida dono va adolatli hukmdor boʻlish uchun, Xudoning xohish–irodasini bilishga harakat qiladi.
,
ishlarni tekshirib bilish esa shoh sharafidir.
3Osmon baland, dengiz chuqur,
shohning yuragi ham shunday,
uni tushunish qiyin.
4Kumushdan chiqindini olib tashla,
oʻshanda undan yaxshi idish yasaladi.
5Fosiqni shoh oldidan chiqarib tashla,
shunda shohning taxti haqiqat bilan mustahkam boʻladi.
6Shohning oldida oʻzingni yuqori qoʻyma,
ulugʻ odamlar turganda toʻrga chiqma.
7Chunki oʻzing koʻrib turgan asilzodalar oldida
birov seni poygakka tushirgandan koʻra,
“Toʻrga oʻting” degani yaxshiroq.

8Shoshilib arz qilma,
oxirida qoʻshnilarning oldida uyalib qolsang nima boʻladi?
9Qoʻshningning oʻzi bilan gaplash,
sirni boshqalarga ochma.
10Boʻlmasa, eshitganlar seni uyatga qoʻyadi,
noming bir umrga yomon boʻladi.

11Oʻz oʻrnida aytilgan soʻz tilla uzukka qoʻyilgan yoqut koʻzdaydir.
12Dononing tanbehi tinglagan quloqqa
tilla sirgʻa va oltin bezakdaydir.
13Sadoqatli xabarchi uni yuborganlarga
jazirama oʻrim paytidagi salqin suvdaydir,
xoʻjayinining qalbini sevintiradi.
14Qilmagan sovgʻasi bilan maqtanadigan odam
yomgʻirsiz bulut va shamol kabidir.
15Sabr–toqat bilan gapirilsa amaldor ham koʻnadi,
muloyim soʻz toshni ham sindiradi.
16Asal topsang, yetarlicha yegin,
ortiqchasi qayt qildiradi.
17Qoʻshningnikiga hadeb kiraverma,
boʻlmasa sendan bezib, yomon koʻrib qoladi.
18Oʻzgaga qarshi soxta guvohlik bergan odam
bolta, qilich, oʻtkir oʻqqa oʻxshaydi.
19Tashvishli kunda vafosizga suyanish
singan tish va choʻloq oyoqqa ishonish kabidir.
20Gʻamgin odam oldida qoʻshiq aytish
ayozda ust–boshini yechib tashlaganday, jarohatga sirka surtish kabidir.
21Dushmaning och boʻlsa, ovqat ber,
chanqagan boʻlsa, suv ichir.
22Shunda uning boshiga yonayotgan choʻgʻ yiqqanday boʻlasan,
Egamiz esa seni taqdirlaydi.
23Shimoldan esadigan shamol jala,
gʻiybat esa gʻazab keltiradi.
24Urishqoq xotin bilan keng uyda yashagandan koʻra,
loy tomning bir chetida yashagan yaxshiroq.
25Uzoq yurtdan kelgan xushxabar
charchagan odamga sovuq suv kabidir.
26Fosiqqa bosh eggan solih
loyqalangan buloq va buzilgan quduqdaydir.
27Koʻp asal yeyish yaxshi emas,
izzattalab boʻlish ham hurmat keltirmaydi.
28Oʻzini tuta olmaydigan odam
devorsiz vayrona shahar kabidir.
Copyright information for UznUzbL