Proverbs 26
1Aqlsizga izzat–hurmat koʻrsatishyozda yoqqan qor, yigʻim–terim paytidagi yomgʻir kabidir.
2Qushlar bekorga osmonga koʻtarilmaganday,
sababsiz laʼnat ham odamga tegmaydi.
3Otga — qamchi, eshakka — suvluq,
aqlsizning orqasiga esa — tayoq.
4Nodonning nodon savollariga javob berma,
boʻlmasa sen ham unga oʻxshab qolasan.
5Nodonning gaplari bemaʼniligini oshkor qil,
tagʻin oʻzicha dono boʻlib ketmasin.
6Aqlsiz orqali xabar yuborgan odam
oyogʻini kesib tashlaganday azob chekadi.
7Ahmoqning ogʻzidagi matal choʻloq oyoqdaydir.
8Aqlsizga izzat–hurmat koʻrsatish
palaxmonga tosh bogʻlab qoʻyish kabidir.
9Nodonning tilidagi matal
mastning qoʻlidagi tikandaydir.
10Ahmoqni va yoʻldan oʻtgan har bir mastni yollagan odam
duch kelganni otadigan kamonkashga oʻxshaydi.
11Oʻz qusugʻiga qaytib keladigan it kabi,
nodon ham oʻz aqlsizligini takrorlaydi.
12Oʻzini dono deb oʻylaganni koʻrganmisan?
Undan koʻra, aqlsizdan umid koʻproq.
13Dangasa: “Koʻchada sher bor,
u ochiq maydonda yuribdi”, — deydi.
14Eshik oʻz oʻqida aylanadi,
tanbal esa oʻz toʻshagida.
15Dangasa qoʻlini kosaga choʻzadi–yu,
ogʻziga olib kelishga erinadi.
16Tanbal oʻz nazarida
farosat bilan gapiradigan yetti kishidan ham donoroq.
17Boshqalarning janjaliga aralashgan
daydi itning qulogʻidan choʻzgandaydir.
18Telba oʻt, nayza va oʻlim yogʻdiradi.
19Birovni aldab: “Faqat hazillashgan edim” degan ham shundaydir.
20Oʻtin boʻlmasa, oʻt oʻchib qoladi,
chaqimchi boʻlmasa, janjal toʻxtaydi.
21Koʻmir — choʻgʻ uchun, oʻtin — olov uchun,
urishqoq esa janjal chiqarish uchundir.
22Gʻiybatchining soʻzi shirin ovqat kabidir,
odamning butun aʼzoyi badaniga singib ketadi.
23Shirin soʻzli niyati yomon odam
kumush suvi yuritilgan ▼
▼ kumush suvi yuritilgan — yoki tozalanmagan kumush yuritilgan yoxud sirlangan.
sopol idish kabidir.24Dushman tilida boshqacha soʻzlaydi,
dilida esa aldashni niyat qiladi.
25U yumshoq soʻzlaganda ishonma,
chunki yuragi qabihlikka toʻla.
26Nafrat yolgʻon bilan yashirilgan boʻlsa ham,
yomonligi el–yurtga oshkor boʻladi.
27Birovga chuqur qaziganning oʻzi unga tushadi,
tosh dumalatganga esa oʻsha tosh qaytadi.
28Yolgʻonchi til oʻzi yaralagan odamni yomon koʻradi,
xushomadgoʻy halokat keltiradi.
Copyright information for
UznUzbL