Proverbs 27
1Ertangi kun bilan maqtanma,uning nima olib kelishini bilmaysan–ku!
2Seni oʻzing emas, boshqalar,
oʻz ogʻzing emas, oʻzgalar maqtasin.
3Tosh ham, qum ham ogʻir,
aqlsizning gʻazabi esa ikkovidan ham ogʻirroq.
4Jahl — zolim, gʻazab bir toshqindir,
rashk oldida kim bardosh bera oladi?!
5Oshkora tanbeh pinhona mehrdan yaxshiroq.
6Dushmanning shirin soʻzi emas,
doʻstning kaltaklashi sadoqatni koʻrsatadi.
7Toʻq odam asalni ham oyoq osti qiladi,
ochga esa achchiq narsa ham shirin.
8Oʻz uyini tashlab ketgan odam
inidan ayrilgan qushga oʻxshaydi.
9Xushboʻy moy va muattar atir koʻngilni shod qiladi,
doʻstning samimiy maslahati quvonch keltiradi.
10Oʻz doʻstingni va otangning doʻstini tashlab ketma,
ogʻir kunda akangnikiga chopma,
yaqin qoʻshni uzoqdagi akadan yaxshiroq.
11Ey oʻgʻlim ▼
▼ oʻgʻlim — 1:8 izohiga qarang.
, dono boʻl, qalbimni quvontir,shunda birov meni tanqid qilsa ham,
javob qaytara olaman.
12Es–hushli odam xavf–xatarni koʻrib yashirinadi,
sodda ▼
▼ sodda — 1:4 izohiga qarang.
esa toʻxtamasdan boraveradi, shuning uchun qiynaladi.13Begonaga kafillik qilganning ▼
▼ Begonaga kafillik qilganning… — 6:1 ning ikkinchi izohiga qarang.
toʻnini yechib ol,ha, bunday aqlsiz odamdan kiyimini garov qilib ol.
14Tong–saharlab doʻstiga hamdu sano aytgan odam
unga laʼnat oʻqigan boʻladi.
15Janjalkash xotin
yomgʻirli kunda toʻxtamay tomayotgan chakkaga oʻxshaydi.
16Uni boshqarish shamolni boshqarish
yoki oʻng qoʻl bilan moyni ushlash demakdir.
17Temir temirni oʻtkirlaydi, inson esa doʻstini.
18Anjirni parvarish qilgan odam
uning mevasidan bahramand boʻladi,
sohibiga yaxshi qaragan izzat–hurmatga ega boʻladi.
19Suv insonning yuzini aks ettirgani kabi,
yuragi ham uning koʻzgusidir.
20Oʻlim va Halokat ▼
▼ Oʻlim va Halokat — ibroniycha matnda Sheoʻl va Abaddoʻn. 15:11 ning izohlariga qarang.
hech toʻymaganiday,insonning koʻzi ham aslo toʻymaydi.
21Kumush, oltin olovda sinaladi,
odam esa maqtovda.
22Ahmoqni keliga solib don bilan birga yanchsang ham,
ahmoqligi undan ajralmaydi.
23Qoʻylaringning ahvolini yaxshi bil,
podalaringga yaxshi qara.
24Chunki boylik ham, toj ham abadiy emas.
25Oʻtlar qurib, yangi koʻkatlar oʻsib chiqqanda,
qir–adirdagi oʻt–oʻlanlar yigʻib olinganda,
26qoʻzilar kiyim–kechagingni,
echkilar esa dala bahosini qoplaydi.
27Echkilarning suti koʻp,
senga ham, uy ahlingga ham,
hatto xizmatkorlaringga ham yetarli boʻladi.
Copyright information for
UznUzbL