‏ Proverbs 29

1Tanbeh olsa ham oʻjarligicha qoladigan odam
birdaniga halokatga uchraydi, shifo topmaydi.
2Solihlar koʻpayganda xalq sevinadi,
fosiq hukmron boʻlganda esa figʻon chekadi.
3Donolikni sevgan oʻgʻil otasini sevintiradi,
fohisha bilan aloqada boʻlgan mol–mulkini sovuradi.
4Shoh yurtni adolat bilan mustahkamlaydi,
sovgʻani sevadigan esa xarob qiladi.
5Doʻstiga xushomad qilgan odam
oʻz
oʻz — yoki uning.
oyoqlariga tuzoq qoʻyganday boʻladi.
6Fosiqning gunohi qopqon,
solih esa qoʻshiq aytib quvonadi.
7Solih ojizning haq–huquqini biladi,
fosiqda esa bunday tushuncha ham yoʻq.
8Mazax qiluvchilar shaharda toʻpolon qiladi,
donolar esa gʻazabni tinchlantiradi.
9Dono ahmoqni sudlashgani mahkamaga olib borsa,
ahmoq janjal qiladi, haqoratlaydi.
Dono esa halovatga erishmaydi.
10Qonxoʻr odam pokdil insondan nafratlanadi,
toʻgʻrining jonini olmoqchi boʻladi
…toʻgʻrining jonini olmoqchi boʻladi — yoki …ammo toʻgʻri odam uning jonini qutqarishni istaydi.
.
11Nodon bor jahlini toʻkib soladi,
dono esa ichida saqlaydi.
12Hukmdor yolgʻonga quloq solsa,
barcha xizmatkorlari fosiq boʻladi.
13Zolim bilan ojizning bir oʻxshashligi bor:
ikkoviga ham Egamiz koʻz nuri bergan.
14Shoh kambagʻalni adolat bilan hukm qilsa,
uning taxti abadiy mustahkam turadi.
15Qamchi va nasihat aql kiritadi,
oʻz holiga tashlab qoʻyilgan bola esa
onasiga uyat keltiradi.
16Fosiq koʻpayganda gunoh ham koʻpayadi,
solih esa fosiqning halokatini koʻradi.
17Farzandingga
Farzand — ibroniycha matnda Oʻgʻil.
tarbiya ber:
u senga orom keltiradi,
qalbingni shodlikka toʻldiradi.
18Vahiy boʻlmasa el–yurt yoʻldan ozadi,
Xudoning qonuniga amal qilgan baxtlidir!
19Qul faqat soʻz bilan tarbiyalanmaydi,
soʻzni tushunsa ham amal qilmaydi.
20Oʻylamay gapiradiganni koʻrganmisan?!
Undan koʻra, nodondan umid koʻproq.
21Qulni yoshligidan erkalatib oʻstirsa,
oqibatda xoʻjayiniga qaygʻu boʻladi
…oqibatda xoʻjayiniga qaygʻu boʻladi — yoki …oxirida u oʻgʻil boʻlishni xohlab qoladi.
.
22Serjahl odam janjal chiqaradi,
serzarda koʻp gunoh qiladi.
23Odamning magʻrurligi uni past qiladi,
kamtarin esa izzat–hurmat topadi.
24Oʻgʻriga sherik boʻlgan oʻz jonini yomon koʻradi,
u tanbeh eshitsa ham churq etmaydi.
25Odamdan qoʻrqish tuzoqqa ilintiradi,
Egamizga umid bogʻlagan esa
xavf–xatardan xoli boʻladi.
26Hukmdor marhamatini qidirgan koʻp,
lekin insonni hukm qiladigan Egamizdir.
27Fosiq solihga jirkanch,
toʻgʻri yuradigan esa fosiqqa jirkanchdir.
Copyright information for UznUzbL