Proverbs 3
Yoshlarga nasihat
1Oʻgʻlim ▼▼ Oʻgʻlim — 1:8 izohiga qarang.
, soʻzlarimni unutma,amrlarimni yuragingda saqla.
2Ular umringga umr qoʻshadi,
hayoting tinch boʻladi.
3Sevgi va sadoqatni aslo tark etma.
Boʻyningga marjon qilib taqib ol,
yuraging qaʼriga yozib qoʻy.
4Shunda Xudoning ham, odamlarning ham mehrini qozonasan,
ulardan izzat–hurmat topasan.
5Oʻz aql–idrokingga suyanma,
butun qalbing bilan Egamizga ishon.
6Har ishingda Egamizni eʼtirof et,
shunda U yoʻllaringni toʻgʻrilaydi ▼
▼ …U yoʻllaringni toʻgʻrilaydi — yoki …U soʻqmoqlaringni idora qiladi.
.7Oʻzingni dono hisoblama.
Egamizdan qoʻrq ▼
▼ …Egamizdan qoʻrq — 1:7 ning birinchi izohiga qarang.
.Yomonlikdan yuz oʻgirgin.
8Shunday qilsang jisming sogʻ,
joning ham omon boʻladi.
9Oʻz boyliging,
birinchi hosiling bilan Egamizni ulugʻla.
10Shunda omboring toʻlib–toshadi,
yangi sharobing yetib ortadi.
11Oʻgʻlim, Egamizning tarbiyasini rad qilmagin,
Uning tanbehidan ruhing tushmasin.
12Ota yaxshi koʻrgan farzandini ▼
▼ farzand — ibroniycha matnda oʻgʻil.
jazolagandek,Egamiz ham yaxshi koʻrgan bandasini jazolaydi ▼
▼ Ota…jazolaydi — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha tarjimada Egamiz sevganiga tanbeh beradi, suygan oʻgʻlini jazolaydi.
.13Donolikka erishgan,
aql–idrok topgan qanday baxtlidir!
14Chunki uning bahosi kumushdan,
foydasi oltindan ham afzalroqdir.
15U javohirlardan ham azizdir,
sen tilagan biror narsa Unga teng kelmaydi.
16Uning oʻng qoʻlida uzoq umr,
chap qoʻlida esa boylik va shon–shuhrat bor.
17Yoʻli — shodlik yoʻli,
barcha soʻqmoqlari tinchdir.
18Donolikni quchganlar uchun u hayot daraxti kabidir,
uni mahkam tutganlar baxtlidir.
19Egamiz donolik bilan yerni yaratdi,
aql–idroki bilan osmonni oʻz oʻrniga joylashtirdi.
20Uning aqli bilan chuqurliklar boʻlingan,
bulutlardan shudring tushgan.
21Oʻgʻlim, donolik va fahm–farosatni mahkam ushla,
nazaringdan qochirmagin.
22Oʻshanda ular joningga hayot baxsh etadi,
boʻyningga bezakday boʻladi.
23Yoʻlingda eson–omon yurasan,
oyogʻing qoqilmaydi.
24Bexavotir yotasan,
uyqung shirin boʻladi.
25Bexosdan keladigan ofatdan qoʻrqma.
Yovuz odam hujum qilganda ham qoʻrqma.
26Chunki Egamiz yoningda boʻladi,
seni qoqilishdan asraydi.
27Yaxshilik qilish qoʻlingdan kelsa,
muhtojlardan yordamingni ayama.
28Oʻzingda bor boʻlsa,
qoʻshningga “kechroq kel”, “ertaga beraman”, deb aytma.
29Senga ishonib, yoningda tinchgina yashayotgan
qoʻshningga qarshi yomon niyat qilma.
30Senga yomonlik qilmagan odam bilan sababsiz urishma.
31Zoʻravonga hasad qilma,
u qiladigan ishlarni qilma.
32Chunki Egamizga yovuzlar jirkanchdir,
U toʻgʻri odamga hamroh boʻladi.
33Fosiqning uyi Egamizning laʼnatiga,
solihning uyi esa qut–barakaga toʻladi.
34U mazax qiluvchilarni mazax qiladi,
kamtarlarga esa inoyat koʻrsatadi.
35Donolar shon–shuhratga erishadilar,
nodonlar esa sharmandalikka duchor boʻladilar.
Copyright information for
UznUzbL