Proverbs 30
Agʻurning soʻzlari
(30:1-33)
1Yoxining oʻgʻli Agʻurning Ixtiyolga bergan, Itel va Uxalga aytgan soʻzlari ▼▼ Yoxining oʻgʻli Agʻurning…aytgan soʻzlari… — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha tarjimada Yoxining oʻgʻli Agʻurning soʻzlari: “Toliqqanman, ey Xudoyim, toliqqanman, bemajolman…. Ibroniy qoʻlyozmalarida unlilar ishlatilmagani bois, bu oyatdagi gapning undoshlari bilan qaysi unlilar oʻqilgani va soʻzlar boʻgʻinlarga qanday boʻlingani aniq emas edi. Shu sababdan yunoncha tarjima ibroniychadan farq qiladi.
: 2“Rostdan ham odamlar orasida eng aqlsizi ekanman,insonning aql–idroki menda yoʻq.
3Na donolikni oʻrganibman,
na Muqaddas Xudoni bilibman.
4Kim osmonga koʻtarilgan, osmondan tushgan?
Shamolni hovuchlariga yiqqan kim?
Kim suvni oʻz kiyimiga oʻragan?
Yerning barcha chegaralarini oʻrnatgan kim?
Uning ismi nima?
Oʻgʻlining ismi–chi?
Bilasan–ku!
5Xudoning har bir soʻzi haqiqatdir,
Oʻzi esa Unga umid bogʻlaganning qalqoni.
6Uning soʻzlariga qoʻshma,
U jazolasa, yolgʻoning fosh etilsa nima qilasan?
7Sendan ikki narsani soʻrayman,
oʻlmasimdan oldin qilgin.
8Soxtalik va yolgʻonni mendan uzoqlashtir,
menga qashshoqlik ham, boylik ham emas,
faqat nasibamni bergin.
9Qornim toʻyganda: «Egam kim oʻzi?» deb aytmayin,
kambagʻallikdan oʻgʻrilik qilib, Uni badnom qilmayin.
10Qul seni laʼnatlamasligi uchun uni egasiga yomonlama,
boʻlmasa jazolanasan.
11Shunday nasl borki, otasiga laʼnat oʻqiydi,
onasini duo qilmaydi.
12Shunday nasl borki, oʻzining nazarida pok,
lekin iflosligidan tozalanmagan.
13Shunday nasl bor, koʻzlari qanchalik takabbur,
qarashlari ham magʻrur.
14Shunday nasl borki, tishlari — qilich,
qoziq tishlari esa pichoq,
yer yuzidan kambagʻalni,
odamlar orasidan muhtojni yoʻqotadi.
15Zulukning ikki qizi bor:
«Ber, ber!» — deb aytadi.
Hech qachon qoniqmaydigan uch narsa,
yetarli, demaydigan toʻrt narsa bor.
16Doʻzax ▼
▼ Doʻzax — 1:12 izohiga qarang.
, bepusht bachadon,suvsiragan tuproq hamda olov, yetarli, demaydi.
17Otani mazaxlaydiganning,
onaga boʻysunishni rad etadiganning koʻzlarini
quzgʻunlar choʻqiydi,
kalxat bolalari yeydi.
18Meni hayron qoldiradigan uch narsa bor,
toʻrt narsa borki, aqlimga sigʻmaydi:
19havodagi burgutning yoʻli,
tosh ustidagi ilonning yoʻli,
dengiz oʻrtasidagi kemaning yoʻli hamda
qizga yuradigan erkaklarning yoʻli.
20Zinokor ayolning yoʻli ham shundaydir:
u yeb boʻlgach, ogʻzini artib:
«Hech bir egrilik qilmadim–ku!» deydi.
21Yer uch narsadan larzaga keladi,
toʻrt narsani koʻtara olmaydi:
22qul shohlik qilganda,
ahmoq toʻyganda,
23shallaqi ayol erga tekkanda,
choʻri bekasining oʻrnini olganda.
24Yer yuzida toʻrtta kichkina narsa bor,
lekin oʻta dono:
25chumolilar zaif,
lekin yeguligini yozda tayyorlaydi.
26Boʻrsiq kamquvvat,
lekin inini qoyaga quradi.
27Chigirtkalarning ▼
▼ chigirtkalar — baʼzan toʻda–toʻda boʻlib kelib, dalalardagi hosilga katta zarar yetkazadigan hasharot.
sardori yoʻq,lekin barchasi hamjihat yurish qiladi.
28Oʻrgimchakni ▼
▼ Oʻrgimchak — yoki kaltakesak.
qoʻl bilan ushlasa boʻladi,lekin saroyda ham yuradi.
29Yurishi salobatli uch narsa,
qadami ulugʻvor toʻrt narsa bor:
30sher hayvonlar ichida eng kuchlisi,
hech nimadan qochmaydi.
31Maqtanib yuradigan xoʻroz ▼
▼ Maqtanib yuradigan xoʻroz… — qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan. Ibroniycha matndagi gapning maʼnosi bahsli.
,serka va gʻolib shoh ▼
▼ gʻolib shoh — yoki oʻz xalqini boshlab borayotgan shoh yoxud oʻz lashkarini boshlab boradigan shoh.
.32Agar ahmoqlik qilib oʻzingni maqtagan boʻlsang,
birovga yomonlik qilaman, deb aytgan boʻlsang,
ovozingni oʻchir, ogʻzingni yop!
Chunki kuv ▼
▼ kuv — sutni chayqatib yogʻini olish uchun ishlatiladigan uzun yogʻoch idish va yoʻgʻon sop.
pishsa yogʻ chiqadi,burunga ursa qonaydi,
jahlni qoʻzgʻatsa janjal chiqadi.”
33
Shohga maslahat
(31:1-9)
Copyright information for
UznUzbL