‏ Proverbs 31

1Shoh Lemulning soʻzlari. Bu soʻzlarni unga onasi oʻrgatgan:

2“Oʻgʻlim, nima desam ekan?
Nima deyin, ey jigarbandim?
Xudodan tilab olgan oʻgʻlim, senga ne aytay?
3Quvvatingni xotinlarga berma,
shohni buzadiganlarga hayotingni sarf qilma.
4Ey Lemul, shohlar uchun emas sharob,
may amaldorlar uchun emas!
5Ular ichib qonunni unutadi,
ezilgan xalqni hukm etishda egrilik qiladi.
6Mayni halok boʻlayotganga,
sharobni qaygʻu chekkanga bergin.
7Ular ichib kambagʻalligini unutsin,
falokatlarini eslamasin.
8Ogʻzingni gung uchun ochgin,
boshiga kulfat tushganlarning tarafini olgin.
9Gapir, adolat bilan hukm qil,
bechora va kambagʻallarni himoya qil.”

Farosatli xotin

(31:10-31)

10
10-31–oyatlar ibroniychada muvashshah usulida yozilgan sheʼrdir. Bu sheʼrning har bir oyatidagi birinchi soʻz ibroniy alifbesi tartibi boʻyicha boshlanadi.
Farosatli xotinni kim topa oladi?
Uning bahosi gavhardan ham baland.
11Eri unga yurakdan ishonadi,
hech narsaga muhtoj boʻlmaydi.
12U eriga yomonlik emas,
bir umr yaxshilik qiladi.
13Jun va surp topadi,
xursand boʻlib oʻz qoʻli bilan ishlaydi.
14Savdo kemalari kabi uzoqdan nonini keltiradi.
15Qorongʻida oʻrnidan turib,
uy ahlini ovqatlantiradi,
xizmatkorlariga topshiriq
topshiriq — yoki taom ulushi.
beradi.
16Niyat qilib, dala sotib oladi,
oʻz qoʻli bilan uzumzor yaratadi.
17Belini mahkam bogʻlab,
qoʻllariga quvvat beradi.
18Qilgan ishining rohatini koʻradi,
tunlari ham chirogʻi oʻchmaydi.
19Qoʻlini charxga qoʻyadi,
barmoqlari ip yigiradi.
20Kambagʻallarga qoʻlini uzatadi,
muhtojlarga rahm qiladi.
21Uy ahli uchun qish–qirovdan qoʻrqmaydi,
chunki ular hammasi qalin kiyintirilgan.
22Oʻzi uchun soʻzana tikadi,
libosi kimxob va shoyidandir.
23Eri yurt oqsoqollari orasida oʻtiradi,
shahar darvozasida
…shahar darvozasida… — 1:21 izohiga qarang.
tanilgan.
24Yana shoyidan kiyim tikib sotadi,
savdogarlarga belbogʻ yetkazib beradi.
25Libosi — quvvat, sharaf,
u kelajakka qarab quvonadi.
26Donolik bilan soʻzlaydi,
mehr bilan nasihat qiladi.
27Uy ahliga yaxshi qaraydi,
dangasalik qilmaydi.
28Bolalari turib uni duo qiladi,
eri ham maqtaydi:
29“Farosatli ayollar koʻp,
ammo sen hammasidan aʼlosan.”
30Joziba aldamchi, chiroy esa oʻtkinchidir,
ammo Egamizdan qoʻrqadigan ayol
Egamizdan qoʻrqadigan ayol — 1:7 ning birinchi izohiga qarang.
koʻkka koʻtariladi.
31Mehnatining mevasini koʻrsin,
ishlari darvozalarda uni sharaflasin.
Copyright information for UznUzbL