Proverbs 7
1Oʻgʻlim ▼▼ Oʻgʻlim — 1:8 izohiga qarang.
, soʻzlarimni asra,amrlarimni dilingda saqla.
2Amrlarimni saqlab yasha,
taʼlimotimni koʻz qorachigʻingdek asra.
3Ularni barmogʻingga bogʻla,
yuraging qaʼriga yozib qoʻy.
4Donolikni singlim,
aql–idrokni qardoshim deb atagin.
5Ular seni zinokordan,
tilyogʻlama buzuq ayoldan asraydi.
Axloqi buzuq ayol
6Uyimdagi deraza panjarasi ortidan qaradim,7sodda ▼
▼ sodda — 1:4 izohiga qarang.
yoshlarning orasida,bir aqlsiz yigitni koʻrib qoldim.
8Yigit koʻchadan oʻtib,
zinokor ayolning uyi tomon ketayotgan edi.
9Oqshom. Kech.
Tun qorongʻi edi.
10Shunda fohishaga oʻxshab kiyingan,
makkor niyatli ayol uni kutib olgani chiqdi.
11U shallaqi, oʻjar, hech qachon uyida turmaydi.
12Bir qarasang koʻchada, bir qarasang maydonda,
yana bir qarasang har xil burchakda turgan boʻladi.
13U yigitni quchoqlab, oʻpib,
benomuslarcha shunday dedi:
14“Bugun qurbonlik keltirdim,
vaʼdalarimni bajardim ▼
▼ …qurbonlik keltirdim, vaʼdalarimni bajardim — vaʼdani bajarish maqsadida keltirilgan tinchlik qurbonligiga ishora. Tinchlik qurbonligining goʻshtini nazr qiluvchi tanovul qilgan. Ayol yosh yigitga: “Uyimga kel, qurbonlik goʻshtini men bilan birga baham koʻr”, deb shama qilyapti.
.15Shuning uchun seni kutib olishga chiqdim,
seni qidirib topdim.
16Toʻshagimni Misrdan keltirilgan rangli mato bilan bezadim.
17Mirra ▼
▼ mirra — maʼlum bir daraxtlarning qotgan yelimidan tayyorlangan xushboʻy modda.
, dolchin va aloedan boʻlgan xushboʻy atirlar sepdim.18Qani, yur, tongga qadar kuyov–kelinday rohat qilaylik,
huzur–halovat qilaylik.
19Erim hozir uyda emas,
uzoq safarga ketgan.
20Bir hamyon kumush tanga olib ketgan,
oy toʻlmaguncha qaytib kelmaydi.”
21Koʻp shirin soʻzlar va muloyim gaplar bilan
u yigitni yoʻldan urdi.
22Yigit oʻsha zahotiyoq, kushxonaga ketayotgan hoʻkizday,
tuzoqqa oyoq qoʻyayotgan kiyikday ▼
▼ …tuzoqqa oyoq qoʻyayotgan kiyikday… — qadimiy suryoniycha va yunoncha tarjimalardan. Oyatning bu qismidagi ibroniycha matnning maʼnosi bahsli.
uning orqasidan ergashdi.23U tuzoqqa kirayotgan qushday,
nayza jigariga tegmaguncha hayotini yoʻqotishini bilmaydi.
24Oʻgʻillarim, menga quloq solib,
soʻzlarimga eʼtibor beringlar.
25Yuragingiz oʻsha ayolning yoʻliga burilmasin,
uning soʻqmoqlarida adashmang.
26U koʻplarni halok qildi,
qurbonlari ham koʻp.
27Uning uyi oʻliklar diyoriga ▼
▼ oʻliklar diyori — 5:5 izohiga qarang.
yetaklovchi yoʻldir,oʻlimga olib boradi.
Copyright information for
UznUzbL