Proverbs 9
Donolik va ahmoqlik
1Donolik ▼▼ Donolik — 1:20 izohiga qarang.
uy qurdi,uyining yetti ustunini qoʻydi.
2Qurbonlik keltirdi,
sharob tayyorlab, dasturxon yozdi.
3Xizmatkorlarini shaharning eng baland joyiga yuborib,
ular orqali:
4“Kim sodda ▼
▼ sodda — 1:4 izohiga qarang.
boʻlsa, bu yoqqa kelsin”, — deb chaqirdi,aqlsizlarga shunday dedi:
5“Kelinglar, taomimdan yenglar.
Men tayyorlagan sharobdan ichinglar.
6Gʻaflatdan voz kechinglar, shunda yashaysizlar,
idrok yoʻlidan yuringlar.”
7Mazax qiluvchiga tanbeh bergan tahqirlanadi,
fosiqning xatosini aytgan haqoratlanadi.
8Mazax qiluvchiga tanbeh berma,
aks holda, u sendan nafratlanadi.
Donoga tanbeh ber, shunda u seni sevadi.
9Donoga oʻrgatsang, yanada donoroq boʻladi.
Solihni oʻqitsang, bilimini koʻpaytiradi.
10Egamizdan qoʻrqish ▼
▼ Egamizdan qoʻrqish — 1:7 ning birinchi izohiga qarang.
donolikning boshidir ▼▼ …boshidir — 1:7 ning ikkinchi izohiga qarang.
,Muqaddas Xudoni bilish idrokdir.
11Chunki donolik tufayli umringga umr qoʻshiladi.
12Dono boʻlsang oʻzingga foyda,
mazax qilsang oʻzing jabr tortasan.
13Ahmoq ayol shallaqi va farosatsizdir,
u hech narsani bilmaydi.
14Uyining eshigi oldida,
shaharning eng baland joyida oʻtirib,
15yoʻlida toʻgʻri yurgan,
yonidan oʻtib ketayotganlarni:
16“Kimki sodda boʻlsa, bu yoqqa kelsin”, — deb chaqiradi,
aqlsizlarga shunday deydi:
17“Oʻgʻirlangan suv shirindir,
berkitib yeyilgan non mazali.”
18Lekin u yerda arvohlar borligini,
uning mehmonlari oʻliklar diyorining ▼
▼ oʻliklar diyori — 5:5 izohiga qarang.
qaʼrida ekanligini bilmaydilar.
Copyright information for
UznUzbL