Proverbs 1
Sulaymonning hikmatlari
(1:1-9:18)
Hikmatlarning qadri
1Isroil shohi Dovud oʻgʻli Sulaymonning ▼▼ Sulaymon — 3 Shohlar 4:32 ga koʻra, Sulaymon 3000 matal yozgan.
hikmatlari. 2Bu hikmatlar donolik va nasihatni oʻrgatadi,hikmatli soʻzlarni tushuntiradi,
3aqlli koʻrsatmalarni,
toʻgʻrilik, adolat va odillikni ato qiladi,
4soddalarga ▼
▼ soddalar — Sulaymonning hikmatlari kitobida soddalar deb tarjima qilingan ibroniycha soʻz odatda har qanday yaxshi–yomon gapga ishonib ketaveradigan odamlarga nisbatan ishlatilgan.
idrok,yoshlarga bilim, fahmu farosat beradi.
5Donolar tinglab bilimini koʻpaytirsin,
idroklilar yoʻl–yoʻriq olsin.
6Bu hikmatlar — matallarni, jumboqlarni,
dononing soʻzlarini va topishmoqlarini tushunish uchundir.
7Egamizdan qoʻrqish ▼
▼ Egamizdan qoʻrqish — Sulaymonning hikmatlari kitobida bu ibora Egamizni sevish va Unga ishonish maʼnosini bildiradi. Xudodan qoʻrqadigan odam Unga sajda qiladi, ishonadi, Uning amrlariga itoat etadi.
ilmu maʼrifatning boshidir ▼▼ boshidir — yaʼni negizidir yoki asosidir yoxud oʻta ahamiyatli va muhim qismidir.
.Donolik va nasihatdan nafratlangan esa nodondir ▼
▼ nodon — Sulaymonning hikmatlari kitobida, shuningdek, Eski Ahdda, nodon yoki ahmoq deb tarjima qilingan ibroniycha soʻzlar axloqsiz odamlarni bildiradi. Bunday odamlar Xudoni sevmaydilar va Unga ishonmaydilar. Ularda solih yashashga undaydigan donolik yoʻq, shuning uchun ular halokatu oʻlimga yetaklaydigan qarorlar chiqaradi (shu bobning 20-33–oyatlariga qarang).
.Yoshlarga nasihat
8Oʻgʻlim ▼▼ Oʻgʻlim — bu, muallif oʻz oʻgʻliga murojaat qilyapti, degani emas. Odatda donishmand muallim oʻz talabasiga shunday murojaat qilardi.
, otang nasihatlariga quloq sol,onang oʻgitlarini rad etma,
9chunki ular boshingga goʻzal gulchambar,
boʻyningga marjondaydir.
10Oʻgʻlim, agar gunohkorlar seni yoʻldan urmoqchi boʻlsa,
boʻyin berma.
11Agar ular: “Kel, bizga qoʻshil, pistirma qoʻyib qon toʻkaylik,
aybsizning yoʻlini vajsiz toʻsaylik,
12doʻzaxga ▼
▼ doʻzax — ibroniycha matnda Sheoʻl, boshqa joylarda oʻliklar diyori deb tarjima qilingan. Qadimda Isroil xalqi Sheoʻlni yer ostidagi tubsiz chuqurlik, marhumlar boradigan qorongʻi joy deb tushunardi.
oʻxshab uni tiriklayin oʻz qaʼrimizga tortaylik,chuqur kabi butunlayin yutib yuboraylik,
13har xil boyliklarni tortib olib,
uyimizni oʻlja bilan toʻldiraylik,
14hamma narsa oʻrtada boʻlsin,
hamyonimiz bitta boʻlsin”, deb aytsalar,
15oʻgʻlim, ularga hamroh boʻlma,
yoʻliga bir qadam ham bosma.
16Chunki ular qon toʻkishga tayyordirlar,
oyoqlari yovuzlikka shoshiladi.
17Qushni toʻr bilan tutib boʻlmaydi,
toʻrni koʻrgan qush pir etib uchib ketadi.
18Yovuzlar esa oʻz qismatini koʻra olmaydilar,
boshqalarning jonini poylayman deb,
oʻz joniga zomin boʻlganini bilmaydilar.
19Ochkoʻzlik bilan tortib oladiganlarning ahvoli shu!
Ular oʻz hayotiga zomin boʻladi.
Donolik oʻziga chorlaydi
20Donolik ▼▼ Donolik — “Sulaymonning hikmatlari” kitobida “donolik” baʼzan ayol obrazida gavdalantirilgan. Donolik ahmoqlikka zid qoʻyilgan, baʼzan ahmoqlik ham ayol sifatida gavdalantirilgan (9:13 ga qarang). 3:19, 8:22-31 oyatlarda yozilishi boʻyicha Xudo dunyoni donolik bilan yaratgan.
koʻchada chaqiradi.Maydonda baland ovoz bilan hayqiradi.
21Gavjum koʻchaning boshida,
shahar darvozalarida ▼
▼ …shahar darvozalarida… — qadimgi paytlarda odamlar savdo–sotiq, ijtimoiy va huquqiy masalalarni hal qilish uchun shahar darvozasi oldida yigʻilishardi.
jar soladi.22“Ey nodonlar, qachongacha nodon boʻlib yuraverasiz?!
Siz–chi, mazax qiluvchilar, qachongacha mazax qilishdan zavqlanasiz?!
Aqlsizlar, qachongacha ilm–maʼrifatdan nafratlanasiz?!
23Pand–nasihatlarimga quloq solinglar.
Mana, sizlarga ruhimni beraman.
Soʻzlarimni ochaman.
24Lekin sizlarni chaqirganimda rad etdingiz,
qoʻllarimni uzatganimda, eʼtibor bermadingiz.
25Maslahat, pand–nasihatlarimning
hech birini qabul qilmadingiz.
26Shuning uchun boshingizga falokat kelganda, men ham kulaman.
Vahimaga tushganingizda, mazax qilaman.
27Vahima boʻronday, falokat esa toʻfonday kelganda,
kulfatu mashaqqatlar boshga tushganda,
28ular meni chaqiradilar, lekin javob bermayman.
Ular meni qidiradilar, izlaydilar, lekin topolmaydilar.
29Chunki ular ilm–maʼrifatdan nafratlandilar,
Egamizdan qoʻrqishni rad etdilar.
30Maslahatlarimni, oʻgitlarimni qabul qilmadilar.
31Shuning uchun oʻz qilmishlarining mevasini yeb,
pushaymon boʻlib qoladilar.
32Nodonlar yoʻldan adashib oʻz joniga oʻzlari zomin boʻladi,
aqlsizlarning begʻamligi oʻzlarini halok qiladi.
33Lekin menga quloq solganlar osoyishta hayot kechiradi,
yomonlikning vahimasidan xalos boʻladi.”
Copyright information for
UznUzbL