Proverbs 10
Sulaymon hikmatlarining toʻplami
(10:1-22:16)
1Sulaymonning hikmatlari.Dono farzand otaga shodlik keltiradi,nodon farzand ▼
▼ …farzand…farzand… — ibroniycha matnda …oʻgʻil…oʻgʻil….
esa onaga qaygʻu.2Yovuzlik bilan topilgan boylikdan naf yoʻq,
toʻgʻrilik esa oʻlimdan qutqaradi.
3Egamiz solihning och qolishiga yoʻl qoʻymaydi,
lekin fosiqning xohishini bajo qilmaydi.
4Dangasa qoʻllar qashshoqlik keltiradi,
tirishqoq qoʻllar esa boylik.
5Yoz paytida hosil yiqqan — dono oʻgʻil,
oʻrim payti uxlagan esa otasiga uyat keltiradi.
6Solihning boshida — baraka,
fosiqning tili esa yovuzlik konidir.
7Solihning xotirasi muborak boʻladi,
fosiqning nomi yoddan koʻtariladi.
8Yuragida donolik boʻlgan amrlarni qabul qiladi,
ezma nodon esa halok boʻladi.
9Toʻgʻri yurgan xavf–xatarni bilmaydi,
yoʻldan ogʻgan esa jazo topadi.
10Koʻz qisgan qaygʻuga sabab boʻladi,
ezma nodon halok boʻladi.
11Solihning tili — hayot bulogʻi,
fosiqning tili — yovuzlik koni.
12Nafrat janjal qoʻzgʻaydi,
sevgi–muhabbat esa hamma gunohlarni kechiradi.
13Idroklining soʻzlarida — donolik,
nodonning orqasida esa qamchi.
14Donolar bilimini orttiradi,
nodonning tili esa halokat keltiradi.
15Boyning qalʼasi — boyligi,
kambagʻalning halokati esa kambagʻalligidadir.
16Solihning haqi — hayot,
fosiqniki esa jazo.
17Nasihatga quloq solgan hayot yoʻlidadir,
tanbehni tan olmagan yoʻldan adashadi.
18Nafratini yashirgan — yolgʻonchi,
gʻiybat tarqatuvchi ahmoqdir.
19Gap–soʻz koʻp boʻlsa, janjal hech qachon toʻxtamaydi,
tilini tiygan esa donodir.
20Solihning tili oltin kabidir,
fosiqning qalbi esa hech narsaga arzimaydi.
21Solihning tili koʻplarni oziqlantiradi,
nodon esa aqlsizligi tufayli halok boʻladi.
22Egamizning marhamati boylik keltiradi,
Egamiz boylikka gʻam–tashvish qoʻshmaydi ▼
▼ …Egamiz boylikka gʻam–tashvish qoʻshmaydi — yoki …ming uringaning bilan Egamiz marhamat qilganidan ortigʻini ololmaysan.
.23Ahmoq yomonlik qilishdan,
aqlli esa donolikdan zavqlanadi.
24Fosiq nimadan qoʻrqsa, oʻshanga duchor boʻladi,
solih esa orzusiga yetishadi.
25Quyundan keyin fosiqlar yoʻq boʻladi,
solihlar esa abadiy mustahkamdir.
26Dangasaga ish buyursang,
u sen uchun tishga qoʻyilgan sirkaday,
koʻzga kirgan tutunday boʻladi.
27Egamizdan qoʻrqish ▼
▼ Egamizdan qoʻrqish — 1:7 ning birinchi izohiga qarang.
umrga umr qoʻshadi,fosiqning umri esa qisqaradi.
28Solihning orzusi quvonch keltiradi,
fosiqning niyati esa puchga chiqadi.
29Egamizning yoʻli solihlar uchun qalʼa,
yomonlik qiladiganlar uchun esa halokatdir.
30Solih hech qachon oʻrnidan qoʻzgʻatilmaydi,
fosiq esa oʻsha yerda yashamaydi.
31Solihning tili donolik keltiradi,
yomon til esa kesib tashlanadi.
32Solihning tili marhamat keltiradi,
fosiqning tili esa egrilik.
Copyright information for
UznUzbL