‏ Proverbs 13

1Aqlli farzand
farzand — ibroniycha matnda oʻgʻil.
otasining nasihatlarini qabul qiladi,
mazax qiluvchi esa tanbehga quloq solmaydi.
2Yaxshi odam soʻzlari bilan yaxshilikka erishadi,
xoin esa zoʻravonlikka.
3Tilini tiygan jonini asraydi,
tiliga erk bergan esa halokatga uchraydi.
4Dangasaning koʻngli xohlaydi–yu,
ammo hech narsaga erisha olmaydi,
tirishqoq esa orzusiga yetishadi.
5Solih yolgʻondan nafratlanadi,
fosiq esa uyatli va sharmandali ishlar qiladi.
6Solihlik toʻgʻri yuradiganni himoya qiladi,
fosiqlik esa gunohkorni halok qiladi.
7Shunday odam bor, hech narsasi yoʻgʻ–u, oʻzini boy koʻrsatadi.
Yana shunday odam bor, boyligi koʻp–u, oʻzini qashshoq koʻrsatadi.
8Jonning haqi — uning boyligi,
kambagʻal esa doʻq–poʻpisadan qoʻrqmaydi.
9Solihlarning chirogʻi doim charogʻon,
fosiqniki esa oʻchib qoladi.
10Magʻrurlikdan faqat urush chiqadi,
nasihatga quloq solgan odamda esa donolik bor.
11Hiyla bilan topilgan davlat yoʻqoladi,
mehnat bilan topilgani esa koʻpayadi.
12Roʻyobga chiqmagan umid yurakni ezadi,
ushalgan orzu esa hayot daraxti kabidir.
13Pand–nasihatlardan nafratlangan
oʻziga halokat keltiradi,
amrga quloq solgan esa taqdirlanadi.
14Dononing taʼlimoti hayot manbaidir,
u odamni oʻlim tuzogʻidan asraydi.
15Idrokli inson marhamatga erishadi,
xoinning yoʻli esa mashaqqatlidir
…xoinning yoʻli esa mashaqqatlidir — yoki …xoinning yoʻli davom etmas.
.
16Zukko odam aql bilan ish qiladi,
aqlsiz esa ahmoqligini koʻrsatadi.
17Yomon xabarchi kulfat olib keladi,
sodiq xabarchi esa yurakka shifo keltiradi.
18Nasihatga quloq solmaganlarga qashshoqlik va uyat keladi,
tanbehga quloq solganlar esa hurmat va izzat topadi.
19Amalga oshgan tilak jonga rohat beradi,
nodon odam yomonlikdan ayrilishni rad etadi.
20Donoga hamroh boʻlgan dono boʻladi,
ahmoqqa yoʻldosh boʻlgan esa halok boʻladi.
21Baxtsizlik gunohkorning ketidan quvib yuradi,
solihning mukofoti esa baxt–saodatdir.
22Yaxshi odam bolalarining bolalariga ham meros qoldiradi,
fosiqning boyligi esa solihga nasib etadi.
23Kambagʻalning dalasida gʻalla moʻl,
lekin adolatsizlik tufayli vayron boʻladi.
24Kaltakni oʻgʻlidan ayagan odam uni yomon koʻradi,
oʻgʻlini sevgan esa yoshlikdan tartib–intizomga oʻrgatadi.
25Solih qorni toʻyib ovqat yeydi,
fosiq esa och qoladi.
Copyright information for UznUzbL