Proverbs 14
1Dono xotin oʻz oilasini mustahkamlaydi,nodon xotin esa oilasini oʻzi buzadi.
2Toʻgʻri yoʻldan yuradigan Egamizdan qoʻrqadi ▼
▼ …Egamizdan qoʻrqadi… — 1:7 ning birinchi izohiga qarang.
,egri yoʻldan yuradigan esa Uni rad etadi.
3Ahmoqning soʻzlari oʻziga kaltak keltiradi,
dononiki esa uni himoya qiladi.
4Hoʻkiz boʻlmasa oxur toza,
lekin hoʻkizning kuchi tufayli hosil koʻp boʻladi.
5Sodiq guvoh yolgʻon gapirmaydi,
soxta guvoh yolgʻon gapirishdan toʻxtamaydi.
6Mazax qiluvchi donolikni qidiradi, ammo topolmaydi,
idrokliga esa bilim olish oson.
7Aqlsizdan uzoqlash,
chunki undan maʼnoli soʻz chiqmaydi.
8Ziyrakning donoligi oʻz yoʻlini bilishidadir,
aqlsizning ahmoqligi esa uni yoʻldan adashtiradi.
9Ahmoq odam ayb qurbonligi ustidan kuladi ▼
▼ Ahmoq odam ayb qurbonligi ustidan kuladi… — ayb qurbonligi — gunoh qurbonligining maxsus turi. Biror odam boshqasini aldaganda, oʻgʻrilik qilganda yoki boshqa birovga zarar yetkazganda shu qurbonlikni keltirgan. Ahmoq odam gunoh va aybga beparvo boʻladi, ammo solih odam bunga eʼtiborsiz boʻlmagani uchun, Xudoning marhamatidan bahra oladi.
,toʻgʻri odam esa Xudoning marhamatiga sazovor boʻladi.
10Yurak oʻz dardini oʻzi biladi,
uning shodligini ham hech kim toʻliq tushunmaydi.
11Fosiqlarning uyi xaroba boʻladi,
solihlarning xonadoni esa gullab–yashnaydi.
12Shunday yoʻl borki, insonga toʻgʻri boʻlib koʻrinadi,
ammo oxiri oʻlimga olib boradi.
13Kulsa ham yurakda qaygʻu bor,
xursandchilikning oxiri gʻamdir.
14Yuragi qingʻir oʻz egriligidan,
yaxshi odam esa toʻgʻriligidan mamnun.
15Sodda ▼
▼ Sodda — 1:4 izohiga qarang.
har bir soʻzga ishonaveradi,aqlli esa qadamini oʻylab bosadi.
16Dono qoʻrqib yomonlikdan uzoqlashadi,
nodon esa jahli tez va beparvo ▼
▼ beparvo — yoki takabbur.
.17Badjahl aqlsizlik qiladi,
badniyat nafratga uchraydi.
18Soddalarning nasibasi — nodonlik,
aqllilarning toji esa ilmu maʼrifatdir.
19Yomonlar yaxshilarning oldida,
fosiqlar solihlarning darvozasida taʼzim qiladi.
20Kambagʻaldan qoʻshnilari ham nafratlanadi,
boyning esa oʻrtoqlari koʻp.
21Qoʻshnisini xor qilgan — gunohkor,
muhtojga marhamat qilgan esa baxtlidir.
22Niyati buzuqlar yoʻldan adashadi.
Yaxshi niyatlilar esa sevgi va sadoqatga sazovor boʻladi.
23Har bir mehnatdan foyda bor,
quruq gap esa kambagʻallik keltiradi.
24Oqillarning toji — donoligi,
aqlsizning nodonligi esa ahmoqligidir.
25Rostgoʻy guvoh jonni qutqarsa,
yolgʻonchi guvoh aldaydi.
26Egamizdan qoʻrqish — mustahkam qalʼa,
farzandlariga ham Oʻzi panohdir.
27Egamizdan qoʻrqish hayot manbaidir,
bunday xislat odamni oʻlim tuzogʻidan asraydi.
28Xalqning koʻpligi — shohning shuhrati,
kamligi esa hokimning halokatidir.
29Sabr–toqatli odam aql–idroklidir,
jahldorlik ahmoqlikni bildiradi.
30Xotirjam yurak tanaga hayot baxsh etadi,
hasadgoʻylik esa suyaklarni chiritadi.
31Kambagʻalga zulm qilgan Yaratuvchini tahqirlagan boʻladi,
muhtojga yordam bergan esa Xudoni ulugʻlagan boʻladi.
32Fosiq oʻz qilmishlari tufayli halokatga uchraydi,
solih esa oʻlimda ham panoh topadi.
33Donolik oqilning qalbida yashaydi,
nodonlar orasida ham oʻzini bildiradi ▼
▼ …nodonlar orasida ham oʻzini bildiradi — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalarda ammo ahmoqlar yuragida donolik yoʻq.
.34Solihlik xalqni yuksaltirsa,
gunoh sharmanda qiladi.
35Donolik bilan ish qiladigan qul shohning marhamatiga sazovordir,
sharmandali ish qiladigan esa uning gʻazabiga uchraydi.
Copyright information for
UznUzbL