Proverbs 15
1Yumshoq javob gʻazabni qaytaradi,qattiq soʻz esa jahl chiqaradi.
2Donolar tilidan ilm–hikmat yogʻilsa,
nodonlardan ahmoqlik chiqadi.
3Egamizning koʻzlari hamma joyda,
U yaxshiyu yomonni koʻrib turadi.
4Shirin soʻz — hayot daraxti,
buzuq til — jonning halokati.
5Otasining nasihatini ahmoq rad etadi,
tanbehga quloq solgan esa idroklidir.
6Solihning uyida boylik koʻp,
fosiqning hosili esa tashvish keltiradi.
7Dononing tili bilim tarqatadi,
ahmoqning qalbi esa unday emas.
8Fosiqning qurbonligi Egamizga jirkanchdir,
toʻgʻrining ibodati esa Uning quvonchi.
9Fosiqning ishlari Egamizga jirkanchdir,
solihlikka intilganni esa U sevadi.
10Toʻgʻri yoʻlni tashlab ketgan qattiq jazo oladi,
tanbehdan nafratlangan oʻladi.
11Hatto Oʻlim ▼
▼ Oʻlim — ibroniycha matnda Sheoʻl, boshqa joylarda oʻliklar diyori deb tarjima qilingan (shu bobning 24–oyatiga qarang). Qadimda Isroil xalqi Sheoʻlni yer ostidagi tubsiz chuqurlik, marhumlar boradigan qorongʻi joy deb tushunardi.
va Halokat ▼▼ Halokat — ibroniycha matnda Abaddoʻn. Bu soʻz Sheoʻlni, yaʼni oʻliklar diyorini bildiradi.
ham Egamiz nigohi ostida ekan,odamzodning qalbi Unga hech narsa emas.
12Masxara qiluvchi tanbeh berganlarni yoqtirmaydi,
u donolar oldiga ham bormaydi.
13Yurak shod boʻlsa, chehra ochiq,
gʻamgin boʻlsa, ruh tushkundir.
14Zakovatli yurak ilm qidiradi,
aqlsizning ogʻzi ahmoqlik izlaydi.
15Qiynalganlarga har kun tashvish,
lekin yuragida shodlik boʻlsa, doimo bayram.
16Koʻp boylikka ega boʻlib vahima bilan yashagandan koʻra,
Egamizdan qoʻrqib ▼
▼ …Egamizdan qoʻrqib… — 1:7 ning birinchi izohiga qarang.
ozgina boylik bilan yashash yaxshiroq.17Goʻsht yeb nafrat bilan yashashdan,
sabzavot yeb sevgi bilan yashagan afzalroq.
18Badjahl janjal chiqaradi,
jahlni tiyadigan esa tinchlantiradi.
19Dangasaning yoʻli tikanli chetan devor kabi,
toʻgʻrining soʻqmogʻi esa katta ravon yoʻldir.
20Aqlli farzand ▼
▼ farzand — ibroniycha matnda oʻgʻil.
otasini quvontiradi,aqlsiz esa onasini xor qiladi.
21Ahmoqlik vijdonsizga quvonchdir,
aqlli esa toʻgʻri yuradi.
22Maslahat boʻlmagan joyda ish yurishmaydi,
maslahatchi koʻp boʻlsa, muvaffaqiyatli boʻladi.
23Odam yaxshi javobi tufayli quvonadi,
oʻz vaqtida aytilgan soʻz qanchalik yaxshi.
24Donoga tepadagi hayot soʻqmogʻi
pastdagi oʻliklar diyoridan uzoqlashish uchundir.
25Egamiz takabburning uyini vayron qiladi,
bevaning mol–mulkini saqlaydi.
26Fosiqning niyatlari Egamizga jirkanch,
yoqimli soʻzlar esa pokdir.
27Ochkoʻz oʻz uyiga tashvish keltiradi,
poradan nafratlanadigan esa yashaydi.
28Solih oʻylab javob beradi,
fosiqning ogʻzidan esa yomonlik chiqaveradi.
29Egamiz fosiqlardan uzoqda,
lekin solihlarning ibodatini eshitadi.
30Koʻzdagi nur koʻngilni xushnud etadi,
xushxabar tan–jonga oziq beradi.
31Hayotbaxsh nasihatga quloq solgan
donolarning orasida boʻladi.
32Nasihatni rad qilgan oʻz jonini xor qiladi,
tanbehga quloq solgan esa idrokli boʻladi.
33Egamizdan qoʻrqish donolikni oʻrgatadi,
kamtarlik izzatu ikromga sazovor qiladi.
Copyright information for
UznUzbL