‏ Proverbs 16

1Rejalar odamning yuragida,
tildagi javob esa Egamizdan.
2Odamning qilmishlari uning nazarida toʻgʻri,
lekin Egamiz yurakning pokligini oʻlchaydi.
3Ishlaringni Egamizga topshir,
shunda rejalaring mustahkam boʻladi.
4Hamma narsani Egamiz Oʻz maqsadi bilan yaratgan,
hatto fosiqlarning ham qismatini belgilab qoʻygan.
5Barcha takabburlar Egamizga jirkanch,
ular jazosiz qolmaydilar.
6Sevgi va sadoqat tufayli gunoh kechiriladi,
Egamizdan qoʻrqish
Egamizdan qoʻrqish — 1:7 ning birinchi izohiga qarang.
yomonlikdan uzoqlashtiradi.
7Egamizga insonning yoʻllari maʼqul kelganda,
dushmanlari bilan ham yarashtiradi.
8Adolatsiz kelgan koʻp daromaddan,
halol mehnat bilan topilgan ozginasi yaxshiroq.
9Odam yuragida niyat qiladi,
uning qadamini esa Egamiz boshqaradi.
10Xudoning soʻzlari shohning tilida,
hukm qilganda xato qilmaydi.
11Toʻgʻri taroziyu pallalar Egamiznikidir,
tarozi toshlarini ham Xudo yaratgan.
12Shohning yomonlik qilishi qabihlikdir
Shohning yomonlik qilishi qabihlikdir… — yoki Shoh yomonlik qilishdan nafratlanadi….
,
chunki uning taxti adolat tufayli mustahkam.
13Toʻgʻri soʻz shohning quvonchidir,
u rostgoʻylarni yaxshi koʻradi.
14Shohning gʻazabi oʻlim darakchisidir,
dono uni tinchlantiradi.
15Shoh yuzidagi tabassum hayotdan nishona,
uning marhamati yomgʻir keltiradigan bulut kabidir.
16Dono boʻlish — oltindan,
idrok topish esa kumushdan ham yaxshiroqdir.
17Toʻgʻrining yoʻli yomonlikdan uzoqlashtiradi,
qadamini bilib bosgan odam oʻz jonini asraydi.
18Magʻrurlikning ortidan halokat keladi,
takabburlikdan soʻng esa odam qoqiladi.
19Takabburlar bilan oʻlja boʻlishgandan koʻra,
kamtarin boʻlib kambagʻallar orasida yashash yaxshiroq.
20Gapga tushunadigan yaxshilik topadi,
Egamizga umid bogʻlagan baxtli boʻladi.
21Qalbida donolik boʻlgan farosatli deb ataladi,
shirinsuxanlik aql–idrokni koʻpaytiradi.
22Idrok oʻzining sohibi uchun hayot bulogʻi,
ahmoqlik esa ahmoqqa jazodir.
23Dononing yuragi tiliga idrok beradi,
soʻzlarini ishonchli qiladi.
24Yoqimli soʻz asal kabidir,
jonga rohat, suyaklarga malhamdir.
25Shunday yoʻl borki, insonga toʻgʻri boʻlib koʻrinadi,
ammo oxiri oʻlimga olib boradi.
26Mehnat qiladigan odam oʻzi uchun ishlaydi,
chunki och qorni uni undaydi.
27Yaramas odam yomonlikni qoʻzgʻaydi,
soʻzlari kuydiradigan olov kabidir.
28Makkor janjal chiqaradi,
gʻiybatchi esa yaqin doʻstlarni ajratadi.
29Yovuz oʻzgani aldab, yomon yoʻlga boshlaydi.
30Koʻzini qisgan — yomon niyatda,
labini tishlagan esa yovuzlik qilgan.
31Oqargan sochlar — sharofat toji,
solihlik yoʻlida yurgan unga erishadi.
32Jahlini tiygan — qudratlidan,
oʻzini tuta biladigan esa shaharni yenggandan yaxshiroq.
33Qurʼa tashlanadi
Qurʼa tashlanadi… — qurʼa tashlashda yogʻoch boʻlaklari yoki toshlar ishlatilgan boʻlib, shu orqali Xudoning xohish–irodasi aniqlangan. Baʼzan odamlar qurʼa tashlab, Xudodan biror ishni qanday yoki qachon qilish kerakligini soʻrashgan.
,
ammo barcha qaror Egamizdandir.
Copyright information for UznUzbL