‏ Proverbs 19

1Toʻgʻri yuradigan kambagʻal
egri tilli ahmoqdan yaxshiroq.
2Bilimsiz istak yaxshi emas,
shoshqaloqlar ham qoqiladi.
3Nodonning nodonligi hayotini buzadi–yu,
Egamizdan jahli chiqadi.
4Boylik doʻstlar ustiga doʻst keltiradi,
kambagʻal esa doʻstidan ham ayriladi.
5Soxta guvoh jazosiz qolmaydi,
yolgʻon gapiruvchi ham qochib qutulmaydi.
6Aʼyonlarning marhamatini istaydigan koʻp,
sovgʻa beruvchiga hamma doʻstdir.
7Kambagʻaldan hamma aka–ukalari nafratlanadi,
doʻstlari ham uzoqlashadi,
qidirganda ularning izi ham yoʻq.
8Donolikka erishgan oʻz jonini sevadi,
farosatli kishi yaxshilik topadi.
9Soxta guvoh jazosiz qolmaydi,
yolgʻonchi halok boʻladi.
10Hashamatli yashash ahmoqqa yarashmaganidek,
xoʻjayin ustidan hokimlik qilish ham
qulga toʻgʻri kelmaydi.
11Odamning aqli jahlini tiyadi,
gunohni kechirish unga shuhrat keltiradi.
12Shohning gʻazabi sherning oʻkirishiga oʻxshaydi,
muruvvati esa maysadagi shabnam kabidir.
13Nodon farzand otasiga tashvish keltiradi,
xotinning janjali betoʻxtov tomadigan chakkadaydir.
14Uy va boylik — otadan meros,
farosatli xotin esa Egamizdandir.
15Dangasalik odamni uyquchi qiladi,
yalqov odam och qoladi.
16Amrlarga amal qilgan oʻz jonini asraydi,
oʻz hayotini xor qilgan esa oʻladi.
17Kambagʻalga rahm qilish — Egamizga qarz berishday,
U yaxshilikni qaytaradi.
18Umid bor ekan, farzandingni
farzand — ibroniycha matnda oʻgʻil.
tarbiya qil,
buzilib, nobud boʻlishiga yoʻl qoʻyma.
19Jahldor jazosini oladi,
uni bir qutqarsang yana qutqarishingga toʻgʻri keladi.
20Nasihatga quloq sol, pand–oʻgitni qabul qil,
shunda umring boʻyi oqil boʻlasan.
21Insonning yuragida niyat koʻp,
lekin faqat Egamizning aytgani amalga oshadi.
22Insonning istagi — sadoqatli sevgi,
kambagʻal odam yolgʻonchidan yaxshiroqdir.
23Egamizdan qoʻrqish
Egamizdan qoʻrqish — 1:7 ning birinchi izohiga qarang.
hayotga eltadi,
odam huzur–halovatda yashab tashvishga uchramaydi.
24Dangasa qoʻlini kosaga choʻzadi–yu,
ogʻziga olib kelishga erinadi.
25Mazax qiluvchining taʼzirini ber!
Shunda sodda
sodda — 1:4 izohiga qarang.
odamlarga aql kiradi.
Farosatliga tanbeh ber!
Shunda uning bilimi oshadi.
26Otasiga zoʻravonlik qilib, onasini haydagan oʻgʻil
uyat va sharmandalik keltiradi.
27Ey oʻgʻlim
oʻgʻlim — 1:8 izohiga qarang.
, agar nasihatga quloq tutmasang,
ilm–maʼrifatdan yuz oʻgirgan boʻlasan.
28Makkor guvoh adolat ustidan kuladi,
fosiqning ogʻzi yovuzlikni oʻziga oladi.
29Mazax qiluvchilarga hukm,
nodonlarga kaltak tayyordir.
Copyright information for UznUzbL