‏ Proverbs 2

Donolik Egamizdandir

1Oʻgʻlim
Oʻgʻlim — 1:8 izohiga qarang.
, nasihatlarimni qabul qilib,
amrlarimni yuragingda saqlasang,
2donolikka quloq solib,
qalbingni fahm–idrokka ochsang,
3farosatga tashna,
idrokka chanqoq boʻlsang,
4uni kumush izlaganday izlasang,
yashirin xazina qidirganday qidirsang,
5Egamizdan qoʻrqish
Egamizdan qoʻrqish — 1:7 ning birinchi izohiga qarang.
nimaligini tushunasan,
Xudo kimligini bilasan.
6Chunki donolikni Egamiz beradi,
bilim va idrok Uning ogʻzidan chiqadi.
7Egamiz toʻgʻri odamni eson–omon saqlaydi,
toʻgʻri yuradiganga Oʻzi qalqon boʻladi.
8Adolatli insonni himoya qiladi,
Unga sodiq boʻlganning yoʻlini qoʻriqlaydi.
9Shunda sen toʻgʻrilik, adolat, odillik,
yaʼni toʻgʻri yoʻl nima ekanligini tushunasan.
10Chunki yuragingga donolik kiradi,
ruhing esa bilimdan zavqlanadi.
11Fahm–farosat seni himoya qiladi,
aql–idrok seni qoʻriqlaydi.
12Yomon yoʻldan,
yovuz gapiradiganlardan asraydi.
13Ular toʻgʻri yoʻlni tashlab,
qorongʻilikda yuradi.
14Yomon ishlardan xursand boʻladi,
yovuzlikdan quvonadi.
15Ular yoʻldan adashgan,
soʻqmoqlari ham egridir.

16Donolik seni zinokordan,
tilyogʻlama buzuq ayoldan saqlasin.
17Buzuq ayol yoshligidagi umr yoʻldoshini tashlab,
Xudo oldida bergan ahdini buzgan.
18Uning uyi oʻlimga
oʻlim Sheoʻl, yaʼni oʻliklar diyori nazarda tutilgan. Qadimda Isroil xalqi Sheoʻlni yer ostidagi tubsiz chuqurlik, marhumlar boradigan qorongʻi joy deb tushunardi.
,
yoʻllari oʻliklarning oldiga olib boradi.
19Uning oldiga borgan odam qaytib kelmaydi,
hayot soʻqmoqlariga qaytib qadam bosmaydi.

20Shuning uchun yaxshi odamlarning yoʻlidan yurgin,
solihlarning yoʻlidan chiqmagin.
21Chunki toʻgʻri odam oʻsha yerda yashaydi,
pok odam u yerda qoladi.
22Fosiq esa yer yuzidan qirib tashlanadi,
vafosiz yoʻq qilinadi.
Copyright information for UznUzbL