Proverbs 20
1Sharob — mazaxchi, aroq — janjalkash,ularga aldanganlar nodondir.
2Shohning gʻazabi — sherning oʻkirishiday,
uning jahlini chiqargan jonidan mahrum boʻladi.
3Janjaldan oʻzini tortish — insonning hurmati,
ahmoq esa janjalga aralashadi.
4Dangasa kuzda ▼
▼ kuzda — qadimgi Isroilda ekish mavsumi kuzda boshlanar edi.
yer haydamaydi,oʻrim payti esa qidirib hech narsa topolmaydi.
5Insonning fikrlari — chuqur suv kabidir,
fahmli odam ularni tashqariga chiqara oladi.
6Koʻpchilik oʻzini sodiq deb aytadi,
haqiqatan ham sadoqatli boʻlganni topib koʻr–chi!
7Solih halol yashaydi,
uning bolalari naqadar baxtlidir!
8Hukmronlik qilayotgan shoh
oʻz koʻzi bilan barcha yomonliklarni ajratadi.
9“Qalbimni tozaladim, gunohimdan xoliman”, deb
kim ayta oladi?!
10Ikki turli tarozi toshi va notoʻgʻri oʻlchov —
ikkovi ham Egamizga jirkanchdir.
11Hatto yosh bolani ham xulqidan,
toʻgʻriligini va pokligini ishlaridan bilsa boʻladi.
12Eshitadigan quloq, koʻradigan koʻz —
ikkovini ham Egamiz yaratgan.
13Uyquni yaxshi koʻrma,
boʻlmasa kambagʻal boʻlasan,
koʻzlaringni och, qorning toʻyadi.
14Xaridor: “Yaxshi emas, yaxshi emas!” deydi–yu,
nariroqqa borib maqtanadi.
15Oltin bor, yoqut toshlar ham koʻp,
biroq eng qimmatbaho narsa — bilimli til.
16Begonaga kafillik qilganning ▼
▼ Begonaga kafillik qilganning… — 6:1 ning ikkinchi izohiga qarang.
toʻnini yechib ol,ha, bunday aqlsiz odamdan kiyimini garov qilib ol.
17Nohaqlik bilan topilgan non shirin,
ammo keyin ogʻiz tuproq bilan toʻladi.
18Maslahat bilan reja tuz,
aqlli yoʻl–yoʻriq bilan urush olib bor.
19Chaqimchi sirlarni ochadi,
ogʻzi boʻsh odam bilan aloqada boʻlma.
20Kim ota–onasini laʼnatlasa,
uning chirogʻi zulmatda oʻchib qoladi.
21Boshida shoshilib olingan meros
oqibatda baraka keltirmaydi.
22Yovuzlik uchun qasos olaman demagin,
Egamizga umid bogʻlab kutgin,
U seni qutqaradi.
23Ikki xil tarozi toshi Egamizga jirkanchdir,
yolgʻon tarozi ham yaxshi emas.
24Insonning qadami — Egamizdan,
shunday ekan, u oʻz yoʻlini qanday tushunsin?!
25Oʻylamasdan Xudoga vaʼda bergan kishi,
ahd qilgandan keyin ikkilangan odam tuzoqdadir.
26Dono shoh yovuzlarni ajratib,
ularning ustidan tegirmon toshi yurgizadi.
27Odamning ruhi — Egamizning chirogʻi,
vujudning barcha chuqurliklarini tekshirib turadi.
28Sevgi va sadoqat shohni asraydi,
oʻsha inoyat tufayli uning taxti mustahkamdir.
29Quvvat yigit kishining gʻururidir,
oqargan sochlar esa keksaning shuhratidir.
30Qamchining jarohati yomonlikka davodir,
kaltak zarbi vujudning eng chuqur joylarini tozalaydi.
Copyright information for
UznUzbL