Proverbs 22
1Yaxshi nom — eng katta boylikdan ortiq,marhamatga sazovor boʻlish esa
kumushu oltindan ham yaxshi.
2Boy bilan kambagʻalning bir oʻxshashligi bor,
ikkovini ham Egamiz yaratgan.
3Es–hushli odam xavf–xatarni koʻrib yashirinadi,
sodda ▼
▼ sodda — 1:4 izohiga qarang.
esa toʻxtamasdan boraveradi, shuning uchun qiynaladi.4Kamtarlik va Egamizdan qoʻrqish ▼
▼ Egamizdan qoʻrqish — 1:7 ning birinchi izohiga qarang.
boylik, hurmat va hayot keltiradi.
5Egrining yoʻlida tikanzor va tuzoqlar bor,
oʻz jonini asragan undan uzoqlashadi.
6Bolani toʻgʻri yoʻlga solib tarbiyala,
shunda qariganda ham yoʻlidan adashmaydi.
7Boylar kambagʻallar ustidan hukmronlik qiladi,
qarzdor qarz berganning qulidir.
8Fosiqlikni ekkan tashvish yigʻadi,
jahl qamchisi sinadi.
9Saxiy baraka topadi,
chunki oʻz nonini kambagʻallar bilan baham koʻradi.
10Mazax qiluvchini oradan quv!
Shunda gʻavgʻo ketadi,
janjalu haqorat ham barham topadi.
11Pokdillikni sevib,
xushmuomala boʻlganga shoh doʻst boʻladi.
12Egamiz ilm–maʼrifatli insonni asraydi,
U xoinning soʻzlarini puchga chiqaradi.
13Dangasa: “Tashqarida sher bor,
koʻchada meni oʻldiradi”, — deydi.
14Buzuq ayolning ogʻzi tubsiz chohdir,
Egamizning gʻazabiga uchraganlar unga tushadi.
15Aqlsizlik bolaning diliga oʻrnashgan,
uning bu aqlsizligini kaltak haydab chiqaradi.
16Boy boʻlaman deb qashshoqni ezgan ham,
boyga sovgʻa qilgan ham kambagʻallashadi.
Oʻttizta dono nasihat
(22:17-24:22)
17Donolarning soʻzlariga quloq tut,qalbingni bilimimga och.
18Chunki bu soʻzlarni qalbingda saqlasang,
diling yashnaydi,
ular doim tilingda tayyor boʻlsin.
19Egamizga umid bogʻlagin deb
bugun shularni oʻrgatyapman.
20Senga bilim va maslahat bilan
oʻttizta nasihat yozib bermaganmidim?!
21Bu haqiqat soʻzlarini oʻrganib,
seni yuborganlarga aytib berishing uchun edi.
Birinchi nasihat
22Kambagʻalni kambagʻalligi uchun talama,baxtsizni darvoza oldida hukm qilganda qiynama.
23Chunki Egamiz ularni himoya qilib,
zolimlariga Oʻzi zulm qiladi.
Ikkinchi nasihat
24Urishqoq bilan doʻstlashma,badjahl bilan yurma.
25Boʻlmasa sen ham ularning yoʻliga tushib qolasan,
joningni tuzoqqa ilintirasan.
Uchinchi nasihat
26Begona bilan qoʻl tashlashma,oʻzganing qarziga kafillik berma ▼
▼ …oʻzganing qarziga kafillik berma — 6:1 ning ikkinchi izohiga qarang.
.27Agar oʻshaning qarzini toʻlashga hech narsang boʻlmasa,
hatto, tagingdagi toʻshagingdan ham ayrilib qolasan.
Toʻrtinchi nasihat
28Ota–bobolaring qoʻygan qadimiy chegaralarni buzma ▼▼ Ota–bobolaring qoʻygan qadimiy chegaralarni buzma — qadimgi Isroilda birortasi oʻz yerini ajratib olish uchun toshlardan chegara qilib qoʻyardi. Agar kimdir bu toshlarni joyidan siljitsa, qoʻshnisining ota–bobosidan qolgan yerni u oʻgʻirlayotgan hisoblanardi va bu ogʻir jinoyat edi (Qonunlar 19:14, 27:17 ga qarang).
.Beshinchi nasihat
29Oʻz ishiga mohir ustani koʻrganmisan?U oddiy odamlarga emas, shohga xizmat qiladi.
Copyright information for
UznUzbL