Proverbs 24
Oʻn toʻqqizinchi nasihat
1Fosiqlarga havas qilma,ular bilan birga boʻlishga intilma.
2Chunki ular zoʻravonlikni niyat qiladi,
tillari yomonlikni gapiradi.
Yigirmanchi nasihat
3Uy donolik bilan quriladi,idrok bilan mustahkam boʻladi.
4Xonalar esa bilim bilan turli qimmatbaho,
qimmatli boylikka toʻladi.
Yigirma birinchi nasihat
5Dono sipohlar kuchli sipohlardan ▼▼ Dono sipohlar kuchli sipohlardan… — qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan. Ibroniycha matnda Dono odam kuchlidir… yoki Dono sipoh kuchlidir….
,ilm–maʼrifatlilar esa kuchi borlardan qudratliroqdir.
6Yaxshi odam yoʻl–yoʻriq bilan urushga boradi,
maslahatchilar koʻpligi tufayli gʻalaba qiladi.
Yigirma ikkinchi nasihat
7Ahmoq donolikka yetishmaydi,hukmda ogʻzini ocha olmaydi.
Yigirma uchinchi nasihat
8Yomon niyat qiluvchining nomi shakkokdir.9Ahmoqlik bilan tuzilgan reja gunohdir,
mazaxchidan odamlar jirkanadi.
Yigirma toʻrtinchi nasihat
10Tashvishli kunda ojiz boʻlganning kuchi kamdir.Yigirma beshinchi nasihat
11Oʻlimga mahkum boʻlganlarni,dorga olib ketilayotganlarni qutqar.
12“Bilmayman”, — desang ham,
yurakni sinaydigan Xudo koʻrmaydimi,
jonni asraydigan buni bilmaydimi?
Hammaga ularning ishiga yarasha qaytarmaydimi?
Yigirma oltinchi nasihat
13Oʻgʻlim ▼▼ Oʻgʻlim — 1:8 izohiga qarang.
, asal yeb koʻrgin, u yaxshi,asalari mumi ogʻzingga shirindir.
14Donolik joningga asaldaydir,
unga erishsang kelajagingni topasan,
umiding roʻyobga chiqadi.
Yigirma yettinchi nasihat
15Ey fosiq, solihning uyiga pistirma qurma,uy–joyiga tegma.
16Solih yetti marta yiqilsa ham turib ketaveradi,
fosiq esa halokatga uchraydi.
Yigirma sakkizinchi nasihat
17Dushmaning yiqilganda sevinma,qoqilgani uchun yuraging quvonmasin.
18Boʻlmasa Egamiz buni koʻrib yoqtirmay,
gʻazabini undan oʻgiradi.
Yigirma toʻqqizinchi nasihat
19Fosiqlardan jahling chiqmasin,yomonlarga havas qilma.
20Chunki yomonlarning kelajagi yoʻq,
fosiqlarning chirogʻi oʻchib qoladi.
Oʻttizinchi nasihat
21Ey oʻgʻlim, Egamizdan ham, shohdan ham qoʻrq,ularga qarshi bosh koʻtarma ▼
▼ …ularga qarshi bosh koʻtarma — yoki …isyonchilar bilan doʻst boʻlma yoxud …ularga qarshi isyon koʻtaradiganlar bilan doʻst boʻlma.
.22Chunki ulardan kulfat kutilmaganda keladi,
ikkovidan keladigan halokatni kim biladi?!
Dono oʻgitlar
(24:23-34)
23Quyidagi soʻzlar ham donolardan.Hukmda tarafkashlik qilish yaxshi emas.24Fosiqqa “solihsan” deganni el laʼnatlaydi,
xalqlar undan nafratlanadi.
25Unga tanbeh berganlardan xursand boʻladi,
ular qut–baraka topadilar.
26Toʻgʻri javob beradiganlarni hamma sevadi.
27Tashqaridagi yumushingni bajar,
daladagi barcha ishlaringni tartibga sol,
keyin uyingni qurgin.
28Sababsiz oʻzgaga qarshi guvohlik berma,
tiling bilan aldama.
29“Menga nima qilgan boʻlsa, men ham shunday qilaman,
qilmishiga yarasha qaytaraman”, dema.
30Men dangasaning dalasidan,
nodonning uzumzori yonidan oʻtdim.
31Ana, hamma yoq tikanzor,
hamma yerda qichitqi oʻt,
tosh devor ham qulab, yer bilan bitta boʻlib yotibdi.
32Qarab, oʻylab koʻrdim,
uni koʻrib saboq oldim.
33“Bir oz uxlay, bir mizgʻib olay,
yonboshlab birpas dam olay”, — deydi.
34Shuning uchun qashshoqlik yoʻltoʻsarday,
muhtojlik esa qaroqchiday ustiga keladi.
Copyright information for
UznUzbL