‏ Proverbs 28

1Fosiqni hech kim quvmasa ham qochaveradi,
solih esa sherday botir.
2Yurtda isyon boʻlganda boshliq koʻpayadi,
ammo aql–idrokli rahnamo tufayli
yurtda tinchlik barqaror boʻladi.
3Ojizlarni ezadigan kambagʻal
ovqat qoldirmaydigan seldaydir.
4Qonunni tan olmaydiganlar fosiqlarni maqtaydi,
qonunga amal qiladiganlar esa ular bilan kurashadi.
5Fosiq adolatni tushunmaydi,
Egamizga intilgan esa hamma narsani tushunadi.
6Kambagʻal boʻlib toʻgʻri yurish
boy boʻlib egri yurgandan yaxshiroq.
7Dono farzand
farzand — ibroniycha matnda oʻgʻil.
qonunga rioya qiladi,
yaramasga ulfat boʻlgan esa otasini sharmanda qiladi.
8Sudxoʻr va ochkoʻz odam boylik yigʻadi,
ammo boyligi qashshoqqa achinadiganga nasib etadi.
9Qonundan yuz oʻgirganning ibodati ham jirkanchlidir.
10Toʻgʻri odamni yomon yoʻlga boshlagan odam
qazigan chuquriga oʻzi tushadi,
pokdil esa yaxshilik topadi.
11Boy oʻzining nazarida dono,
aqlli kambagʻal esa oʻzini tekshiradi.
12Solih martabaga erishganda katta bayram,
fosiq lavozimga kelsa odamlar yashirinadi.
13Oʻz gunohlarini yashirgan yutuqqa erishmaydi,
ularni tan olib, voz kechgan marhamat topadi.
14Doim Xudodan qoʻrqqan
…Xudodan qoʻrqqan… — 1:7 ning birinchi izohiga qarang.
baxtlidir!
Bagʻri tosh odam esa baloga uchraydi.
15Ojiz xalq ustidagi yovuz hukmdor
irillayotgan sher va hujum qilayotgan ayiqdaydir.
16Aqlsiz hukmdor nihoyatda zolim boʻladi,
adolatsiz foydadan nafratlanadigan uzoq yashaydi.
17Agar birov odam oʻldirgan boʻlsa, oʻlguncha qochib yursin,
unga hech kim yordam bermasin.
18Toʻgʻri yuradigan najot topadi,
egri yoʻldan yuradigan esa yiqiladi.
19Oʻz yeriga ishlov berganning noni moʻl boʻladi,
orzu–xayollarga berilgan esa qashshoqlikka uchraydi.
20Sodiq kishi koʻp baraka topadi,
boyishga shoshilgan jazosiz qolmaydi.
21Tarafkashlik yaxshi emas,
bir toʻgʻram non deb odam vafosizlik qiladi.
22Xasis odam boylik orqasidan quvib,
boshiga qashshoqlik kelishini bilmaydi.
23Tanqid qiladigan odam
xushomadgoʻyga qaraganda koʻproq marhamat topadi.
24Ota–onasining mulkini oʻgʻirlab,
“Bu gunoh emas” degan odam buzgʻunchiga sherikdir.
25Ochkoʻz janjal chiqaradi,
Egamizga ishongan esa toʻq yashaydi.
26Oʻzigagina ishongan ahmoqdir,
aql bilan yuradigan esa najot topadi.
27Kambagʻalga bergan odam kam boʻlmaydi,
koʻrib–koʻrmaslikka olgan esa koʻp laʼnatga uchraydi.
28Fosiqlar martabaga erishsa odamlar yashirinadi,
fosiqlar halokatga yoʻliqqanda esa solihlar koʻpayadi.
Copyright information for UznUzbL