Proverbs 4
Donolikdan keladigan foydalar
1Oʻgʻillarim, otangizning pand–nasihatlariga quloq solinglar,eʼtibor berib farosatli boʻlinglar.
2Sizlarga yaxshi saboq beraman,
soʻzlarimdan yuz oʻgirmanglar.
3Men ota–onamning yolgʻiz, yosh oʻgʻli edim.
4Bolaligimda otam menga shunday derdi:
“Soʻzlarimni yuragingga jo qilib,
amrlarimni bajargin, shunda yashaysan.
5Dono boʻl, idrokli boʻl,
ularni unutma, soʻzlarimdan chiqma.
6Donolikdan yuz oʻgirma, seni himoya qiladi,
uni sevgin, seni asraydi.
7Donolikning boshi shudir, dono boʻl,
bor–yoʻgʻingni berib boʻlsa ham, idrok ol ▼
▼ …bor–yoʻgʻingni berib boʻlsa ham, idrok ol — yoki …yana nima olsang olaver, ammo bilim ol.
.8Uni hurmat qil, seni koʻkka koʻtaradi.
Uni quchgin, seni shon–shuhratga erishtiradi.
9Boshingga iltifot gulchambari,
shuhrat tojini kiydiradi.”
10Oʻgʻlim ▼
▼ Oʻgʻlim — 1:8 izohiga qarang.
, aytganlarimga quloq solib qabul qil,shunda umring uzoq boʻladi.
11Senga donolik yoʻllarini oʻrgatdim,
toʻgʻri yoʻldan olib yurdim.
12Yurganingda toʻsiqqa uchramaysan,
yugurganingda qoqilmaysan.
13Yoʻl–yoʻriqlarimni qattiq ushla, qoʻyib yuborma,
ularni qoʻriqla, chunki ular hayotingdir.
14Fosiqning soʻqmoqlariga oyoq bosma,
yovuzlar yoʻlidan yurma.
15Hatto nazar solma,
yonidan ham oʻtma,
qayrilib uzoqdan yurgin.
16Chunki ular yomonlik qilmasdan uxlay olmaydi,
birortasiga zarar keltirmaguncha uyqulari kelmaydi.
17Ular fosiqlik nonini yeydi,
zoʻravonlik sharobini ichadi.
18Solihning yoʻli tongga oʻxshaydi,
kun chiqquncha tong yorishaveradi.
19Fosiqning yoʻli esa zulmat kabidir,
nimaga qoqilib ketishini bilmaydi.
20Oʻgʻlim, soʻzlarimni eshit,
aytganlarimga quloq sol.
21Ularni koʻz oldingdan qochirma,
yuragingning qaʼrida saqlagin.
22Chunki ularni topganlarga hayot,
butun tan–joniga malham boʻladi.
23Bor kuching bilan qalbingni asra,
chunki u hayot bulogʻidir.
24Ogʻzingdan egrilikni,
tilingdan ayyorlikni olib tashla.
25Koʻzlaring toʻgʻriga qarasin,
nigohing oldingga qaratilgan boʻlsin.
26Toʻgʻri yoʻlni tanlab yur ▼
▼ Toʻgʻri yoʻlni tanlab yur… — yoki Yuradigan yoʻllaringga eʼtibor ber….
,qadamingni oʻylab bos.
27Oʻngga ham, chapga ham ogʻma,
yovuzlikdan uzoqlash.
Copyright information for
UznUzbL