Proverbs 5
Zinoga qarshi ogohlantirish
1Oʻgʻlim ▼▼ Oʻgʻlim — 1:8 izohiga qarang.
, donoligimga eʼtibor ber,aql–idrokimga quloq sol,
2toki fahm–farosating yoʻqolmasin,
biliming saqlansin.
3Buzuq ayolning tilidan bol tomadi,
soʻzlari — malhamday yumshoq,
4ammo oqibati zaharday achchiq,
xanjarday oʻtkirdir.
5Oyoqlari oʻlim tomon yuradi,
qadamlari oʻliklar diyoriga ▼
▼ oʻliklar diyori — ibroniycha matnda Sheoʻl. Qadimda Isroil xalqi Sheoʻlni yer ostidagi tubsiz chuqurlik, marhumlar boradigan qorongʻi joy deb tushunardi.
yetaklaydi.6U hayotga olib boradigan yoʻlga eʼtibor bermaydi,
yoʻllari beqaror, oʻzi buni bilmaydi.
7Oʻgʻlim ▼
▼ Oʻgʻlim — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda Oʻgʻillarim.
, menga quloq sol,soʻzlarimdan chiqma.
8U ayoldan uzoqroq yur,
uning eshigiga yaqinlashma.
9Boʻlmasa, oʻz obroʻyingni begonalarga,
hayotingni yovuzlarga bergan boʻlasan.
10Boyligingdan begonalar bahramand boʻladi,
mehnat bilan topgan mol–mulking oʻzgalarning uyida boʻladi.
11Umring oxirida,
vujudingu tanangdan asar qolmagach,
faryod qilasan.
12Oʻshanda shunday deysan:
“Men intizom va tanqiddan qanchalik nafratlanar edim–a,
13na ustozlarimga,
na nasihat berganlarga quloq solibman.
14Ana oqibat, jamoa orasida
halokat qirgʻogʻiga kelib qoldim.”
15Oʻz sardobangdagi,
oʻz qudugʻingdagi suvni ▼
▼ …Oʻz sardobangdagi, oʻz qudugʻingdagi suvni… — qadimgi Isroilda suv juda tanqis boʻlib, quduqlar ehtiyot qilib qoʻriqlanardi. Shuning uchun har kim faqatgina oʻz qudugʻidan suv ichishi kerak edi. Xuddi shu singari har qanday erkak faqat oʻz xotini bilangina jinsiy aloqa qilishi kerak.
ichaver.16Buloqlaring tashqarida,
irmoqlaring koʻchada oqsinmi?!
17Uni begonalar bilan baham koʻrma,
faqat oʻzingniki boʻlsin.
18Bulogʻing suvlari muborak boʻlsin,
koʻz ochib koʻrganing bilan quvongin.
19Jozibali ohu va goʻzal kiyik!
Uning ogʻushi seni qoniqtirsin,
doim uning sevgisi bilan qanoatlangin.
20Nega endi, oʻgʻlim, begona xotinni koʻngling qoʻmsaydi?
Nimaga begona ayolning ogʻushini quchasan?
21Insonning xatti–harakatlari
Egamizning koʻzi oldidadir.
Egamiz odamning barcha ishlarini kuzatib turadi.
22Fosiqning ishlari uning oʻzini ushlaydi,
gunohlari uni zanjirband qiladi.
23U ahmoqligi tufayli yoʻldan ozadi,
tarbiyasizligi dastidan oʻladi.
Copyright information for
UznUzbL