Proverbs 6
Kafillik va turli illatlarga qarshi ogohlantirish
1Oʻgʻlim ▼▼ Oʻgʻlim — 1:8 izohiga qarang.
, oʻzgaga kafillik qilib,begona bilan ahdlashgan boʻlsang ▼
▼ …oʻzgaga kafillik qilib, begona bilan ahdlashgan boʻlsang… — muallif 1-5–oyatlarda birortasining qarzini toʻlash uchun shoshma–shosharlik bilan berilgan vaʼdaning oqibatlari haqida ogohlantiradi (yana 17:18, 20:16, 22:26-27, 27:13 ga qarang).
,2oʻz tilingdan ilinib,
soʻzlaring tuzoqqa yetaklagan boʻlsa,
3oʻgʻlim, oʻzganing qoʻliga tushib qolibsan,
oʻzingni qutqar, bor, tiz choʻkib yolvor.
4Oʻzingga uyqu berma,
bir soniya ham dam olma.
5Ovchidan qochgan ohu kabi,
bedanavoz qoʻlidan qochgan bedanaday oʻzingni qutqar.
6Ey tanbal, chumolilarga bir qara,
ularning xatti–harakatlarini koʻrib dono boʻl.
7Ularning na rahbari,
na nazoratchisi, na hukmdori bor.
8Lekin ular yozda oziq toʻplashadi,
oʻrim paytida don–dun yigʻishadi.
9Sen–chi, tanbal, qachongacha uxlaysan?!
Qachon oʻrningdan turasan?
10“Bir oz uxlay, bir mizgʻib olay,
yonboshlab birpas dam olay”, deysan.
11Shuning uchun qashshoqlik yoʻltoʻsarday,
muhtojlik qaroqchiday ustingga keladi.
12Ayyor va nopoklar yaramas soʻzlarni gapirib yuradilar.
13Koʻz qisadilar,
oyoq–qoʻllari bilan imo–ishora qiladilar.
14Yuraklarida doim yovuz niyat qilib,
odamlar orasida janjal chiqaradilar.
15Shuning uchun toʻsatdan ofatga uchraydilar,
shifo topmay toʻsatdan halok boʻladilar.
16Olti narsadan Egamiz nafratlanadi,
yetti narsadan U jirkanadi. Bular:
17manmanlik nigohi, yolgʻonchi til,
begunoh qonni toʻkadigan qoʻllar,
18yomon niyatli yurak,
yovuzlikka yuguradigan oyoqlar,
19yolgʻon gapiradigan soxta guvoh,
aka–ukalar orasiga nifoq soluvchilardir.
Zinoga qarshi ogohlantirish
20Oʻgʻlim, otang nasihatlariga quloq sol,onang oʻgitlarini rad etma,
21ularni doim yuragingda saqla,
boʻyningga taqib ol.
22Yurganingda ular senga yoʻl koʻrsatadi,
uxlaganingda qoʻriqlaydi,
uygʻoqligingda senga gapiradi.
23Chunki amrlar — chiroq,
tanbeh — hayot yoʻli,
pand–nasihatlar nurdir.
24Ular seni boshqalarning xotinidan,
zinokor ayolning shirin soʻzidan saqlaydi.
25Yuragingda uning goʻzalligini orzu qilmagin,
koʻzlariga mahliyo boʻlma.
26Fohishaga bittagina non haqi yetarli,
ammo oʻzganing xotini bilan qilingan zino
butun hayotingni barbod qiladi.
27Qoʻyinga choʻgʻ solganda kiyimni kuydirmay boʻladimi?!
28Choʻgʻ ustida yurganda oyoqni kuydirmay boʻladimi?!
29Oʻzganing xotini oldiga kirganning ahvoli ham shunday,
begona ayolga tekkan jazosiz qolmaydi.
30Qorni ochligidan oʻzini toʻydirish uchun oʻgʻrilik qilsa,
odamlar undan nafratlanmaydi.
31Lekin qoʻlga tushib qolganda oʻgʻirlangan molining haqini
yetti barobar qilib qaytarishi kerak.
32Zino qilgan aqlsizdir,
oʻzini oʻzi nobud qiladi.
33U koʻp kaltak yeb sharmanda boʻladi,
bir umrga badnom boʻladi.
34Chunki rashk erni gʻazablantiradi,
er qasos olganda shafqat qilmaydi.
35Har qanday hadyani rad etadi,
qancha pora bersang olmaydi.
Copyright information for
UznUzbL