‏ Proverbs 8

Donolikning ulugʻligi

1Donolik
Donolik — 1:20 izohiga qarang.
chorlamaydimi?!
Idrok ovozini baland qilib chaqirmaydimi?!
2Qir–adirlarda, yoʻl boʻylarida,
chorrahalarda,
3shahar darvozalarida
…shahar darvozalarida… — 1:21 izohiga qarang.
,
eshiklar oldida turib jar soladi:
4“Ey insonlar, sizlarni chaqiryapman,
odamzodga gapirmoqdaman.
5Soddalar
Soddalar — 1:4 izohiga qarang.
, fahm–farosatli boʻling,
nodonlar, idrokli boʻling.
6Quloq soling,
men aʼlo gaplarni gapiraman, rostini aytaman.
7Chunki tilim haqiqatni gapiradi,
fosiqlikdan esa nafratlanadi.
8Hamma soʻzlarim toʻgʻridir,
ularda na egrilik, na buzuqlik bor.
9Farosatlilarga ravshan,
bilim oladiganlarga toʻgʻridir.
10Kumush oʻrniga nasihatlarimni,
oltin oʻrniga ilm–maʼrifatni tanlang.
11Chunki donolik koʻhinurdan aʼloroqdir,
hech qanday shodlik U bilan tenglasha olmaydi.
12Men, Donolik
Donolik — 1:20 izohiga qarang.
, aql–idrok bilan yashayman,
bilim va fahm–farosat mendadir.
13Egamizdan qoʻrqish
Egamizdan qoʻrqish — 1:7 ning birinchi izohiga qarang.
yomonlikdan nafratlanish demakdir.
Men magʻrurlik va manmanlikdan,
yovuzlik va buzuq tildan nafratlanaman.
14Menda maslahat va haqiqat bor,
men idrokman,
quvvatu kuch ham mendadir.
15Shohlar men orqali hukm suradilar,
hukmdorlar toʻgʻri qonunlar chiqaradilar.
16Men orqali rahbarlar boshqaradilar,
amaldor va barcha odil hakamlar hukm chiqaradilar.
17Kim meni sevsa oʻshani sevaman,
astoydil izlaganlar meni topadilar.
18Boylik, shuhrat, bitmas–tuganmas xazina,
farovonlik mendadir.
19Mening hosilim toza oltindan ham,
aʼlo kumushdan ham yaxshiroq.
20Men toʻgʻri yoʻldan,
adolat soʻqmoqlaridan yuraman.
21Meni sevganlar boylikni meros qilib oladilar,
ularning xazinasini toʻldiraman.
22Egamiz yaratish ishlarini boshlamasdan oldin,
meni bunyod qilgan edi.
23Azalda, eng boshida,
dunyo yaratilmasdan oldin,
U meni tayinlagan edi.
24Tubsiz dengizu bepoyon ummon,
yo birorta buloq koʻz ochmay turib,
men dunyoga keltirilganman.
25Togʻu tosh, qir–adir barpo boʻlmasdan oldin
men tavallud topganman.
26U hali na yer, na dalalarni,
na yerning tuprogʻini yaratgan edi.
27Xudo osmonni yaratganda,
bepoyon ummon uzra falakni barpo etganda,
men oʻsha yerda edim.
28Osmonga bulutlarni joylab,
dengizlarni suv bilan toʻldirgan chogʻda,
29U suv toshib ketmasin deb amr berganda,
yerga asos solganda
…yerga asos solganda… — qadimda Isroil xalqining tasavvuriga koʻra, yer tep–tekis boʻlib, yer ostida buyuk dengiz bor edi, dengiz tubida oʻrnatilgan ulkan ustunlar yerni ushlab turardi. Bu ustunlar dengizning eng tubidagi poydevorga tayanardi.
,
30men Uning yonida musavvir edim,
qoshida kundan–kunga zavqlanib,
doimo quvonardim.
31Dunyoda, Uning yerida odamzod bilan xursand boʻlardim.

32Oʻgʻillarim, menga quloq solinglar,
yoʻlimdan yurganlar baxtlidir.
33Pand–nasihatlarimni tinglab
dono boʻlinglar, uni rad etmanglar.
34Har kuni ostonamda kutib, eshigimni poylab,
soʻzlarimga quloq soladigan baxtlidir.
35Chunki meni topgan hayot topadi,
Egamizning marhamatiga sazovor boʻladi.
36Meni koʻzdan qochirgan oʻziga zarar yetkazadi,
mendan nafratlangan oʻlimni sevadi.”
Copyright information for UznUzbL