‏ Psalms 110

1
Bu sano ibroniychada muvashshah usulida yozilgan sheʼrdir. Bu sanoning har bir oyatidagi birinchi soʻz ibroniy alifbesi tartibi boʻyicha boshlanadi.
Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!

Solihlar jamoasida boʻlganimda,
Butun qalbimdan Egamga shukur aytaman.
2Egamizning ishlari buyukdir,
Ulardan lazzat oluvchilar ular haqda fikr yuritadilar.
3Egamizning ishlari ulugʻvor, haybatlidir,
Uning adolati to abad davom etadi.
4Egamiz unutilmas ajoyibotlarni yaratdi,
U rahmdil va shafqatlidir.
5Oʻzidan qoʻrqqanlarga rizq–roʻzini beradi,
Oʻz ahdini doimo yodida tutadi.
6Xalqiga qudratli ishlarini koʻrsatdi,
Boshqa xalqlar yerini ularga berdi.
7Hamma ishlarida sodiq, adolatlidir,
Uning hamma amrlari ishonchlidir.
8Ularning hammasi to abad mustahkam turadi,
Egamiz ularni sadoqat, toʻgʻrilik ila ijro qildi
…Egamiz ularni sadoqat, toʻgʻrilik ila ijro qildi — yoki …Ularga sadoqat va toʻgʻrilik bilan itoat etish shart.
.
9U xalqini qutqardi,
To abad ahdi bilan ularni Oʻziga bogʻladi.
Uning nomi muqaddas, qoʻrqinchlidir.
10Egamizdan qoʻrqish donolikning boshidir,
Bunday yoʻl tutganlarning aqli rasodir,
Uning hamdu sanolari to abad davom etadi.
Copyright information for UznUzbL