‏ Psalms 112

1Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!

Hamdu sano ayting, ey Egamizning qullari,
Hamdu sanolar boʻlsin Egamizning nomiga!
2Egamiz nomiga hozir ham,
Abadulabad olqishlar boʻlsin.
3Sharqdan to gʻarbga qadar
Egamizning nomiga olqishlar boʻlsin!
4Egamiz barcha xalqlar ustidan yuksalgan,
Uning shuhrati samolardan ham buyukdir.

5Egamiz Xudoga kim oʻxshaydi?!
U yuksakda taxt qurgan.
6U samoga, yer yuziga egilib qaraydi.
7Tuproqqa qorilgan bechorahollarni U koʻtaradi,
Faqirlarni axlat uyumidan olib, yuksaltiradi.
8Ularga shahzodalar yonidan joy beradi,
Oʻz xalqining shahzodalari bilan birga oʻtqazadi.
9Befarzand ayolni oʻz uyida U sharaflaydi,
Unga farzand ato etib, baxtiyor qiladi.

Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!
Copyright information for UznUzbL