Psalms 113
1– 2Isroil xalqi Misrdan chiqib ketganda,Yahudo yurti Xudoning muqaddas maskani boʻldi.
Ha, Yoqub nasli begona yurtdan ketganda,
Isroil yurti Xudoning shohligi boʻldi.
3Dengiz Xudoni koʻrdi–yu, qochdi ▼
▼ Dengiz Xudoni koʻrdi–yu, qochdi… — Chiqish 14:21-22 ga qarang.
,Iordan daryosi orqaga qaytdi ▼
▼ …Iordan daryosi orqaga qaytdi — Yoshua 3:7-17 ga qarang.
.4Togʻlar qoʻchqorlar kabi sakradi ▼
▼ Togʻlar qoʻchqorlar kabi sakradi… — Chiqish 19:16-19 va Hakamlar 5:4-5 ga qarang.
,Tepaliklar qoʻzilar kabi irgʻidi.
5Ne boʻldi, ey dengiz, qochib ketding?
Ne boʻldi, ey Iordan, orqaga qaytding?
6Ey togʻlar, nechun sakradingiz takalar kabi?
Ey tepaliklar, nechun irgʻidingiz qoʻzilar kabi?
7Titragin, ey zamin, Rabbiy oldida,
Yoqubning Xudosi huzurida.
8U qoyani suv hovuziga aylantirgan,
Qattiq qoyadan buloq chiqargan ▼
▼ U…qoyadan buloq chiqargan — Chiqish 17:1-7 ga qarang.
.9Ey Egam! Sodiq sevging, sadoqating haqi
Senga sharaflar boʻlsin!
Bizga emas, Senga sharaflar boʻlsin!
10Nima uchun begona xalqlar:
“Qani ularning Xudosi”, deya aytarlar?
11Bizning Xudoyimiz samolardadir,
U istaganini qilaveradi.
12Xalqlarning xudolari esa kumush, oltindan,
Inson qoʻllarining mahsulidir.
13Butlarning ogʻizlari bor, soʻzlay olmaslar,
Koʻzlari bor, koʻra olmaslar.
14Ularning quloqlari bor, eshita olmaslar,
Burunlari bor, hidlay olmaslar.
15Ularning qoʻllari bor, seza olmaslar,
Oyoqlari bor, yura olmaslar,
Boʻgʻizlaridan ovoz chiqara olmaslar.
16Butlarni barpo qilganlar, butlarga ishonganlar
Xuddi ularga oʻxshagan boʻlib qolar.
17Ey Isroil xalqi! Ishoning Egamizga,
U madad berar, qalqon boʻlar sizga!
18Ey Horun xonadoni! ▼
▼ Horun xonadoni — Maʼbadda ruhoniylar boʻlib xizmat qilgan Horun nasli.
Ishoning Egamizga,U madad berar, qalqon boʻlar sizga!
19Ey Egamizdan qoʻrqqanlar! Ishoning Egamizga,
U madad berar, qalqon boʻlar sizga!
20Egamiz bizni yodda tutib, baraka beradi,
Isroil xalqiga U baraka beradi,
Horun xonadoniga U baraka beradi.
21Egamiz Oʻzidan qoʻrqqanlarga baraka beradi,
Kattayu kichikka bir xilda baraka beradi.
22Egamiz sizlarni,
Bolalaringizni koʻpaytirsin.
23Yeru osmonni yaratgan Egamiz
Sizlarga baraka bersin.
24Samolar Egamizning samolaridir,
Yerni esa U insonlarga bergandir.
25Oʻlim sukunatiga botgan marhumlar
Egamizga hamdu sano aytmaslar.
26Biz esa Egamizga hozir ham, abadulabad
Olqishlar aytamiz.
Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!
Copyright information for
UznUzbL