Psalms 114
1Egamni sevaman, U meni eshitadi,Mening iltijolarimni U tinglaydi.
2Quloq berib meni tinglagani uchun
Umrim boʻyi Egamga iltijo qilaman.
3Meni oʻlim toʻrlari oʻrab oldi,
Oʻliklar diyorining ▼
▼ Oʻliklar diyori — ibroniycha matnda Sheoʻl. 6:6 izohiga qarang.
azoblari boshimga tushdi,Meni bosdi dardu gʻam, alamlar.
4Shunda Egamga iltijo qildim:
“Ey Egam, yolvoraman, meni qutqargin!”
5Egamiz mehribon, odildir,
Xudoyimiz rahmdildir.
6Egamiz sodda insonlarni himoya qiladi,
Xavf–xatarda qolganimda, U meni qutqaradi.
7Ey jonim, yana xotirjam boʻlgin,
Egam menga ezgulik qilgan.
8Egam jonimni oʻlimdan qutqarib qoldi,
Koʻzlarimni yosh toʻkishdan,
Oyogʻimni qoqilishdan qutqardi.
9Tiriklar diyorida ekanman
Egamning yoʻlidan yuraveraman.
Copyright information for
UznUzbL