Psalms 115
1Juda koʻp azob cheksam ham,Xudoga boʻlgan ishonchim yoʻqolmadi.
2Oʻylamasdan ▼
▼ Juda koʻp azob cheksam ham, Xudoga boʻlgan ishonchim yoʻqolmadi. 2 Oʻylamasdan… — yoki Men Xudoga ishondim. Juda koʻp azob chekkanimdan, oʻylamasdan 2….
: “Hamma odamlar yolgʻonchidir”, dedim.3Egam menga qilgan yaxshiliklarini
Unga qanday qilib qaytaray?
4Najot topganimni nishonlayman,
Egamga sajda qilaman.
5Egamiz xalqining koʻzi oldida
Unga bergan ontimni ado etaman.
6Taqvodorlarning oʻlimi
Egamizning nazarida juda achchiqdir.
7Ey Egam, men Sening qulingman,
Choʻringning oʻgʻliman,
Oʻzing kishanlardan meni ozod qilgansan.
8Shukrona qurbonligini Senga nazr qilaman,
Senga sajda qilaman.
9– 10Quddusda, Sening uying hovlilarida,
Jamiki xalqingning koʻzi oldida
Ey Egam, Senga bergan ontimni ado etaman.
Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!
Copyright information for
UznUzbL