‏ Psalms 117

1Egamizga shukrona ayting, U yaxshidir,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.

2Isroil xalqi shunday desin:
“Uning sodiq sevgisi abadiydir.”
3Horun avlodi shunday aytsin:
“Uning sodiq sevgisi abadiydir.”
4Egamizdan qoʻrqqanlar shunday aytsin:
“Uning sodiq sevgisi abadiydir.”

5Kulfatda qolganimda Egamga iltijo qildim,
Javob berib, U meni ozod qildi.
6Egam men bilan birga, shu bois qoʻrqmayman.
Insonlar menga nima qila oladi?!
7Egam men bilan birga, U menga madad beradi,
Koʻzlarim dushmanlarim magʻlubiyatini koʻradi.
8Insondan umid qilgandan koʻra,
Egamizdan panoh izlash yaxshidir.
9Shahzodalardan umid qilgandan koʻra,
Egamizdan panoh izlash yaxshidir.

10Dushman xalqlar oʻrab olgan atrofimni,
Egamning qudrati bilan ularni uloqtirdim.
11Har tarafdan oʻrab, menga hujum qilgandi,
Egamning qudrati bilan ularni uloqtirdim.
12Atrofimni arilarday oʻrab oldilar,
Tikan alangasiday lov etdilar–da, oʻchdilar,
Egamning qudrati bilan ularni uloqtirdim.
13Meni qattiq turtganlarida, yiqilayozdim,
Egam menga madad berdi.
14Egam mening kuch–qudratimdir
…kuch–qudratimdir… — yoki …qudratim, shukrona qoʻshigʻimdir….
,
U mening qutqaruvchimdir.

15Solihlarning chodirlarida
Shodlik, zafar qoʻshiqlari jaranglaydi:
“Egamizning oʻng qoʻli magʻlub qiladi.
16Egamizning oʻng qoʻli baland koʻtariladi,
Ha, Egamizning oʻng qoʻli magʻlub qiladi.”

17Men oʻlmayman. Ha, men yashayman,
Egamning ishlarini naql qilaman.
18Egam meni qattiq jazoladi,
Lekin oʻlishimga yoʻl qoʻymadi.

19Adolat darvozalarini menga ochinglar,
Toki men darvozadan kirib,
Egamga shukronalar aytayin.
20Bu Egamizning darvozasidir,
Solihlar shu darvozadan kirsin.

21Ey Egam, ibodatimga javob berganing uchun,
Mening najotkorim boʻlganing uchun
Senga shukrona aytaman.

22Binokorlar rad etgan tosh
Binoning tamal toshi
tamal toshi — qadimgi paytlarda qurilishda poydevor uchun qoʻyilgan birinchi va eng muhim tosh hisoblanardi. Bu tosh poydevorning bir burchagini hosil qilib, binoning qolgan qismi oʻsha toshning joylashuvi boʻyicha qurilardi.
boʻldi.
23Bu Egamizning qilgan ishidir,
Koʻz oldimizdagi ajoyibotdir.
24Egamiz yaratgan kundir bu,
Bu kunda shod boʻlib, sevinaylik.

25Najot ber bizga, yolvoramiz, ey Egam!
Muvaffaqiyat ber, oʻtinamiz, ey Egam!

26Egamiz nomidan keladigan zot baraka topsin,
Egamiz uyidan turib, seni duo qilamiz.
27Egamiz Xudodir, U bizga nur bergan.
Bayram nishonlashni boshlang!
Palma shoxlarini olib, qurbongoh oldiga boring
Palma shoxlarini olib, qurbongoh oldiga boring — yoki Qurbonlik qilinadigan hayvonni arqon bilan bogʻlab, qurbongohga olib keling.
.

28Sen Xudoyimsan, Senga shukur aytaman,
Sen Xudoyimsan, Seni ulugʻlayman.

29Egamizga shukrona ayting, U yaxshidir,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
Copyright information for UznUzbL