‏ Psalms 119

Ziyorat qoʻshigʻi
Ziyorat qoʻshigʻi — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Yuqoriga chiqish qoʻshigʻi, yaʼni Quddusga va Maʼbad turgan tepalikka chiqilayotganda aytiladigan qoʻshiq. 119-133–sanolarning hammasi “ziyorat qoʻshiqlari” deb atalgan. Ziyoratchilar diniy bayramlarni nishonlash uchun Quddusga borayotganlarida ham, bayramlarni Maʼbadda nishonlaganlarida ham, sajda sifatida shu qoʻshiqlarni kuylagan boʻlishlari mumkin. Yana 83–sanoga qarang.
.

1 2Qaygʻu–alamdan Egamga faryod qildim:
“Ey Egam, yolgʻonchi lablardan,
Makkor tildan jonimni asragin!”
U faryodimga javob berdi.

3Ey makkor til, Egamiz boshingga ne kunni solar ekan?
Senga qanday jazo berar ekan?
4U jangchining oʻtkir oʻqlari bilan seni jazolaydi,
Yonayotgan yulgʻun butasining choʻgʻlari bilan senga jazo beradi.

5Holimga voy, Meshexda musofirman,
Kedar
…Meshex…Kedar… — Meshex hududi Kaspiy dengizi bilan Qora dengiz orasida, Kedar yerlari esa Arabiston sahrosida joylashgan. Odamlarning tasavvuriga koʻra, bu joylarda yashaydigan xalqlar varvarlar boʻlib, ularning yerlari nihoyatda olisda deb hisoblangan.
chodirlari orasida yashayman.
6Tinchlikdan nafrat etuvchi xalq orasida
Yashashdan charchadim.
7Men tinchlik tarafdoriman,
Ammo gapiray deb, ogʻiz ochsam,
Ular urushni istaydilar.
Copyright information for UznUzbL