Psalms 12
1Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.2Ey Egam, qachongacha meni unutasan?
Nahotki meni to abad unutsang?!
Qachongacha mendan yuz oʻgirasan?
3Qachongacha jonim azobda qoladi,
Kun boʻyi yuragim gʻamga toʻladi?
Qachongacha dushmanim mendan ustun keladi?
4Javob ber, ey Egam Xudo, boq holimga!
Kuchimni qaytargin, toki ketmayin oʻlim uyqusiga.
5“Uni yengdim”, deb aytmasin dushmanim,
Yiqilganimda sevinmasin yovlarim!
6Men umid bogʻlayman sodiq sevgingga,
Najotingdan qalbim toʻladi quvonchga.
Ey Egam, qoʻshiq aytaman Senga,
Zero, Sen inoyat aylading menga.
Copyright information for
UznUzbL