Psalms 121
Dovudning ziyorat qoʻshigʻi.
1“Egamizning uyiga boraylik”, debMenga aytganlarida shod boʻldim.
2Mana turibmiz, ey Quddus,
Darvozalaring ichkarisida.
3Quddus yaxshi qurilgan shahardir,
Devorlari bir–biriga tutashtirib solingandir.
4Isroil xalqiga berilgan qonunga koʻra,
Qabilalar u yerga chiqib borarlar!
Ha, Egamizning qabilalari
Unga shukur aytmoq uchun chiqib borarlar!
5U yerda hukm taxtlari oʻrnashgan,
Ha, Dovud xonadonining taxtlari
U yerda joylashgan.
6Duo qiling Quddusning tinchligi uchun:
“Uni sevganlar huzur–halovat topsin.
7Devorlari ichida tinchlik boʻlsin,
Qalʼalari bexatar boʻlsin.”
8Qarindoshlarim, doʻstlarim haqi–hurmati,
Quddusga tinchlik boʻlsin, deya aytaman.
9Egamiz Xudoning uyi haqi–hurmati
Quddusning iqbolini izlayman.
Copyright information for
UznUzbL